14-Mavzu: Zinalar va liftlar. Reja
-pacm. Zinalarning konstruktiv yechimlari
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-rasm. Yog‘och zina. Ko‘ndalang qirqimi
4-pacm. Zinalarning konstruktiv yechimlari: a - P-simon kesson tipidagi pillapoya; b - P-simon bukma pillapoya; v - N-simon bukma pillapoya; g - T-simon bukma pillapoya Umuman olganda zinalarni monolit betondan ham qilish mumknn. Lekin bunday zina juda ko‘p mehnat sarfi talab qiladi. Noyob binolarda qo‘llanilishi mumkin. Avariya holatlarida va yong‘in paytida foydalaniladigan zinalarni odatda metalldan tayyorlanadi va ular bino tashqarisida joylashtiriladi. Bir kvartiradagi xonalar ikki qavatda joylashgan bo‘lsa, kvartira ichidagi zinani Yog‘och elementlardan qilish mumkin. Bu holda zina pillapoyasining maksimal eni 90 sm bo‘lishi mumkin. Yog‘och zinaning konstruksiyasi 5-rasmda ko‘rsatilgan. 5-rasm. Yog‘och zina. Ko‘ndalang qirqimi: 1 - pog‘ona; 2 - tetiva; 3 - zina maydonchasi; 4 - balka; 5 – to‘siq. Qavatlararo aloqani tashkil etish uchun zinapoyalardan tashqari panduslar, liftlar va eskalatorlar qo‘llaniladi (6- rasm). 6-rasm. Panduslar, liftlar va eskalatorlar. a-pandus sxemasi; b-lift sxemasi: 1-lift xandakchasi; 2-qarshi yuk; 3-kabinani yo‘naltiruvchi; 4- lift qudug‘i (shaxtasi); 5-kabina; 6-mashina bo‘limi; 7- 9-lift qudug‘ining temirbeton elementlari; v- eskalator: 1- pastki tayanch; 2- o‘rta tayanch; 3-yuqori tayanch; 4- tortish stansiyasi; 5- xarakatga keltirish stansiyasi. Zinapoyalar, odatda, maxsus ajratilgan xonalarda joylashtiriladi. Ba’zi xollardagina ochiq zinapoyalar ishlatiladi. Zinapoyalar, liftlar va boshqa ko‘taruvchi uskunalar ma’lum bir joyda to‘planib yagona zinapoya lift o‘zagini tashkil etadi. Zinapoyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: yurishni osonlashtirish, o‘tkazib yuborish qobiliyati etarli darajada, yong‘inga xavfsiz va iqtisodiy jixatdan arzon bo‘lish. Zinapoyalarni ishlab chiqish va joyiga o‘rnatish ko‘p xollarda ularni yig‘ma element qismlarga bo‘laklashga bog‘liq bo‘ladi. Binolarning umumiy konstruktiv sistemasiga qarab, zinapoyalarni qismlarga bo‘lishni bir necha variantlari mavjud (7- rasm). 7-rasm. Yig‘ma zinapoyalarni bo‘laklarga bo‘lish variantlari: a-zinalari, kosourlari (qiya to‘sin), to‘sinlari va plitalari alohida; b-marshlar va maydonchalar; v- marsh yarim maydonchasi bilan; g- xajm - blok: 1- zinalar; 2- kosourlar; 3- to‘sinlar; 4-plitalar; 5- marshlar; 6- maydonchalar; 7- marsh yarim maydonchasi bilan; 8- qo‘shimcha yarim maydoncha; 9- rigel Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling