1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Gazlamalarning o‘rilishi
Download 106.76 Kb.
|
126804 var 7 c
1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Gazlamalarning o‘rilishi Javob: Toʻquvchilik o’rilishlari har xil bo’lib, gazlamaning tuzilishi va xossalarini belgilaydi. Gazlama o’ngidagi naqshlar va gazlama sirtining xarakteri, ko’ndalang va bo’ylama yo’llari bor-yo’qligi, tovlanib turishi tanda va arkoq iplarning o’rilish xiliga bog’liq bo’ladi. To’quvchilik o’rilishi gazlamaning pishiqligiga, cho’ziluvchanligiga, qalinligiga, titiluvchanligi va qattiqligiga, kirishishiga, ho’llash-dazmollash paytida qisqarishi yoki cho’zilishiga va boshqa xossalariga ta‘sir qiladi. Modellash, loyihalash, gazlamalarni bichish va tikishda o’rilish naqshi hisobga olinadi. To’quvchklik o’rilishlari murakkabligiga ko’ra to’rt klassga: oddiy (silliq) o’rilish, mayda gulli o’rilish, murakkab o’rilish va yirik gulli o’rilishlarga bo’linadi. To’quvchilik o’rilishlarini katak qog’ozga chizish uchun har qaysi vertikal qatorni tanda iplari deb, har qaysi gorizontal qatorni arqoq iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak ikki ip (tanda va arqoq ipi) ning kesishuvidan iborat bo’lib, yopilish deyiladi. Agar gazlamaning o’ngiga tanda ipi chiqsa, tanda bilan yopilish deyiladi va chizish paytida shtrixlab qo’yiladi. Agar gazlamaning o’ngiga arqoq ipi chiqsa, arqoq bilan yopilish deyiladi va chizish paytida oqligicha qoldiriladi. Katak qog’ozga chizilgan to’quvchilik o’rilishlarini va gazlama namunalarini sinchiklab ko’zdan kechirib, barcha yo’nalishlarda takrorlanadigan naqshni topish mumkin. Takrorlanadigan o’rilish naqshi rapport deb ataladi. Har qaysi to’quvchilik urilishida tanda bo’yicha rapport va arqoq bo’yicha rapport bo’ladi. Tanda bo’yicha rapport – o’rilish naqshini hosil qiladigan tanda iplari soni, arqoq bo’yicha rapport – o’rilish naqshini hosil qiladigan arqoq iplari soni. To’quvchilik o’rilishi sxemasida rapport, odatda, pastki chap burchakka chiziqlar bilan belgilanadi. Bu chiziqlar kesishib kvadrat yoki tug’ri to’rtburchakni hosil qiladi. Download 106.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling