1. Topshiriq: "Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalarini birma-bir ochib berish


Download 211.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi211.92 Kb.
#1063691
Bog'liq
2 seminar “Ilm yo’li” variativ dasturi va unga kiritilgan yangiliklar



2 – Seminar.“Ilm yo’li” variativ dasturi va unga kiritilgan yangiliklar 
Reja: 
1."Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalari 
2."Ilm yoʻli" oʻquv dasturidan koʻzlangan maqsadlar. 
1.Topshiriq: "Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalarini 
birma-bir ochib berish. 
 
 
 
 
 
 
 
2-Bu topshiriq bajarib siz ikkinchi rejani qanchalik o’zlashtirib 
olganligingizni bilib olasiz. 
«Baliq skeleti» chizmasi – bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish 
imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. 
“Baliq skeleti” sxemasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga yo‘riqnoma 
O‘quv topshiriqda ko‘rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun:1.«Baliq 
skeletini” chizing: 
 
 
Muammo osti 
muammolar 
Muammo osti 
muammolarning 
mavjudligini
tasdiqlovchi dalillar 
аркази.
марказ


2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni
yozing, o‘ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud 
ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing. 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor 
qaratilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim 
tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 
5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va 
o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini 
tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi 
“Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-
bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish 
doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz 
majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash 
maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo 
bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 
6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va 
maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur 
dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat 
o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning 
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy 
dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va 
o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga 
qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga 
olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi. 
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 
soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi 
esa 20 foizni tashkil etadi. 
Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin: 
•bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy 
hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida; 


•maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga 
oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida; 
•maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi 
muassasalarda. Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, 
maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi 
mumkin. Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy 
rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy 
rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari kiritildi.Dasturning 
o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining 
yaxlitligini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish 
maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab 
chiqishni taqozo etadi. 
6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash 
guruhlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, 
Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli pedagogikaga 
prinsiplariga asoslangan. 
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi 
quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: 
•katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida 
shakllanadi; 
•maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni 
tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda); 
•umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar; 
•ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi; 
•g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.Dasturning 
maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun 
quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi: 
-zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng 
imkoniyatlarni vujudga keltirish; 
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik 
tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish 


imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan 
ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak; 
•6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik 
tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 
5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur 
(jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy 
rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining 
rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga 
mo‘ljallangan; 
Savollar 
1.Dasturning majburiy qismi necha foizni tashkil qiladi? 
2..Variativ qismi necha foizni tashkil qiladi? 
3.Ilm yoʻli oʻquv dasturi nima asosida ishlab chiqildi? 
 

Download 211.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling