1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Вискоза толаларни олиниш усуллари


Download 0.61 Mb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1587645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 variant

Вискоза толаларни олиниш усуллари

Viskoza tolasi ishlab chiqarish. Viskoza tolasini olishni 1842 yilda Ch.Kras, K.Bidllar kashf etdilar. Viskoza tolasi boshqa kimyoviy tolalar orasida eng ko‘p ishlab chiqariladi (umumiy ishlab chiqariladigan tolalaming 60 % ni tashkil etadi). Yigiruv eritmasini tayyorlash uchun sulfitli sellyuloza olinib, unga 18-20 % li NaOH eritmasi bilan ishlov beriladi. Bunda sellyuloza tarkibidan qolgan gelisellyulozaning ko‘p qismi yuvilib chiqadi, molekulalararo bog‘ ham qisman uziladi va ishqoriy sellyuloza hosil bo‘ladi. Bu jarayon merserizatsiya deyiladi:
[C6H702 (OH)3]n+ nNa0H->[C6H702(0H)20H NaOH]n
Merserizatsiya 10-60 daqiqa davomida 20-50°C da olib boriladi. Ishqoriy sellyulozadan NaOH ning ortiqchasi siqib chiqariladi va maydalanadi, so'ngra 20°C da 30—50°C da qoldiriladi (taxminiy etilish jarayoni). Bu vaqt oralig‘ida havo kislorodi ta’sirida sellyulozaning polimerlanish darajasi bir muncha kamayadi. Shundan keyin ishqoriy sellyuloza 2—3°C mobaynida uglerod sulfid (u sellyuloza massasining 33—38 % ni tashkil etishi kerak) bilan ishlov beriladi (sellyulozani ksantogenlash). Natijada to‘q sariq rangli sellyulozaning ksantogenati hosil bo‘ladi. U NaOH ning 4—7 % li eritmasida yaxshi eriydi.
[C6H702(0H)20H • NaOH]n+ CS2->
-> [C6H9040C - SNa]n + nH20
S
Ksantogenat viskoza apparatida aralashtirgich yordamida (1 daqi- qada 900—1000 marta aylanadi) eritiladi. Natijada 6—9 % sellyuloza va 7 % NaOH eritmasidan iborat suvli eritma hosil qilinadi. Olinadigan viskozaning sifati yetilish jarayonining davomiyligiga hamda haroratga bog'liq bo‘ladi (116- rasm). Sellyuloza 14—17°C da 2-3 kun davomida yetiladi. Tayyor bo'lgan eritma filtrlanadi, vakuumda havo pufakchalari chiqarib yuboriladi va ho‘l yigirish usulida tolaga shakl berishga yuboriladi (117- rasm).
Yiguruv nasosi (2) viskozani siqib filtrdan (3), so‘ngra shisha nay (4) orqali fileradan (6) o‘tkazadi va cho‘ktirish vannasiga tushadi. Undagi eritma tarkibi 80—150 g/1 H2S04, 160—320 g/1 Na2S04 va
10—100 g/1 Zn S04 dan iborat. Cho'ktirish vannasida (5) quyidagi jarayonlar boradi: elektrolit tasirida viskozaning kaogullanishi, kislota tasirida sellyuloza santogenatining parchalanishi, turli oltingugurtli birikmalaming H2S va CS2 hosil qilib yemirilishi va boshqalar
[C6H9040CS-SNa] +nH2S04-*
II
S
-»[C6H10O5]n+nCS2+nNaHSO4
Eritma to'xtovsiz regeneratsiyaga yuborib turiladi, regeneratsiyalangach, yana vannaga qaytariladi. Regene- ratsiyalangan sellyuloza tolasi yig‘ilib, bir tutam qilib babinaga (ip zugotaga o'raladi) yoki sentrifugaga (sentrifu- ganing ichki devori bo‘ylab, ip dumaloq shaklida yig'iladi) o‘raladi,!cho‘zi!adi va taxlab qo'yiladi. Yigirish tezligi 75—100 m/daq.
Tolani sayqallash. Tola tarkibidan oltingugurtni yo‘qotish uchun ishqoming suyuq eritmasi bilan ishlov berish, so‘ngra qiyin emvchi tuzlarni yo'qotish uchun kislota eritmasi bilan yuvish va nihoyat natriy gipoxlorit bilan oqartirish kabi amallami bajarishdan iboratdir. Shundan so'ng tola oleinli moy bilan moylanadi va 70°C da quritiladi. So‘ngra o‘raladi va kerakli joylargajo'natiladi. Viskoza tolasi 100— 120°C ga va oiganik erituvchilarda chidamli. Ho‘l holda bo‘lganda uning mustahkamligi 40—50 % kamayadi. Viskozadan ipak, shtapel, kord va sun’iy qorako‘1 olinadi.
Asetat tolasi olish uchun xomashyo sifatida asosan paxta chigitidan tola ajratib olingach, chigitda oladigan tuklar ishlatiladi, bunda sellyuloza sirka angidridi bilan asetillanadi. Reaksiya sulfat kislota katalizator ishtirokida boradi va triatsetilsellyuloza olinadi:
[C6H702(0H)3]n+ 3n(CH3C0)20 -> ^[C6H702(0C0CH3)3]n+ 3nCH3COOH Triatsetilsellulozar *
-I ri
p-
Hosil bo‘lgan triatsetilselluloza atsetonda yoki dixlormetan bilan etil spirtining 90:10 nisbatdagi aralashmasida eritilib fileralardan o‘tkaziladi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling