MUSTAQIL TA’LIM TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
O’quv rejasida har bir yo’nalishlar bo’yicha “Nazariy mexanika” faniga ajratilgan soatlarning ma’lum bir qismini mustaqil ish tashkil etadi. Talabalar bilimlarini mustahkamlash uchun mustaqil ishlar asosiy ro’l o’ynaydi. Chunki o’tilgan mavzular va amaliy mashg’ulotlardan olgan bilimlarini adabiytlar, internet tarmog’idan olgan ma’lumotlar bo’yicha mustahkamlaydi.
Talabalar ko’pincha ma’ruza matinlaridan foydalanish bilan chegaralanadilar. Talaba bu bilan fani to’liq o’zlashtira olmaydi. Bu esa fan haqida ma’lumot doirasini chegaralaydi. Fannaing afzalligini to’liq o’zlashtirish va uning qo’llanish sohalarini chuqur o’rganish uchun mustaqil ish bajariladi. Talaba mustaqil ishlarni bajarishda darslik, o’quv qo’llanmalar, tarqatma materriallar, elektron adabiyotlardan foydalanadi. Har bir mutaxassoslik uchun mustaqil ishlar kalendar rejada keltirilgan mavzularga asoslangan holda kafedra tomonidan belgilanadi.
Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari (TMI)
Nazariy mexanika fani barcha mutaxassisliklar bo‘yicha muxandislarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pgina umummuxandislik fanlari, jumladan, materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi, gidravlika, mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashina detallari va sh.k., mexanikaning asosiy qonun va qoidalariga tayangan. Qurilish, mexanika, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan kurslar ham nazariy mexanikaning tushuncha va qoidalaridan keng foydalaniladi.
Talabalar Nazariy mexanika fanidan chuqurroq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun mustaqil ravishda kursning har bir bo‘limlaridagi ba’zi mavzularga oid loyiha-hisoblash ishlarini (LHI) bajarishlari lozim.
Назарий механика фани 2-семестрда топшириладиган ЛҲИ
Do'stlaringiz bilan baham: |