Qurilishda geodezik ishlarni bajarishda mexnat muxofazasi Amaliy ishining maqsadi
Download 44 Kb.
|
8-амалий 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishining vazifasi
- Amaliy ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar
8-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Qurilishda geodezik ishlarni bajarishda mexnat muxofazasi Amaliy ishining maqsadi: “Qurilishda geodezik ishlarni bajarishda mexnat muxofazasiga oid tadbirlar bilan tanishish uchun olgan boshlang‘ich bilimlarini mustahkamlashlarida o‘qituvchi tomonidan amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berib borishdan iboratdir. Amaliy ishining vazifasi:– “Qurilishda geodezik ishlarni bajarishda mehnat muhofazasiga oid tadbirlar bilan tanishish va o’rgatishdan iborat. Bunda talabalarga qo‘yiladigan asosiy, ya’ni talabalarning bilishi zarur bo‘lgan va bajara olishi shart bo‘lgan talablar mavjud. 1. Talabalar bilishi zarur: - mehnat muvofazasi qoidalarini; - texnika xafsizligi to‘g‘risida boshlang‘ich bilimga ega bo’lishi kerak. 2. Talabalar bajara olishi shart: - Qurilishda geodezik ishlarni bajarishda mexnat muxofazasi Amaliy ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar: 1. Qurilish obektida geodezik ishlarni bajarishda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha soxa yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan mexnatni muxofaza qilish qoidalariga asoslanish kerak. GIBL(geodezik ishni bajarish loyihasi)da geodezik ishlarda mexnatni xavfsiz sharoitini taminlashni chora tadbirlari ko‘zda tutilishi zarur. 2. Geodezik ishlarni bajarishga geodezik va qurilish ishlarida mexnatni muxofaza qilish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma olgan va uni o‘zlashtirgan, xamda bevosita ish joyida mexnat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma olgan kishilar qo‘yiladi. 3. Transport xarakati serqatnov yo‘l chetida va ko‘p mexanizmlar ishlab turgan qurilish maydonchasida geodezik ishlarni bajarishda xarakatdagi transport va mexanizmlar yaqinida ish bajarayotganlar xavfsizligini taminlovchi aloxida kuzatuvchiishchilar safidan tayinlanadi. 4. Balandlik bo‘yicha 1,3 m va undan ortiqqa o‘zgaradigan joyda o‘rnashgan geodezist ish joyi ximoya yoki signal to‘siqlari bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. 5. Balandlikda ishlash uchun meditsina ko‘rigidan o‘tgan kishi qo‘yiladi. 6. Kotlovanni qiyshaygan devori yonida, maxkamlanmagan ko‘tarma yer qirg‘og‘ida, yuk ko‘taruvchi mexanizm ilmog‘i ostida, xatto u ishlamayotgan bo‘lsa xam, ishlab turgan mexanizm yaqinida geodezik ishlarni bajarish mumkin emas. 7. Qish paytida grunt yoki beton qorishmani elektr toki bilan isitishda chiziq o‘lchash uchun po‘lat ruletkani tok ostidagi armaturaga tegib ketishdan saqlash kerak. Tok o‘tkazuvchi ochiq simla shtgan joylarda geodezik ishlarni bajarishda, ularni o‘chirib qo‘yishi zarur. Geodezik asboblar va moslamalarni qorong‘u paytida yoritish maqsadida faqatgina shaxtyorlar yoki cho‘ntak elektr fonaridan foydalanish kerak. 8. Geodezistlarni asboblar bilan bino ustiga chiqishiga faqat to‘siqlarga ega zinapoyalardan yo‘l qo‘yiladi. Zinapoyalar ishonchli maxkamlangan bo‘lishi kerak. Loy, qor va muzdan tozalanmagan zinapoyalardan geodezik asboblar bilan yurishdan voz kechish lozim. YUqoriga chiqishda trosdan, kanatdan foydalanish, xamda montaj satxini qirg‘og‘i, kapital devorlar ustida yurish man etiladi. Balandlikda geodezik asbob bilan bitta kolonnadan ikkinchisiga, xamda rigeldan rigelga to‘siqlar bildan taminlangan ko‘chirma ko‘priklardan foydalanib o‘tish ruxsat etiladi. Xavfli joylarda ishlashda ijrochi o‘zini ximoya belbog‘lar yordamida mustaxkam o‘rnatilgan konstruksiyalarga bog‘lab olishi va asboblarni tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. 9. Geodezistni montaj gorizontida ishlashida unga xavfli bo‘lgan teshiklar va ochiq joylar yopilishi yoki atrofi o‘rab qo‘yilishi lozim. 10. Binoni montaj satxlariga geodezik rejalash tarmog‘i nuqtalarini vertikal proeksiyalash teshikchalari ular orqali turli predmetlarni tushib ketishidan saqlangan bo‘lishi kerak. 11. Qurilish maydonchasida ishlarni bajarishda geodezist xavfli zonadan tashqarida bo‘lishi kerak. Geodezik asboblar montaj qilinayotgan elementdan, uning balandligidan bir yarim barobar uzoqlikda o‘rnatilishi kerak. 12. Oqava suv, suv o‘tkazgichlar quduqlari ichida ijroviy syomkalarni bajarishda ularda zararli gazlar yo‘qligiga ishonch xosil qilish kerak. Geodezik ishlarni bajarish quyidagi xolatlarda man etiladi: - kuchi 6 ball va undan ortiq shamol esayotganda, kuchli qor, yomg‘ir yog‘ishida, tumanda, ko‘rish sharoiti cheklangan sharoitlarda; - montaj satxlarida ximoya kaska va belbog‘siz, montaj va yuk ko‘taruvchi mexanizmlar tasiri zonasida; - sirpanchiq vaqtida qurilish maydonchasida; - shosse avtomobil yo‘llari xarakat qismida va temir yo‘llari, transport gabarit zonasida. 14. Qurilish maydonchasida lazer nuridan foydalanib ishlar bajarishda quyidagi extiyotkorlik choralarni ko‘rish lozim: - lazer asbobi korpusi va tok manbaasi erga ulanishi kerak; - lazer asboblari va tok manbaasini yoqilgan xolda ochish qatiy man etiladi, chunki bunda asbobdagi tok kuchlanishi 1500 – 2500 V ostida bo‘ladi; - razemlarni o‘chirish tok manbaasi o‘chirilgandan keyin kamida 1,5 daqiqa o‘tgandan keyin bajarilishi kerak; - asbobni tokka ulovi kabellari nosoz bo‘lmasligi kerak; - qurilish maydonchasida ishlovchilar barchasi lazer nurini ko‘z to‘riga zararliligi xaqida xabardor bo‘lishi kerak; - lazer nuri imkon qadar kishi bo‘yidan pastdan o‘tishi va ko‘zga bevosita tushmasligi kerak; - lazer nurini o‘tish yo‘lida oyna yoki yaltiroq metall predmetlar qo‘yilmasligi kerak; - lazer nuri, uni ishlatadigan zonadan tashqariga yo‘naltirmasligi lozim; - ish olib borilayotgan joy o‘ralgan va ogoxlantiruvchi signal lampasi yoki plakat bilan belgilangan bo‘lishi kerak. 15. Mexnat xavfsizligini taminlash tadbirlarni bajarish qurilish tashkilotlari boshliqlarini zimmasiga yuklanadi. Qurilish tashkiloti boshliqlari geodezistlarni texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini yillik nazoratini tashkil qilishi lozim. Inventarizatsiyalash ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi Bino va inshootlarni inventarizatsiyalash ishlarini bajarish uchun muhandis-texnik xodimlarga ular bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ushbu Yo‘riqnoma hajmida instruktaj o‘tkazilgandan keyin ruxsat beriladi. Balandlikda ishlash uchun ruxsat beriladigan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim. Ishlarni bino va inshootlarning tomlarida bajarish yaxmalak, quyuq tuman sharoitlarida, nishablik ¼ dan ortiq bo‘lgan taqdirda man etiladi. Tomda tekshirish va o‘lchash ishlarini olib borishda xodim barcha hollarda arqonli saqlagich belbog‘ bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim, arqonning erkin uchi tomning mustahkam konstruksiyalariga ishonchli mahkamlanishi zarur. Saqlagich belbog‘ va arqonning mustahkamligi 6 oyda bir marotaba 225 kg statik nagruzka bilan sinovdan o‘tkaziladi. Belbog‘ va arqon sinov muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan cho‘pxatga ega bo‘lishi lozim. Tekshirilishi lozim bo‘lgan, lekin yuqumli kasallliklar manbai bo‘lgan xonalarda ishlar karantin tamom bo‘lgunga qadar olib borilmaydi. Imoratlarni tekshirishda hamda o‘lchov ishlarini bajarishda qulashi va o‘lchovchiga shikast etkazishi mumkin bo‘lgan uyumlangan buyumlar (qurilish materiallari) yaqinida turmaslik lozim. Eskirgan va yarim vayron imoratlarni tekshirish ishlari faqat ushbu ishlarning xafsizligi borasida to‘la ishonch bor bo‘lgan taqdirdagina bajarilishi mumkin. To‘suvchi panjaralari bo‘lmagan narvonlar va maydonchalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Bunday hollarda o‘lchash ishlarini pastki qavatlarning pollari bo‘yicha bajarish lozim. Tabiiy yorug‘likka ega bo‘lmagan erto‘lalar, zinalar, cherdaklar, omborchalarni tekshirish, o‘lchash ishlari sun’iy ravishda yoritilgan holda bajariladi. Ag‘anash xafvi bo‘lgan yoki o‘lchash, tekshirish ishlariga xalaqit beruvchi barcha buyumlar bartaraf etilishi lozim. Agar xonalar yomon ahvolda bo‘lsa va ularning ichida bo‘lish xavf bilan bog‘liq bo‘lsa, yoki ularni suv bosgan bo‘lsa, tekshirish ishlari amalga oshirilmaydi. Qattiq sovuqlar davrida, yog‘ingarchilikli ob-havo sharoitida tashqarida bajariladigan ishlar, shuningdek sovuq xonalarni tekshirish va o‘lchash ishlari amalga oshirilmaydi. Xavfsizlik texnikasi shartlari imoratlarni o‘lchash va tekshirish ishlarini bajaruvchi barcha inventarizatorlarga ma’lum bo‘lishi kerak. Ishlab turgan mexanik, elektr yoki boshqa uskuna o‘rnatilgan xonada tekshirish va o‘lchash ishlari uskuna uning tasarrufida bo‘lgan korxona tomonidan ta’minlanadigan mehnat uchun xavfsiz sharoitlar mavjudligida bajarilishi mumkin. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling