1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar
AQSH dagi OTM o‘quv jarayoni
Download 289.8 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
AQSH dagi OTM o‘quv jarayoni. AQSHda oliy ta’lim 4 asosiy
bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr, doktor. Oliy ta’limdagi bosqichlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va o‘quv dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsada, ularni vazifasiga ko‘ra, bizdagi maxsus o‘rta o‘quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu bosqich 2 yillik kollej shaklida amalga oshirilib, bitiruvchilarning uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning 3-kursiga qabul qilinadilar. Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik kollejlarning 87 foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir. Bunday kollejlarga o‘rta maktabni tugatganlar o‘z iqtidori, qiziqishi va maktabda olgan kasb yo‘nalishiga ko‘ra turli yo‘nalishdagi ixtisoslik bo‘limlariga qabul qilinadilar. Bu o‘quv yurtlarida o‘qish eng yuqori saviyada olib boriladi. Chunki bu toifadagi o‘quv asosan dorilfununlar qoshida tashkil etilgan ikki yillik kollejlar deyarli barcha shtatlarda bo‘lib, tayyorlangan mutaxassislar o‘sha shtatlardagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi. Bunday kollejlar asosan kam ta’minlangan, nochor oilalarning farzandlari uchun mo‘ljallangandir. Shuningdek, bunday kollejlar yoshlar o‘rtasida ishsizllikni kamaytirishga xizmat qiladi. 1-bosqichi oliy ta’limni tugallagan talabalarga 2-bosqichdagi to‘rt yillik kollej va dorilfununlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy o‘quv dargoxini bitirganlarga birinchi darajalari bakalavr unvoni beriladi. 2-bosqich oliy o‘quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy bilimlarni amaliyotida mustahkamlash uchun to‘rt yil ishlab chiqarishga borib ishlaydilar. Chunki bunday kollejlarda talabalar uchun amaliy ko‘nikma ko‘zda tutilmagan. Bitiruvchilarning eng layoqatlilari aspirantura va doktoranturada o‘qiydilar. 3- bosqich - magistr maktabi hisoblanib, unda o‘qish muddati 1-3 yildan iborat. 4-bosqish doktorantura bosqichidir. Tinglovchilar unda 3-4 yil ta’lim oladilar. Download 289.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling