1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Download 69.03 Kb.
bet1/23
Sana21.12.2021
Hajmi69.03 Kb.
#182186
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ekologiya javoblari to'liq


1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang (Har bir savol 3 ball asosida baholanadi, jami 15 ball)
1. Ekologiyaning rivojlanish tarixi.

Ekologiya  fanining  ta’rifini  birinchi  marta  nemis  olimi  E.  Gekkel  "Organizmlarning  umumiy  morfologiyasi"  deb  nomlangan  asarida(1866)  bergan. Ekologiya (oikos-uy, yashash joyi; logos o’rganish, fan)  deyilganda organizmlarning  o’zaro  va  tashqi  muhit  bilan   aloqadorliklarini  o’rganadigan biologik fan tushuniladi. 

  Ekologiya  «tabiiy  uyimiz»ni  o’rganish,  unda  yashovchi  barcha  tirik 

organizmlar  va  bu  «uy»ning  hayot  uchun  yaroqli  qiluvchi  barcha  funktsional 

jarayonlarni  o’z  ichiga  oladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ekologiya 

organizmlarning  «yashash  joyi»  to’g’risidagi  fan  bo’lib,  unda  asosiy  e’tibor 

organizmlarning  o’zaro  va  tashqi  muhit  orasidagi  bog’lanishlar  xarakteriga 

qaratiladi. 

Ekologiya  quyidagi  qismlarga  bo’linadi:  autekologiya  —  organizmlar 

ekologiyasi,  sinekologiya  —jamoalar,  populyatsiya  ekologiyasi,  ekosistema 

ekologiyasi,  evolyutsion  ekologiya,  qishloq  xo’jaligi  ekologiyasi,  radiatsion 

ekologiya,  kosmik  ekologiya,  biosfera  ekologiyasi,  fiziologik  ekologiya, 

embriologik ekologiya, anatomik ekologiya va boshqalar. 

Hayvon va o’simliklar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi va tarqalishi 

to’g’risidagi  ma’lumotlar  qadim  zamonlardan  ma’lum.  Bu  ma’lumotlarni 

umumlashtirishni  birinchi  bo’lib,  eramizgacha  yashagan  Aristotelning  ishlarida 


uchratamiz.  U  hayvonlarning  500  turini  o’rganib,  ularning  xulq—atvori,  ko’chib 

yurishi, qishda uyquga ketishi va qushlar to’g’risida ma’lumotlar qoldirgan. 

O’simliklarning  tashqi  muhit  bilan  bog’liqligi  to’g’risidagi  masalalarni 

eramizgacha bo’lgan 372—277 yillarda yashagan Teofrast va yangi eraning 23—

79  yillarida  yashagan  Katta  Pliniy  o’rgangan.  Teofrast  o’simliklarning  shakli, 

o’sishi  iqlim,  tuproq  sharoitiga  bog’liqligini  aniqladi.  U  o’simliklarning  hayotiy 

formalari ekologik tasnifini berdi. 

O’rta  asrlarda  yashagan  Abu  Ali  Ibn  Sino  dorivor  o’simliklarning 

morfologiyasi, nomlarining kelib chiqishi, tarkibi va geografiyasini o’rganib, ular 

to’g’risida ma’lumotlar qoldirgan. 

Ekologik  ma’lumotlarni  XI  asrda  Sharqiy  Turkistonda  yashagan  Mahmud 

Qoshg’ariyning  ishlarida  uchratamiz.  Uning  yozgan  kitoblarida  200  ta  o’simlik 

to’g’risida ekologik, morfologik va geografik ma’lumotlar bor. 

O’rta  Osiyo  o’simliklari  va  hayvonlariga  doir  botaniq  va  geografik 

ma’lumotlarni Z. Bobur asarlarida uchratamiz.  

O’rta  asrlarda  ekologiya  masalalari  bilan  Albert  Velikiy  shug’ullangan.  U 

o’simliklarning tinim holiga o’tishini o’rgangan. 

Ekologik  kuzatishlarga  oid  ma’lumotlarni  XVIII  asr  tabiatshunoslari- 

K.Linney, J.Byuffon. P.S.Pallas va I.I.Lepyoxin asarlarida uchratamiz. 

XIX  asrda  nemis  tabiatshunosi  A.Gumbold  o’simliklarning  temperaturaga 

bog’liq tarqalishini o’rganib, hayot formalarining tasnifini berdi. 

Moskva universitetining professori K.F.Rule hayvonlar ekologiyasi sohasida 

katta ishlar olib bordi va bir qator asarlar qoldirdi.  U suv va er yuzida yashovchi, 

hamda boshqa hayvonlarni tiplarga bo’lgan. N.A.Lepyoxin o’simliklarning har xil 

iqlimlarda  tarqalishini  o’rganib,  baland  tog’da  o’suvchi  o’simliklarning  tundra 

o’simliklari bilan Ch. Darvinning (1859) evolyutsion nazariyasi ekologiya tarixida 

yangi davrni boshlab berdi.  

1877  yilda  nemis  olimi  K.Myobius  biotsenoz  to’g’risidagi  tushunchani 

kiritdi. 

1895 yilda Varmingning "Tashqi muhit ta’sirida o’simliklarning tarqalishi" 

degan kitobi chop etildi.  

Populyatsiyalar  ekologiyasi  ingliz  olimi  Ch.Elton  (1930)  tomonidan 

rivojlantirildi.  U  ayrim  organizmlarni  o’rganishdan  populyatsiyalarni  o’rganishga 

o’tish  kerakligini  aytdi,  chunki  moslashish  jarayonlari  populyatsiya  miqyosida 

kechadi. Populyatsion ekologiyaning rivojlanishida S. A. Severtsov, S. S. Shvarts, 

N. P. Naumov, P. A. Viktorov, V. N. Sinskaya, T. A. Rabotnov va A. A. Uranovlar 

katta hissa qo’shganlar. 

A. Tensli 1935-yilda "Ekosistema" tushunchasini fanga kiritdi. 

"Biogeotsenoz" tushunchasi 1942-yilda V. N. Sukachev tomonidan kiritildi. 

O’rta  Osiyoda  ekologiya sohasida D.  N. Kashkarov,  E.  P.  Korovin.  M.  G. 

Popov, K. 3. Zokirov, I. I. Granitov, T. 3. Zoxidov, A. T. To’laganov va boshqalar 

tomonidan katta ilmiy ishlar olib borildi. 

Daniil  Nikolaevich  Kashkarov  tomonidan  sobiq  ittifoqda  birinchi  marta 

kompleks zooekologik kuzatishlar metodikasi ishlab chiqildi. U bir qator ekologiya 

masalalarini  hal  qilishda  rol  o’ynagan  ilmiy  ishlar  qoldirdi.  Ular  "Muhit  va 

hamjamoalar",  "Turkiston  hayvonlari",  "Hayvonlar  ekologiyasi  asoslari"'  va 

boshqalar. 

O’zbekistonda ekologik kuzatishlarning yana bir asoschisi va  tashqilotchisi 

E.P.Korovin  edi.  U  1930-  yillarda  o’simliklar  jamoasi  va  muhitni  birgalikda 

o’rganish  kerakligini  aytdi.  Bunday  ilmiy  kuzatishlar,  o’sha  vaqtda  O’rta  Osiyo 

davlat  universiteti  qoshida  olib  borildi.  O’sha  davrda  cho’l  zonasi  o’simliklarini 

o’rganish maqsadida kompleks ekspeditsiyalar tashqil qilindi va E. P. Korovin va 

I.  I.  Granitov  rahbarliklarida  cho’l  zonasida  fitomeliorativ  ishlar  olib  borildi, 

birinchi tajribalar o’tkazildi. 

1950  yil  E.P.Korovin  taklifiga  binoan  botaniqa  institutida,  V.A.Burigin 

rahbarligida  ekologiya  laboratoriyasi  ochildi.  Bunda  cho’l  va  yarim  cho’l  zonasi 

o’simliklarining  qurg’oqchilikka  moslashishi  o’rganildi.  Keyinchalik  shu 

laboratoriyada  Yu.S.Grigorev  rahbarligida  yuksak  o’simliklarda  kserofilizatsiya 

masalalari o’rganildi va o’simliklarning ekologik klassifikatsiyasi berildi. 

1967—1987-yillarda  O.X.Xasanov  va  R.S.Vernik  rahbarligida  Farg’ona 

adirlari  sharoitida  kompleks  ekologik  kuzatishlar  olib  borildi.  O’simliklarning 

qurg’oqchilikka  moslashishi  sistematik  shaklda  birinchi  marta  T.Raximova 

tomonidan  o’rganildi.




  1. Download 69.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling