Tutun kirmaydigan zinaxonalar balandligi 10 va undan ortiq bo‘lganbinolarda qo‘llaniladi. Ular 3 tipga bo‘linadilar (2-rasm): 1-tip -tashqi ochiq balkon, lodjiya yoki galereyaga chiqish eshigibo‘lgan zinaxonalar; 2-tip -ichida yong‘in paytida qo‘shimcha havo bosimi hosilqilinadigan zinaxonalar; 3-tip-ichida yong‘in paytida qo‘shimcha havo bosimi hosil qilinadigantambur-shlyuz orqali kiriladigan zinaxonalar. 2-rasm. Tutun kirmaydigan zinaxonalarning tiplari: a - 1-tip tutun kirmaydigan zinaxona; b - 2-tip tutun kirmaydigan zinaxona; v - 3-tip tutun kirmaydigan zinaxona. 3-rasm. Zinalarning turlari. Turar-joy binolarida zina pillapoyalarining kengligi 900 mmdan 1400 mm gacha bo‘lishi mumkin. Eng kam o‘lcham ikki qavatli binolarda, katala-ri esa qavatlar soni ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Zina maydonchalarining kengligi zina pillapoyasining kengligidan va 1200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Turar-joy binolarida zina pillapoyalarining kengligi 900 mmdan 1400 mm gacha bo‘lishi mumkin. Eng kam o‘lcham ikki qavatli binolarda, katala-ri esa qavatlar soni ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Zina maydonchalarining kengligi zina pillapoyasining kengligidan va 1200 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Zina joylashgan xonaning kengligi V shu xonadagi pillapoyalar kengliklari A ning yig‘indisiga ular orasidagi kamida 100 mm bo‘lishi kerak bo‘lgan oraliq– bo‘sh masofani qo‘shilganiga teng, ya’ni - V = 2 x A + 100 mm.
Ikki pillapoyali zinadagi bitta pillapoyaning balandligi odatda qavat ba-landligi N ning yarmiga, ya’ni N:2 ga teng. Pillapoyadagi pog‘onalar soni "n" ni shu pillapoyaning balandligini undagi bitta pog‘onaning balandligi (masalan, 150 mm ga) bo‘lib topiladi. Masalan,n= (N:2):150. SHuni e’tiborga olish kerakki, pillapoyadagi bitta pog‘ona Zinamaydonchasiga qo‘shilib ketadi. SHuning uchun pillapoyaning uzunligi "d" ni aniqlashda pog‘onalar sonini 1 ta kam olib pog‘ona kengligi (masalan, 300 mm) ga ko‘paytiriladi. Masalan,d = (n-l)x300 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |