1-topshiriq J: Iqtisodiy axborot


Download 15.1 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi15.1 Kb.
#1222048
Bog'liq
Akademik yozuvdan 2-topshiriq javoblari


1-topshiriq
J: Iqtisodiy axborot, Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular xajmining 80% ni tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Uzluksiz xosil bo`lishi.

  2. Harf raqamlarda ifodalanishi.

  3. Diskrеt haraktеrdaligi.

O‘tgan 4-5 oy davomida pul massasida naqd pul hajmi oshish tendensiyasini ko‘rsatdi. Kun.uz muxbirining Markaziy bank mas’uliga tayanib xabar berishicha, regulyator naqd pul massasiga me’yor qo‘yishni reja qilmoqda.Markaziy bank xalqaro tajribadan kelib chiqib pul massasida naqd pul hajmini 20 foizdan oshirmaslik chorasini maqsad qilmoqda. Bu haqda 12 avgust kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan media muloqotda departament boshlig‘i Ulug‘bek Mahmudov ma’lum qildi.“Buning uchun “Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish” strategiyasi ishlab chiqilmoqda”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
2-Topshiriq
J: Siyosiy axborot turi berilgan
SHHTga a’zo davlat rahbarlarining 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammiti ancha kengaytirilgan formatda o‘tishi kutilyapti. Ushbu tashkilotning xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o‘rni ham yildan yilga kuchayib boShanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) – 2001 yil 15 iyunda Xitoy, Rossiya,
Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. SHHTning vujudga kelish tarixi “Shanhay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog‘liq. Dastlab Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (“Shanhay beshligi“) uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda chegaradosh mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996 yil) va qo‘shma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarog‘larni qisqartirish (1997 yil) to‘g‘risida 2 ta bitim imzolangan edi.
SHHTning xalqaro maydondagi ta’siri o‘sib borishi bilan mintaqadagi boshqa davlatlarning ham mazkur tashkilot faoliyatida ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishi ortdi. 2017 yilda SHHT safi ikki yangi ishtirokchi – Hindiston va Pokiston bilan kengaydi. Hozirda 8 mamlakat SHHTning doimiy a’zosi hisoblanadi, 4 mamlakat esa kuzatuvchi maqomiga ega (Belarus, Afg‘oniston, Eron, Mo‘g‘uliston) va 6 mamlakat muloqot bo‘yicha hamkorlar sanaladi (Turkiya, Ozarboyjon, Nepal, ShriLanka, Kambodja, Armaniston).
Samarqand sammitida Eron SHHT yangi doimiy a’zosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.
3-topshiriq
J:Ijtimoiy axborot turi berilgan
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir.
7-sinf o‘zbek tili darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevning aytishicha, 7-sinf o‘zbek tili darsligiga tadbirkor Murod Nazarov haqida matn kiritilgani sababini mualliflardan so‘rash kerak. XTV vakilining bu javobi “Darslik mazmunini muallif belgilaydimi yo vazirlik?”, “Maktab o‘quvchilari Murod Nazarov hayotini nega o‘rganishi kerak?” kabi yangi savollarni uyg‘otadi. 7-sinf o‘zbek tili darsligiga tadbirkor Murod Nazarov biografiyasi va unga oid matn kiritilgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingandi. Xalq ta’limi vazirligining maktab darsliklari ijarasi va ularning sifati mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mutasaddilarga darsliklar mazmun-mohiyati bilan bog‘liq savol bilan murojaat qildi. Jumladan, 7-sinf o‘zbek tili darsligiga nega aynan tadbirkor Murod Nazarov haqida matn kiritilgani haqidagi savol o‘rtaga tashlandi. Savolga xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev javob berdi.“Avvalambor, mualliflardan so‘rash kerak. Bu yerda o‘tirgan boshqarma rahbarlari har bir darslikni – aytganimdek, 300dan ortiq maket ishlab chiqilgan – ishlab chiqqan jami 500dan ortiq muallif bor. Aynan shu shaxs yoki darslik emas, umuman hozirgi ko‘p darsliklarimiz hayotga moslashtirilgan. Siz aytgan matn aynan Kun.uz'da chiqqan matndan olingan edi. Aytmoqchi bo‘lganim, xorijiy til darsliklarini olsangiz ham, matnlar bilan ishlash, real voqeliklarni ko‘rsatish holatlari keng tarqalgan.Aynan siz aytgan darslikning mualliflari bor. Ular bilan intervyu qilib, ulardan so‘rash maqsadga muvofiq bo‘lardi. Boshqa darsliklarda ham zamonamizda faoliyat olib boradigan, yashaydiganlar ham borligini aytib o‘tmoqchiman. Shu kitobning o‘zida turli sportchilar, san’at vakillari haqida hikoyalar, ma’lumotlarni uchratish mumkin”, – dedi Sharifxo‘jayev. 4-topshiriq
O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi. Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda.
Download 15.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling