1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Download 69.03 Kb.
bet4/23
Sana21.12.2021
Hajmi69.03 Kb.
#182186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ekologiya javoblari to'liq

Energiya piramidasi har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya miqdorini 
aks  ettiradi.  Ekologik  piramidalar  orasida  energiya  piramidalari  ekosistemaning funksional  holati  haqida  to‘liq  ma’lumot  beradi.  Chunki  organizmlar  soni  va biomassasi  ularda  to‘plangan  energiya  miqdori  bilan  emas,  balki  ekosistema mahsuldorligi,  biomassaning  o‘sish  tezligi  bilan  bog‘liq.  Ekosistemaning  aynan shu  vaqtdagi  organizmlar  soni  va  ularning  massasini,  ya’ni  statik  holatini  ifoda etadigan  son  va  biomassa  piramidalaridan  farq  qilib,  energiya  piramidalari  oziq zanjiri  orqali  energiyaning  o‘tish  dinamikasini  aks  ettiradi. 
Energiya  piramidasiga  organizmlarning  tana  o‘lchamlari,  ulardagi 
metabolizm  jarayonlarining  intensivligi  ta’sir  etmaydi,  shuning  uchun 
energiyaning  barcha  manbalari  to‘g‘ri  hisobga  olinsa,  piramida  tipik  shaklga 
ega  bo‘ladi.  Ekologik  piramida  qoidasiga  binoan,  quyi  trofik  darajadan 
yuqori  darajaga  energiyaning  10%  i  o‘tishini  hisobga  olsak,  oziq  zanjiridagi trofik  darajalarning  umumiy  soni  oltitadan  oshmaydi. 
Biologik  mahsuldorlik  qonuniyatlarini  bilish,  energiya  oqimini  miqdoriy 
jihatdan  hisob-kitob  qilish  imkoniaytining  mavjudligi  inson  tomonidan 
sayyoramizdagi  asosiy  oziq  manbalari  hisoblanadigan  tabiiy  va  sun’iy 
ekosistemalardan  unumli  foydalanishda  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi. 
Shu  asosda  ko‘p  miqdorda  birlamchi  va  ikkilamchi  mahsuldorlikni 
oshirishda  insonning  xo‘jalik  hamda  tabiatdagi  biologik  xilma-xillikni 
saqlash borasidagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish mumkin. Ekosistemalarning 
dinamik  holatini  buzmasdan,  mahsuldorligiga  ziyon  yetkazmasdan  ulardagi 
o‘simliklar  va  hayvonlar  biomassasidan  oqilona  foydalanish  zarurligini  har 
birimiz  tushunishimiz  zarur. 

Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi.

Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.

Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi.



Download 69.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling