1-топшириқ Masala
Download 317 Kb.
|
Жорий назорат топшириқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
- 2-ТОПШИРИҚ Masala.
№1-ТОПШИРИҚ Masala. «A» xususiy firmasi 2018 yildan boshlab aktsiyadorlik jamiyati bo’lib qayta ro’yxatdan o’tdi. 2018 yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 1025,000,000 so’mni yillik ish haqi fondi 102,5 mln so’mni va jami byudjetga to’lovlari 103200 ming so’mni tashkil etdi. Talab qilinadi: 2018 yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi shartmi? Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim. 1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi. 2.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi. 3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari. 4. Auditning turlari va shakllari tavsifi MAVZU BO’YIChA TESTLAR 1. Auditorlik faoliyati deganda nima tushuniladi? A. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati. B. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishi. C. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati. D. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va moliyaviy hisobotga xulosa berishi, natijalarni yuqori tashkilotga taqdim qilishiga doir faoliyati. E. To’g’ri javob mavjud emas. 2. Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat? A. Axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. B. Axborotdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlashga yordam beradi. C. Iqtisodiy axborotlarni haqqoniyligini tasdiqlash. D. Inqirozga tushmaslik uchun qarorlarning qabul qilinishini nazorat qilish. E. To’g’ri javob B, C, D. 3. Qaysi turdagi tashkilotlarga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi? A.MChJ ko’rinishidagi auditorlik tashkilotlariga. B. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlariga. C. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga. D. A va B. E. To’g’ri javob mavjud emas. 4. Qaysi javobda auditorlik tashkilotiga to’g’ri ta’rif berilgan? A. Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. B. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish malaka sertifikatiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. C. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. D. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish patentiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. E. To’g’ri javob mavjud emas 5. Germaniyada auditorlik kasbi nima, deb nomlangan? A. Jamoatchi-buxgalter. B. Buxgalter ekspert. C. Schetlar bo’yicha komissar. D. Xo’jalik nazoratchisi. E. B va C javoblar to’g’ri. 6 Hisob registrlari va hujjatlar tekshirilishi auditorlik faoliyatining qaysi turiga tegishli? A. Tasdiqlovchi audit. B. Maqsadli sistemali audit. C. Tavakkalchilikka asoslangan audit. D. Tekshiruvchi va nazorat qiluvchi audit. E. C va D javoblari to’g’ri. 7.Auditorlar qachon ichki nazorat orqali ekspertiza o’tkaza boshlashdi? A. Tavakkalchilikka asoslangan audit shakllanishi bilan. B. Maqsadli sistemali audit shakllanishi bilan. C. Tasdiqlovchi audit shakllanishi bilan. D. Bosh auditorlik apparati shakllanishi bilan. E. A, D javob to’g’ri. 8.Audit va buxgalteriya hisobi o’rtasidagi asosiy farq nimada namoyon bo’ladi? A.Auditning buxgalteriya hisobidan asosiy farqi korxonada sodir etilgan xo’jalik operatsiyalarini faqatgina korxona rahbariyati talab qilgandagina hisobga olishi va tekshirishida namoyon bo’ladi. B.Auditning buxgalteriya hisobidan asosiy farqi korxonada sodir etilgan va hisobga olingan barcha xo’jalik operatsiyalarini mustaqil shaxs hisoblangan auditor tomonidan tekshirishida namoyon bo’ladi. C.Auditning buxgalteriya hisobidan asosiy farqi mustaqil shaxs hisoblangan auditor yoki korxona xodimlari tomonidan korxonada sodir etilgan va hisobga olingan barcha xo’jalik operatsiyalarini hamda moliyaviy hisobotlarini qonunchilikka muvofiq va axborotlar ishonchli ekanligini tekshirib, yakunda ular bo’yicha xolisona xulosa berishda namoyon bo’ladi. D.Audit bilan buxgalteriyasi o’rtasida farq mavjud emas. E.To’g’ri javob mavjud emas. 9. Auditning yuzaga kelish shart-sharoitlari nimalarda namoyon bo’ladi? A. Axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi. B. Noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi. C. Korxonalarning soni juda ham ko’payib ketishi natijasida ularni nazorat qiluvchi organlar sonini ham oshirish sharoitining vujudga kelish natijasida. D. A va B. E. A va C. 10. Nazorat taftish bo’linmalarining asosiy funktsiyasi nimadan iborat? A. Davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi. B. Byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi. C. Korxonalarni moliya-xo’jalik faoliyatiga baho berish va nazorat qilish. D. A va B. E. B va C. №2-ТОПШИРИҚ Masala. «BUSTON» qo’shma korxonasi 2020 yilning okyabr oyida «Inter-audit» auditorlik firmasiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko’rsatilib, pul to’landi. 2021 yilning mart oyiga kelib «BUSTON» qo’shma korxonasi xuddi shu auditorlik firmasiga 2020 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi. Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling