1. Topshiriq Ishdan maqsad: Funksiyalarda ko’rsatkichlar va murojaatlar: Vazifa


Download 37.21 Kb.
bet1/6
Sana24.11.2023
Hajmi37.21 Kb.
#1796677
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Topshiriq Ishdan maqsad Funksiyalarda ko’rsatkichlar va muro-fayllar.org


1. Topshiriq Ishdan maqsad: Funksiyalarda ko’rsatkichlar va murojaatlar: Vazifa

Mavzu: Ko‘rsatkichlar va dinamik xotira bilan ishlash. Ko‘rkatkichlar. Dinamik xotira bilan ishlash. Dinamik massiv va ularni funksiya parametri sifatida qo‘llanilishi.



1.Topshiriq

Ishdan maqsad:Funksiyalarda ko’rsatkichlar va murojaatlar:



Vazifa: Quyidagi masalalar uchun dasturlar tuzilsin:


N


Variantlar


1


a sonining 3-darajasini hisoblab, b o‘zgaruvchiga uzatadigan PowerA3(a,b) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (a-kiruvchi, b-chiquvchi parametrlar bo‘lib, ular haqiqiy turga tegishli). Bu funksiya yordamida berilgan 5 ta sonning 3-darajalari hisoblansin.


2


a sonining 2-, 3-, 4-darajalarini hisoblab, mos ravishda b,c,d parametrlarga uzatadigan PowerA234(a,b,c,d) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (a-kiruvchi, b,c,d lar chiquvchi parametrlar, barcha parametrlar haqiqiy turga tegishli). Bu funksiya yordamida berilgan 5 ta sonning har biri uchun 2-, 3-, 4-darajalar hisoblansin.


3

ta x va y musbat sonlarning o‘rta arifmetigi va o‘rta geometrigini hisoblaydigan Mean(x,y, Amean, Gmean) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(x va y – kiruvchi, Amean va Gmean-chiquvchi parametrlar bo’lib, ular haqiqiy turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib a, b, c, d sonlari berilganda (a,b), (a,c), (a,d) juftliklarning o‘rta arifmetiklari va o‘rta geometriklari hisoblansin.




4

Tomoni a ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchakning perimetri va yuzasini hisoblovchi TrianglePS(a,p,s) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(a-kiruvchi, p va s chiquvchi parametrlar, barcha parametrlar haqiqiy turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan qiymatlarda 3 ta teng tomonli uchburchaklarning perimetrlari va yuzalari hisoblansin.




5

Tomonlari koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan hamda qarama-qarshi uchlarining (x1,y1), (x2,y2) koordinatalari berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakning p perimetri va s yuzasini hisoblaydigan RectPS(x1,y1,x2,y2,p,s) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin. Bu funksiyadan foydalanib, qarama-qarshi uchlarining koordinatalari ma`lum, tomonlari koordinata o‘qlariga parallel bo`lgan 3 ta to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrlari va yuzalari hisoblansin.




6

Butun musbat k sonidagi raqamlar miqdorini va yig‘indisini hisoblaydigan Digitcountsum(k,n,s) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (k-kiruvchi, n va s – chiquvchi parametrlar bo’lib, ular butun turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 5 ta butun musbat sonning har biri uchun raqamlari miqdori va raqamlar yig‘indisi hisoblansin.




7

Berilgan k butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda joylashtiruvchi (123 -> 321) InvertDigits(k) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(k butun turga tegishli parametr bo’lib, bir vaqtda kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 5 ta butun musbat sonlarning raqamlari teskari tartibda joylashtirilsin.




8

Berilgan butun musbat k sonining o‘ng tomonidan “d” raqamni joylashtiradigan ADDRightDigit(d,k) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(d- kiruvchi parametr, k- bir vaqtda kiruvchi va chiquvchi parametrlar bo’lib, ular butun turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan n musbat sonining oxiriga d1 va d2 raqamlari ketma-ket joylashtirilsin va har bir jarayon natijasi chop etilsin.




9

Berilgan butun musbat k sonining chap tomonidan “d” raqamini joylashtiradigan ADDLeftDigit(d,k) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(d- kiruvchi parametr, k- bir vaqtda kiruvchi va chiquvchi parametrlar bo’lib, ular butun turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan k musbat sonining oldidan d1 va d2 raqamlari ketma-ket joylashtirilsin va har bir jarayon natijasi chop etilsin.




10


x va y o‘zgaruvchilaridagi saqlanayotgan qiymatlarni o’zaro almashtiruvchi Swap(x,y) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(x, y-haqiqiy turga tegishli parametrlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan a, b, c, d haqiqiy turga tegishli o’zgaruvchilar uchun (a,b),(c,d) va (b,c) juftliklarning qiymatlari ketma-ket almashtirilsin hamda a ,b,c, d larning yangi qiymatlari chiqarilsin.


11

Berilgan x va y o‘zgaruvchilardagi qiymatlarning kichigini x ga kattasini y ga yozadigan Minmax(x,y) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(x,y- haqiqiy turga tegishli parametrlar bo'lib bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi). Bu funksiya 4 marta chaqirilib, berilgan a,b,c, d sonlarining eng kattasi va eng kichigi aniqlansin.





Download 37.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling