1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar
Ta’lim tizimining istiqbollari
Download 289.8 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
Ta’lim tizimining istiqbollari. AQShda mavjud ta’lim tizimi
mamlakat prezidenti va hukumatni tobora qoniqtirmayotir. Jon Kennedi 1963 yilidayoq shunday degan edi: «yomon maktab davlatning yomon siyosatigina bo‘lib qolmay, uni yomon iqtisodiyotiga olib kiruvchi zaminidir». Demak, AQShda ta’limning hayotdan orqada qolayotgani 60-yillardayoq sezilgan edi. 2000 yilda «Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Turli yunalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000 yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari; aholining 90 % oliy ma’lumotli bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix geografiya, fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarni namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlariga chiqishlari; har bir voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish uchun barcha shart-sharoitni yaratib berish ko‘zda tutiladi. Bu AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir. Yuqorida bayon qilinganlarda ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi ishini tubdan yaxshilash uning obro‘ – e’tiborini oshirish jahon talablari darajasiga chiqarish bo‘yicha katta izlanish, tajriba va tadqiqodlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda AQSh ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa uning o‘quvchi faoliyatini izchilik bilan boshqarish, uni to‘la mustaqillikga o‘rgatish va tadbiq etish, besh yoshlik bolalarning maktab bosqichiga puxta tayyorlash, dars jarayonining bir xil andozasidan qutilish yo‘larini izlash, yo‘nalishli va ayrim predmetlarini chuqurlashtirishni o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, kasb yo‘nalishi berish yo‘lida olib borilayotgan ishlarini chuqur tahlil etib, mahalliy sharoitdan kelib chiqib o‘z ish faoliyatida qo‘llanishni tashkil qilish e’tiborga loyiqdir. Bu esa har bir maktab rahbari, o‘qituvchi va tarbiyachidan yuksak intizom va ma’suliyatni, tashshabbuskorlik va izlanuvchanlikni talab qiladi. Download 289.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling