1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar


AQSH dagi OTM o‘quv jarayoni


Download 289.8 Kb.
bet10/16
Sana17.06.2023
Hajmi289.8 Kb.
#1520104
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

AQSH dagi OTM o‘quv jarayoni. AQSHda oliy ta’lim 4 asosiy
bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr,
doktor. Oliy ta’limdagi bosqichlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va o‘quv
dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich
garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsada, ularni vazifasiga
ko‘ra, bizdagi maxsus o‘rta o‘quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu
bosqich 2 yillik kollej shaklida amalga oshirilib, bitiruvchilarning
uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning 3-kursiga qabul qilinadilar.
Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik
kollejlarning 87 foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir.
Bunday kollejlarga o‘rta maktabni tugatganlar o‘z iqtidori, qiziqishi va
maktabda olgan kasb yo‘nalishiga ko‘ra turli yo‘nalishdagi ixtisoslik
bo‘limlariga qabul qilinadilar. Bu o‘quv yurtlarida o‘qish eng yuqori
saviyada olib boriladi. Chunki bu toifadagi o‘quv asosan dorilfununlar
qoshida tashkil etilgan ikki yillik kollejlar deyarli barcha shtatlarda
bo‘lib, tayyorlangan mutaxassislar o‘sha shtatlardagi kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojni qondiradi. Bunday kollejlar asosan kam ta’minlangan, nochor
oilalarning farzandlari uchun mo‘ljallangandir. Shuningdek, bunday
kollejlar yoshlar o‘rtasida ishsizllikni kamaytirishga xizmat qiladi.
1-bosqichi oliy ta’limni tugallagan talabalarga 2-bosqichdagi to‘rt
yillik kollej va dorilfununlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy
o‘quv dargoxini bitirganlarga birinchi darajalari bakalavr unvoni
beriladi. 2-bosqich oliy o‘quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy
bilimlarni amaliyotida mustahkamlash uchun to‘rt yil ishlab chiqarishga
borib ishlaydilar. Chunki bunday kollejlarda talabalar uchun amaliy
ko‘nikma ko‘zda tutilmagan.
Bitiruvchilarning eng layoqatlilari aspirantura va doktoranturada
o‘qiydilar. 3- bosqich - magistr maktabi hisoblanib, unda o‘qish muddati
1-3 yildan iborat. 4-bosqish doktorantura bosqichidir. Tinglovchilar
unda 3-4 yil ta’lim oladilar.

Download 289.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling