1. Topshiriq: "Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalarini birma-bir ochib berish
Download 211.92 Kb. Pdf ko'rish
|
2 seminar “Ilm yo’li” variativ dasturi va unga kiritilgan yangiliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Topshiriq: "Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalarini birma-bir ochib berish.
2 – Seminar.“Ilm yo’li” variativ dasturi va unga kiritilgan yangiliklar Reja: 1."Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalari 2."Ilm yoʻli" oʻquv dasturidan koʻzlangan maqsadlar. 1.Topshiriq: "Ilm yoʻli" davlat oʻquv dasturining maqsad va vazifalarini birma-bir ochib berish. 2-Bu topshiriq bajarib siz ikkinchi rejani qanchalik o’zlashtirib olganligingizni bilib olasiz. «Baliq skeleti» chizmasi – bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. “Baliq skeleti” sxemasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga yo‘riqnoma O‘quv topshiriqda ko‘rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun:1.«Baliq skeletini” chizing: Muammo osti muammolar Muammo osti muammolarning mavjudligini tasdiqlovchi dalillar аркази. марказ 2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni yozing, o‘ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma- bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi. Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi. Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin: •bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida; •maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida; •maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda. Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin. Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari kiritildi.Dasturning o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan. Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: •katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi; •maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda); •umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar; •ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi; •g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi: -zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish; -6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak; •6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan; Savollar 1.Dasturning majburiy qismi necha foizni tashkil qiladi? 2..Variativ qismi necha foizni tashkil qiladi? 3.Ilm yoʻli oʻquv dasturi nima asosida ishlab chiqildi? Download 211.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling