1-topshiriq: Boshqaruvning ilmiy maktablarining tahlil qilish
Download 15.91 Kb.
|
1-topshiriq Boshqaruvning ilmiy maktablarining tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Agar siz rahbar bo’lsangiz qanday maktab usulidan foydalangan bo’lardingiz.
- Savol:Amerika va Yaponiya modellarinig oziga xos xususiyatlari nimada
- Boshqarishning iqtisodiy usullari
BOSHQARUV TAMOYILLARI FANIDAN 1-TOPSHIRIQ: 1. Boshqaruvning ilmiy maktablarining tahlil qilish. Boshqaruvning ilmiy menejment maktabi, maʼmuriy menejment maktabi, insoniy munosabatlar maktabi, zamonaviy menejment maktablari bor. Boshqaruvning ilmiy maktab nazariyasi tashkilotning barcha tarkibiy qismlarini ratsionalizatsiya qilish, tashkilotning barcha tarkibiy bo'linmalarini maqsadlariga yo'naltirish va umumiy maqsadga muvofiqligi g'oyalariga asoslangan. Tashkilotda umumiy maqsadga muvofiqlik va ratsionallikka erishish, avvalambor, tashkilotning barcha organlari va pozitsiyalarini boshqarishning qat'iy ierarxiyasidir, bu esa eng qat'iy kompleks nazoratni amalga oshirishga yordam beradi. Boshqaruvning ilmiy menejment maktabi- o’z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshkaruvini takomillashtirishga bag’ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshkaruv bilan shugullanishgan. Frederik V. Teylor ilmiy boshqaruvning klassik nazariyasining otasi hisoblanadi. Ilmiy menejment maktabining shakllanishi uning 1911 yilda "Ilmiy boshqarish asoslari" kitobining nashr etilishi bilan bog'liq. U inson va moddiy resurslardan eng samarali foydalanish uchun boshqaruvga ilmiy yondoshish zarurligini birinchi bo'lib asoslab berdi. Teylor shaxsning samaradorligi bilan emas, balki tashkilot bilan qiziqdi. Uning tashkilotni boshqarishni takomillashtirishga bo'lgan yondashuvi muhandislik echimlarini birinchi o'ringa qo'yadi. Uning nazariyasi bir tomonlama ta'sirni ta'minladi boshqaruv tizimi xodim va uning rahbarga bo'ysunishi to'g'risida. Rag'batlantirish va harakatlantiruvchi kuchlar mehnat faoliyati Teylor ishi va shaxsiy iqtisodiy manfaatdorligi uchun moddiy mukofotlar olishni o'ylab ko'rdi. Teylor menejmentning to'rtta ilmiy tamoyillarini ilgari surdi:
ishning iqtisodiy usullarini joriy etish; kadrlarni kasbiy tanlash va tayyorlash; kadrlarni oqilona joylashtirish; ma'muriyat va xodimlar o'rtasidagi hamkorlik. Teylorning g'oyalari uning izdoshlari - G. Gant, F. Gilbrayt, G. Emerson tomonidan ishlab chiqilgan. Ilmiy menejment maktabining afzalligi shundaki, uning vakillari: mehnat unumdorligini oshirish uchun uni ilmiy boshqarish zarurligini asoslab berdi; tamoyillarni ilgari surdi ilmiy tashkilot mehnat; samarali mehnat motivatsiyasi muammosini hal qilish zarurligiga yaqinlashdi. Biroq, inson omili deyarli ushbu maktab e'tiboridan chetda qoldi. Maʼmuriy menejment maktabi- menejmentning roli va funksiyalariga bo‘lgan savollar. mutaxassislar umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug’ullanishgan. «Ma’muriy maktab» klassik maktabning yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Insoniy munosabatlar maktabi- har doim insoniy munosabatlarni birinchi o’ringa qo’ygan. «Inson munosabatlari maktabi»ning asoschisi E. Mayo ishchilar guruhini — ijtimoiy tizimi deb aniqladi, ular o‘zining nazorat tizimiga ega. Bunday tizimga ta’sir qilib, mehnat natijalarini yaxshilasa bo’ladi.
Zamonaviy menejment maktab- tizimli yondashuv asoslarini ishlab chiqishdi, yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalalarini kurib chiqishdi, bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga taʼsiri o’rganishdi. 2. Agar siz rahbar bo’lsangiz qanday maktab usulidan foydalangan bo’lardingiz. Men rahbar bo’lganimda inson munosabatlari maktabidan foydalangan bo’lar edim. Sababi bunda har doim inson munosabatlari birinchi o’ringa qo’yilganligidadir. Bu maktabda ishchilar guruhini — ijtimoiy tizimi deb aniqlanadi va ular o‘zining nazorat tizimiga ega. Bunday tizimga ta’sir qilib, mehnat natijalarini yaxshilasa bo’ladi. Bu tizimda hodimlar o‘z fikrini bildirish, maqsadlarga erishish va shaxsiy o‘sishda o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishadi. Boshqaruv to‘g‘risidagi ilm doimiy harakatda. Yangi yo‘nalishlar, maktablar, oqimlar shakllanmoqda, ilmiy apparat o‘zgarmoqda va mukammallashmoqda, qolaversa tadqiqotchilar va ularning qarashlari o‘zgardi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar iste’mol mo‘ljallarini boshqaruv kuchlarini o‘rganishga qaratdilar. Ayrimlari boshqaruv muammolarini o‘tgan davri usullari bilan yechishga harakat qiladilar, boshqalar esa zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalandi. Ularning individual muvaffaqiyatlari, yutqizishlari hozirgi zamon menejerlari uchun ham ibratli darsliklar bo‘lib qolishi mumkin. Savol:Amerika va Yaponiya modellarinig oziga xos xususiyatlari nimada?
Savol:Boshqaruv usullari 1.boshqarishning iqtisodiy usuli Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi: umumjamiyag manfaatlari; jamoa manfaatlari; shaxsiy manfaatlar. Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni: korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish; xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish; korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish; moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e'tibor beriladi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni: jiddiy rejalar qabul qilishga: mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga; yangi texnologiyalarni joriy qilishga; mehnat unumdorligini oshirishga; 11 raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da'vat etuvchi bo’lishi kerak. Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin. Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: kredit va foiz stavkasi; soliq va soliq yuki; boj to’lovlari; subsidiya va sanktsiya; litsenziya; transfert to’lovlari; narx-navo va hokazolar kiradi. Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi. Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi. Download 15.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling