14-Mavzu: Zinalar va liftlar. Reja


-rasm. Tutun kirmaydigan zinaxonalarning tiplari


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1051021
1   2   3   4
2-rasm. Tutun kirmaydigan zinaxonalarning tiplari: 
a - 1-tip tutun kirmaydigan zinaxona; b - 2-tip tutun kirmaydigan 
zinaxona; v - 3-tip tutun kirmaydigan zinaxona. 
Zinalar va zinaxonalarni tiplarga bo‘lishdan maqsad ularning qo‘llanish 
sohalarini to‘g‘ri belgilashdan iborat. 
Har bir zina qancha ko‘p kvartiralarga yoki ko‘p maydonga xizmat qilsa, 
u shuncha tejamli hisoblanadi. 
Etarlicha o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun binoda zinalar sonini 
ulardagi marshlar va maydonchalar o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash va ularni oqilona 
joylashtirish kerak. Zina marshining umumiy eni odamlar soni eng ko‘p bo‘lgan 
qavatdagi har 100 kishiga 0,6 metr hisobidan qabul qilinadi. 
Zinalar yurishga qulay bo‘lishi uchun marshlarning qiyaligi, nog‘onalapning 
shakli, marshlardagi pog‘onalar sonini to‘g‘ri tanlash zarur. Pog‘onaning 
balandligi va kengligi odamning normal qadamiga mos kelishi kerak. Ma’lumki, 
odamning qadami gorizontal yo‘nalishda o‘rtacha60 sm ni, vertikal yunalishda 
esa, 45 sm ni tashkil qiladi. SHuning uchun pog‘ona balandligi "h" va kengligi " 
v" ning yig‘indisi (v+h) 45 sm bo‘lgani ma’qul hisoblanadi. 
Zinalarning qiyaligini pog‘ona balandligining pog‘ona kengligiganisbati 
sifatida aniqlanadi. Pog‘onaning kengligi odam oyog‘i tagininguzunligi, ya’ni 25 
sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Odatda zinaning qiyaligi1:2; 1:1,75 va 1:1,5 
qabul qilinadi. Pog‘onaning kengligi 27; 28,5 va30 sm qabul qilingan hol-da, 


pog‘onaning balandligi mos ravishda 18; 16,5 va 15 sm bo‘lsa, ya’ni 15:30=1:2; 
16,5:28,5=1:1,75 va 18:27=1:1,5 nisbatni tashkil qiladi. 
Zinalarning asosiy konstruktiv elementlari marsh (pillapoya) lar, maydonchalar 
va pillapoyalar yonida qilinadigan to‘siqlardan iborat. Pillapoya -bir necha qator 
pog‘onalardan iborat qiya konstruksiya. Zinalar mayda o‘lchamli elementlardan 
qilinsa, alohida pog‘onalar kosourga tayanib turishlari, pillapoya hosil qilishlari 
mumkin. Zamonaviy binolarda pog‘onalari kosour bilan birga tayyorlangan yig‘ma 
pillapoyalar qo‘llaniladi. Yog‘och zinalarda kosour vazifasini tetiva bajaradi. 
Xavfsizlikni ta’minlash uchun pillapoya yonida balandligi 0,85 m bo‘lgan metal 
panjarali va Yog‘och tutqichli to‘siqqilinadi. 
Zina maydonchalari joylashgan o‘rniga qarab qavat maydonchalari va qavatlar 
orasidagi maydonchalarga bo‘linadi. 
Zina pillapoyalaridagi barcha pog‘onalar bir xil shaklda bo‘lishi kerak.Aks 
holda yurish noqulay bo‘ladi. Lekin odatda pillapoyadagi pastki va ustki 
pog‘onalarning shakli-bichimi boshqalaridan farq qiladilar. Ularni hoshiyapog‘ona 
(friz) deb ataladi. Hoshiya pog‘onalar zina pillapoyasikonstruksiyasidan zina 
maydonchasiga o‘tish uchun xizmat qiladilar. Bir qavat orasidagipilapoyalar 
soniga qarab zinalar bir pillaloyali, ikki pillaloyali va uch pillapoyali (marshli) bo‘lishi 
mumkin (3-rasm). Bitta pillapoyadagi pog‘onalar soni 18 tadan ko‘p bo‘lmasligi 
kerak. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling