1-топшириқ. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar


Ta’lim tizimining istiqbollari


Download 289.8 Kb.
bet12/16
Sana17.06.2023
Hajmi289.8 Kb.
#1520104
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Ta’lim tizimining istiqbollari. AQShda mavjud ta’lim tizimi
mamlakat prezidenti va hukumatni tobora qoniqtirmayotir. Jon Kennedi
1963 yilidayoq shunday degan edi: «yomon maktab davlatning yomon
siyosatigina bo‘lib qolmay, uni yomon iqtisodiyotiga olib kiruvchi
zaminidir». Demak, AQShda ta’limning hayotdan orqada qolayotgani
60-yillardayoq sezilgan edi. 2000 yilda «Amerika ta’lim strategiyasi»
dasturi e’lon qilindi. Turli yunalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan
mazkur dasturda 2000 yilda barcha amerikalik kichkintoylarning
maktabga tayyor holda kelishlari; aholining 90 % oliy ma’lumotli
bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix
geografiya, fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarni namoyish eta
olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini
o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlariga chiqishlari; har bir
voyaga yetmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha
yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari; maktablarda giyohvandlik
va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish uchun barcha shart-sharoitni
yaratib berish ko‘zda tutiladi. Bu AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab
beruvchi muhim dasturdir.
Yuqorida bayon qilinganlarda ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston
Respublikasida xalq ta’limi ishini tubdan yaxshilash uning obro‘ –
e’tiborini oshirish jahon talablari darajasiga chiqarish bo‘yicha katta
izlanish, tajriba va tadqiqodlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda
AQSh ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo‘llanilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa uning o‘quvchi faoliyatini izchilik
bilan boshqarish, uni to‘la mustaqillikga o‘rgatish va tadbiq etish, besh
yoshlik bolalarning maktab bosqichiga puxta tayyorlash, dars
jarayonining bir xil andozasidan qutilish yo‘larini izlash, yo‘nalishli va
ayrim predmetlarini chuqurlashtirishni o‘rgatish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, kasb yo‘nalishi berish
yo‘lida olib borilayotgan ishlarini chuqur tahlil etib, mahalliy sharoitdan
kelib chiqib o‘z ish faoliyatida qo‘llanishni tashkil qilish e’tiborga
loyiqdir. Bu esa har bir maktab rahbari, o‘qituvchi va tarbiyachidan
yuksak intizom va ma’suliyatni, tashshabbuskorlik va izlanuvchanlikni
talab qiladi.

Download 289.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling