-
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi. Filning bolasi.
-
Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi? Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong’in chiqmasa).
-
Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda
-
Men suvman va suv yuzasida suzib yuripman. Men kimman? Muz
-
Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin? Toshbaqalar aylana bo’ylab sudralib yurishibdi.
-
Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»? Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi.
-
Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima? Qopqog`i
-
Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang. 100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa
-
Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi. U qaysi o’simlik? Tamaki
-
Italiyaning bayrog’i qizil-oq-yashil rang ketma-ketligidan iborat. Qaysi mevaning ko’ndalang kesimi ularga bu ranglarni tanlashga yordam bergan? Torvuz
-
U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti? Familya
-
Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima? Gugurt
-
1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering. 6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi harfi edi.
-
Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda? Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak.
-
U AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda? Kun, oy, yil
-
Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat? Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan davlat Vatikan
-
Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda? Ko’zyosh
-
Bir vaqtning o’zida 2 uy yonmoqda, biri bdavlat kishiniki, ikkinchisi kambag’al kishiniki. Qaysi uyni politsiya birinchi bo’lib o’chirishga shoshiladi? Politsiya o’t o’chirish bilan shug’ullanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |