Referat mavzu: ekotizmning o'zgarishi. Suksessiya hodisasi


Download 33.5 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1237788
TuriReferat
Bog'liq
EKOTIZMNING O\'ZGARISHI. SUKSESSIYA HODISASI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TARIX(SIRTQI) FAKULTETI

REFERAT

Mavzu: EKOTIZMNING O'ZGARISHI. SUKSESSIYA HODISASI

Bajardi: 101-guruh Eshpulatov Samandar


Tekshirdi:_________________________

Toshkent-2022


Reja:
1. Ekotizm haqida tushuncha.
2. Suksessiya haqida tushuncha.
3. Ekotizimlarning o’zgarishi.
Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda boladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O’rmon, ko’l, o’tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin.
Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ekologik tizimlarni va alohida populyatsiyalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazganda, masalan, yirtqich hayvonlarni yo‘qotayotganda, hayvonlar va o‘simliklarni ko‘chirayotganda, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olishi zarur. Ekotizimning suv, tuproq va atmosfera havosi kabi tarkibiy qismlariga insonning hukmronligi kuchayib borishi tabiatni muhofaza qilishgina emas, balki inson o‘zini ham muhofaza qilish zaruriyatini vujudga keltirdi.
Suksessiyali almashinuvning ikki asosiy tipi farq qilinadi.ham aftotrof ham geterotrof organizmlar ishtirokidagi suksissiya;Faqat geterotrof organizmlar ishtirokidagi suksessiya. Ikkinchi tip suksessiya organik moddalar zaxirasi oldindan to’plangan yoki doimo kelib turadigan sharoitlardagina yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, organik moddalar bilan kuchli ifloslangan suv xavzalarida, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari to’plangan joylarda va h.o. O’simlik qoplami almashinishi bilan bog’liq suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi suksessiyalar hayot xali yo’q joylarda boshlanadi. 
Organizmlarning ozuqalanishiga kora aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar ortasidagi trofik aloqalar ozuqalar zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bolib, 3 ta zvenodan tashkil topadi:1-zveno – produtsentlar bolib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil osimliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi.2–zveno – konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi.3-zveno – redutsentlar ya'ni ozgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va zamburug`lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi
Ekologiyaning matematik modeli 1931 y. V. Volterru tomonidan ishlab chiqilgan bolib, uning eng sodda korinishi u yirtqich-olja va parazit-xojayin munosabatlariga asoslangan.Oljaning kopayishi u bilan oziqlanuvchi yirtqichning kopayishiga olib keladi, yirtqichning kopayib ketishi bilan olja kamayib qoladi, oljaning kamayishi esa yirtqichlar sonining ham kamayishiga olib keladi.Parazit-xojayin munosabatlari ham shunday printsipda boradi. Bunga qishloq xojalik zararkunandalari va ularning ichiga yoki tuxumi ichiga tuxum qoyib kopayadigan foydali hasharotlarni misol qilish mumkin.

Suksissiya jamoalarining o’z-o’zidan rivojlanish jarayonidir. Suksissiyalar asosida biologik modda aylanishining to’liqsizligi yotadi. Har bir organizm o’z hayot faoliyati natijasida, tashqi muhitdan modda qabul qilib va hayot maxsulotlarini tashqariga chiqarib, muhitni o’zgartiradi. Uzoq vaqt mavjud bo’lgan holatlarda populyatsiyalar muhitini o’zlariga noqulay bo’lgan tomonga o’zgartiradi va natijada bu muhit qulay bo’lgan boshqa populyatsiyalar ularni siqib kuyadi. Buning natijasida jamoada ustun turlarning almashinishi sodir bo’ladi.


Biotsenozning uzoq yashashi shu paytda mumkin bo’ladiki, kachonki bir organizmlar hayot faoliyati natijasida muhitda yuzaga keladigan o’zgarishlar ikkinchi organizmlar tomonidan tug’irlanib borilsa. Tabiatda suksessiyalarning o’lchami turli darajada bo’ladi. Xatto eng barqaror ekosistemalarda ham ko’p mahalliy, ya’ni ekosistemaning ma’lum qismlarida ko’p miqdorda suksessiyalar yuzaga kelib turadi.
Ekotizim juda keng tushuncha bo‘lib, u tabiiy (o‘rmon, to‘qay,'cho‘l) hamda sun’iy majmualar (akvarium, paxtazor, issiqxona, kosmik kema)ga nisbatan ishlatiladi. Ekotizimda moddalar aylanishi uchun uch guruhga kiruvchi organizmlar bo‘lishi zarur. Bular yashil o‘simliklar (produtsentlar), hayvonlar (konsumentlar) va mikroorganizmlar (redutsentlar)dir. Shunday qilib, mikroblari bilan bir tomchi suv ham, o‘rmon ham, gul tuvak ham, fazo kemasi ham, oqova suvlarni tozalash inshooti ham ekotizimdir.
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling