1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Gazlamalarning o‘rilishi
Download 106.76 Kb.
|
126804 var 7 c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayda gulli o‘rilishlar
Oddiy (silliq) o‘rilishlar
Oddiy o’rilishlar klassiga polotno, sarja, atlas-satin o’rilishlar kiradi. Barcha silliq o’rilishlarga xos xususiyatlar: har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ipi bilan Odatda, ipak tandali va ip arqoqli yarim shoyi gazlamalar tandali sarja o‗rilishda to’qiladi. Tandasini paxta ip, arqog’ini jun ip tashkil qilgan yarim jum gazlamalar, odatda, arqoqli sarja o’rilishda to’qiladi. Sarja rapportidagi iplar soniga hamda tanda va arqoqning zichligiga qarab, sarja o’rilishdagi yo’llarning qiyalik burchagi har xil bo’lishi mumkin. Agar tanda va arqoq iplarining zichligi va yo’g’onligi bir xil bo’lsa, sarja yo’llarining qiyalik burchagi 45˚ tashkil qiladi. Sarja o’rilishli gazlamalar elastiq mayin, lekin polotno o’rilishli gazlamalarga qaraganda pishiqligi pastroq bo’ladi, chunki sarja o’rilishdagi yopilishlar polotno o’rilishdagiga qaraganda cho’ziqroq. Sarja o’rilishda siyrakroq to’qilgan gazlamalar diagonal bo’yicha cho’ziluvchan bo’ladi. Satin va atlas o‘rilishli gazlamalarning o’ngida cho’ziq yopilishlar bo’ladi, shuning uchun gazlamaning o’ngi, odatda, silliq bo’ladi va tovlanib turadi. Satinning o’ngida arqoq iplari, atlasning o’ngida esa tanda iplari ko’p bo’ladi. Satin va atlas o’rilishlar rapportida kamida beshta ip bo’lishi kerak. Mayda gulli o‘rilishlar Manda gulli o’rilishlar klassik ikki kichik klassga bo’linadi: 1) oddiy o’rilishlarni o’zgartirish va murakkablashtirish yo’li bilan hal qilingan hosila o’rilishlar; 2) oddiy o’rilishlarni almashtirish va aralashtirish yo’li bilan hosil qilingan aralash o’rilishlar. Mayda gulli o’rilishlarda tanda bo’yicha rapport va arqoq bo’yicha rapport har xil bo’lishi mumkin. Ular ana shu xossasi bilan oddiy o’rilishlardan farq qiladi. Hosila polotno o’rilishga reps o’rilish va rogojka kiradi. Reps o’rilish tanda yoki arqoq bilan yopilishlarni uzaytirish yo’li bilan hosil qilinadi. Reps o’rilishda har qaysi tanda ipi ikki, uch va undan ko’p arqoq ipi orqali o’tishi mumkin. Bunda gazlama sirtida ko’ndalang yo’llar hosil bo’ladi va reps ko’ndalang reps deb ataladi. Agar reps o’rilishda har qaysi arqoq ipi ikki yoki uch yoki bir necha tanda ipi orqali o’tsa, gazlamada bo’ylama yo’llar hosil bo’ladi va reps bo’ylama reps deb ataladi. Reps va boshqa gazlamalar reps o’rilishda to’qiladi. Download 106.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling