14-Mavzu: Zinalar va liftlar. Reja


-rasm. Zinalarning turlari. a - bir marshli zina


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1051021
1   2   3   4
3-rasm. Zinalarning turlari. a - bir marshli zina; 


b - ikki pillapoyali zina; v - uch pillapoyali zina. 
Turar - joy binolarida zina pillapoyalarining kengligi 900 mmdan 1400 
mm gacha bo‘lishi mumkin. Eng kam o‘lcham ikki qavatli binolarda, katala-ri 
esa qavatlar soni ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Zina maydonchalarining kengligi 
zina pillapoyasining kengligidan va 1200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Zina joylashgan xonaning kengligi V shu xonadagi pillapoyalar kengliklari A 
ning yig‘indisiga ular orasidagi kamida 100 mm bo‘lishi kerak bo‘lgan oraliq– 
bo‘sh masofani qo‘shilganiga teng, ya’ni 
V = x A + 100 mm. 
Ikki pillapoyali zinadagi bitta pillapoyaning balandligi odatda qavat ba-landligi 
N ning yarmiga, ya’ni N:2 ga teng. Pillapoyadagi pog‘onalar soni "n" ni shu 
pillapoyaning balandligini undagi bitta pog‘onaning balandligi (masalan, 150 mm 
ga) bo‘lib topiladi. Masalan,n= (N:2):150. 
SHuni e’tiborga olish kerakki, pillapoyadagi bitta pog‘ona Zinamaydonchasiga 
qo‘shilib ketadi. SHuning uchun pillapoyaning uzunligi "d" ni aniqlashda pog‘onalar 
sonini 1 ta kam olib pog‘ona kengligi (masalan, 300 mm) ga ko‘paytiriladi. 
Masalan,d = (n-l)x300 mm. 
Bu qiymatga zina maydonchalarinikg kengligi (C
1
va S
2
) ni qo‘shsak. Zina-
xonaning zarur uzunligi L kelib chiqadi, ya’ni 
L - d + S
1
+ S
2
mm. 
Xuddi shunga o‘xshash mulohazalar asosida bino qirqimida zina profilini 
keltirib chiqariladi. 
Zamonaviy ko‘p qavatli binolarda asosan temirbetondan katta o‘lchamli 
qilib 
tayyorlangan 
pillapoyalar 
va 
maydonchalardan 
iborat 
zinalar 
qo‘llaniladi.Unifikatsiyalash maqsadida pillapoyalarning uzunligini bir xil qilinadi. 
Pillapoya va maydonchalar sirtlari zavodda pardozlanishimumkin. Jamoat 
binolaridazinalarda qoplama pog‘onalar qo‘llanishiga ruxsat beriladi. 
Zina maydonchalari yon tomoni bilan yoki maxsus tayanch elementi 
yordamida zinaxonaning yon devorlariga tayanib turadi. Yirik panel vablok 
devorlarda zina maydonchasi devorga maxsus tayanch stolchalari vositasida 
tayanishlari mumkin. 


Zina pillapoyalarining ko‘ndalang kesimi turli xil bo‘lishi mumkin. SHunga 
ko‘ra yig‘ma temirbeton zinalarni qo‘yidagi turlarga bo‘lish mumkin. Masalan, P-
simon kesson pillapoyali zina, P-simon bukma pillapoyali zina,N-simon bukma 
pillapoyali zina, T-simon bukma pillapoyali zinava xoshiya pog‘onasizplita 
pillapoyali zinalar shular jumlasiga kiradilar(4-rasm).Bulardan tashqari 
karkasli binolarda pillapoyalar zina maydonchalari bilan birga tayyorlangan 
zinalar ham qo‘llaniladi. By holda oxirgi qavatda qo‘shimcha maydoncha 
qilinadi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling