Darsning rejasi


Download 16.67 Kb.
Sana04.11.2021
Hajmi16.67 Kb.
#170870
Bog'liq
11-Maruza.Kichik q harfini yozishni orgatish


Darsning rejasi:

  1. Darsning tashkiliy qismi.

  2. Chiroyli yozuv qoidalarihaqida suhbat.

  3. Panja va barmoq muskullarining harakatini o’stiruvchi mashqlar.

  4. Kichik “q” harfining elementlarini doskaga yozib ko’rsatish.

  5. Kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarini taqqoslab ko’rsatish.

  6. Harflarning shaklini daftarga yozdirish.

  7. Badantarbiya mashqlarini o’tkazish.

  8. Kichik “q” harfini qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yozishga o’rgatish.

  9. Kichik “q” harfining boshqa harflar bilan bog’lanishini mashq qilish.

  10. Uyga vazifa berish.

  11. Yaxshi yozgan o’quvchilarning ishlarini ko’rsatish va rag’batlantirish.

Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklga ega ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog`lanishida qanday ko`rinishga ega bo`lishini o`quvchilar tasavvur etadilar. Ammo soddalashtirilgan harflar alfaviti ko`p harflarni elementlarga ajratmay, bir butun ¸zishni talab qiladi. Masalan b harfi elementlarga ajratilmay, bir butun shaklda ¸ziladi.

Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo`lib, ular bir butun shaklda ¸ziladi, ammo o`qituvchi uning necha elementdan iboratligini faqat eslatib o`tadi. Masalan, kichik d harfining birinchi elementi to`liq oval, ikkinchi elementi pasti halqali ta¸qchadan iborat.

Bu o`rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi esalatib o`tiladi, ¸zishda esa bu harfni qo`l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi.

Darsning borishi.



  1. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorgarligini har bir o’quvchining oldida daftar, avtoruchka borligini tekshirib yozuv daftarlarini ham ko’rib chiqadi.

  2. Sinfda osib qo’yilgan “Yozish vaqtida to’g’ri o’tir” nomli plakatdan foydalanib, o’quvchilarning o’tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlariga daftarning holatini to’g’rilab oldi.

  3. O’quvchilarga barmoqlarining harakatlarini o’stiruvchi mashqlar bajariladi. Bunday mashqlarni partada o’tirgan holda bajartirish mumkin. Qo’llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni ochamiz, ikki deganda barmoqlarimizni ochamiz, yana yopamiz. (bu mashq 5-6 marta takrorlanadi.)

  4. O’quvchilarga quyidagi topishmoqlar aytilib javobini topish so’raladi.

O’zi bitta qulog’i to’rtta. (qozon)

Barmog’i bor-u tirnog’i yo’q. (qo’lqop)

Doskaga topishmoqlar javobi yozilgan ko’rgazma qo’yilib, quyidagicha suhbat qilinadi.

-Bolalar doskadagi so’zlarni diqqat bilan kuzatting. Aytingchi, bu so’zlardagi o’xshashlik nimada?

Bu so’zlarda q tovushi ishtirok etgan so’zdan q tovushining o’rni aniqlanadi.

Qozon- Q tovushi so’z boshida kelgan.

Qo’lqop- Q tovushi so’z boshida, so’z o’rtasida kelgan.


  1. Bugun kichik “q” harfini yozishni mashq qilamiz. O’qituvchi doskada kichik “q” harfi kattalashtirilib yoziladi yana shunga doir plakatdan foydalanib uning elementlarini va qanday yozishni tushuntirib beradi. Shundan so’ng “q” harfini doskada yozib ko’rsatadi. O’quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. O’qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirib, uni to’liq yozishni ham eslatib o’tadi.

  2. O’qituvchi yozma va bosma “q” harfini bir-biri bilan solishtirib ko’rsatadi. O’quvchilarga kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarining bunday taqqoslab ko’rsatilishining ahamiyati katta chunki ko’p o’quvchilar harflarni kitobdagigao’xshab yozishga harakat qiladi. Ko’rgazmali quroldan foydalanib o’quvchilarga uni yozma va bosma shakllarini, elementlarini ko’rsatib tushuntiriladi.

q –bosma shakli q-yozma shakli

  1. O’qituvchi kichik “q” harfining birinchi elementini yana qayta doskada ko’rsatib beradi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chizilafi, yuqoridan pastga kichik tayoqcha tushuriladi va qo’l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi

  2. O’quvchilarni o’rnidan turg’azib oldin o’rganilgan batan tarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Mashq tugagandan so’ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi.

  3. O’qituvchi doskada kichik “q” harfining elementlarga ajratmay butun shaklda yozib ko’rsatadi. O’quvchilar shu asosda davom ettiradilar.

  4. Bolalarga kichik “q” harfining bir necha kichik harflari bog’lanishi ko’rsatiladi, so’ng ular o’z daftarlariga yozib mashq qiladilar.

  5. Mustaqil ish. Sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Iguruh yuqoridagi bo’g’inlar ishtirokida so’zlar aytadilar. Masalan: qish, qor, qaychi, qishloq.

II guruhdagi o’quvchilar esa shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzadilar. Masalan: oppoq qor yog’di.

Tuzilgan gaplardan ikkitasi doskaga va daftarga yozdiriladi.



  1. Uyga vazifa. Daftarga ikki qator “q” harfini va shu harf bilan

bog’langan so’zlardan yozib kelish. O’qituvchi uy vazifalarini bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib o'tadi.

13. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilarni daftarlari namuna qilib ko’rsatilib rag’batlantiriladi.

Husnixat mashg’ulotlarini to’g’ri uyushtirish, chiroyli va to’g’ri yozish malakasini hosil qilish, o’quv fanlarini puxta o’zlashtirishga yordam beradi.



-
Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling