O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI “BINO VA INSHOOTLAR” KAFEDRASI
“SANOAT VA FUQARO BINOLARI ARXITEKTURA”SI FANIDAN
TAQDIMOT
XAKIMOV G.A.
Zinalar,PANDUSLAR va liftlar. REJA: 1) Zinalarning turlari. 2) Zinaxonalarning turlari. 3) Zinalarning Konstruktiv yechimlari. Tayanch iboralar: Zina, oddiy zinaxona, tutun kirmaydigan zinaxona, zina marshi, zina maydonchasi, zina to‘sig‘i, pog‘ona, xoshiya pog‘ona, kosour, tetiva. MAVZU: Zinalar nafaqat qavatlararo aloqa yo‘li,favqulodda holatlarda, masalan, avariya holatlarida va yong‘inpaytida odamlarni binolardan xavfsiz joyga evakuatsiya qilish vositasidir. Zinalar unda harakatlanishga qulay, etarlicha o‘tkazish qobliyatiga ega, yong‘in paytida xavfsiz va iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lishlari kerak. YOng‘inpaytida xavfsiz bo‘lishi uchun asosiy zinalarni o‘tga chidamli konstruksiyalar bilan o‘ralgan, tabiiy yoritiladigan maxsus xonalarda"zinaxona"larda joylashtiriladi.Zinaxona devorlarining olovbardoshlik chegarasi olovbardoshlik darajasi I, II va III darajali binolarda 2 soatdan kambo‘lmasligi kerak. Odamlarni evakuatsiya qilish maqsadida foydalaniladigan zinalar 3 tipga bo‘linadi (1-rasm): - 1-tip - ichki, zinaxonalarda joylashgan zinalar;
- 2-tip - ichki, ochiq (to‘siq konstruksiyasiz) zinalar;
- 3-tip - tashqi ochiq zinalar.
1-rasm. Zinalarning tiplari: - 1-rasm. Zinalarning tiplari:
- a - 1-tip zina; b - 2-tip zina; v - 3-tip zina.
1-tip - tashqi devordagi deraza yordamida yoritiladigan yoki tashqi muhitga ochiq zinaxonalar; - 1-tip - tashqi devordagi deraza yordamida yoritiladigan yoki tashqi muhitga ochiq zinaxonalar;
- 2-tip - deraza orqali yoritilmaydigan, yuqoridan yoritiladigan zinaxonalar.
1-tip oddiy zinaxonalar qavatlar sonidan qat’iy nazar barcha binolarda qo‘llanilishi mumkin. 2-tip oddiy zinaxonalar balandligi 3 qavatdan ko‘p bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Bunday zinalar 2-3 qavatli binolarda qo‘llanilganda yuqoridan yorug‘lik tushishi uchun zina pillapoyalari (marsh)lari orasida kamida 0,7 m ochiq joy qoldirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |