1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar
AQSH ta’lim tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari AQSh da ta’lim tizimining tuzilishi
Download 289.8 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
3.4. AQSH ta’lim tizimi va uning
o‘ziga xos xususiyatlari AQSh da ta’lim tizimining tuzilishi. Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6-yoshdan 13- yoshgacha o‘qiydilar); 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17) yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar).U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amaga oshiriladi. Sunggi bosqich dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasaruflarida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan tashqari barsha o‘quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilan band bo‘ladilar. AQSh maktablarida o‘quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut. Amerika konstitutsiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgasha ta’limni mablag’ bilan ta’milash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o‘quv yurtlarida faoliyatini muvofiqlashtirib borishini Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirlari olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo‘lib ajralib shiqdi. Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo‘yisha AQSh dune mamlakatlari o‘rtasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. AQSh ta’lim tizimining rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo‘lib, uning boshlang’ish ta’lim bosqichida o‘qishi lozim bo‘lgan bolalarning 99,9 foizi, o‘rta bo‘g’ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O‘quvchilar umumiy sonining 46 foizi o‘rta maktabning tamomlangach, kollej va universitetlariga kiradilar. Barsha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan ta’limning oliy bosqichida 12 million yigit qiz tahsil oladi. AQShda har 10 ming aholiga 307 talaba to‘g’ri keladi. Bu jaxonda yuksak ko‘rsatkishlardan biridir. Bulardan tashqari AQShda har yili 33 million kishi uzluksiz ta’lim malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million o‘qituvshi mehnat qiladi. Har yili o‘rta maktabni 3 million o‘quvshi, bakalavr darajasidagi esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi. Download 289.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling