Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat olib boradigan pedagoglarga qo’yiladigan talablar
Prezident maktablarda faoliyat olib boriladigan pedagoglarga qo’yiladigan talablar:
oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fani o‘qituvchisiga – o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy ofiser;
kamida ikkinchi malaka toifasining mavjudligi;
umumta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish tajribasiga egaligi;
o‘zbek/qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston uchun) tillarida savodli yozma va og‘zaki nutqqa egaligi, ingliz tilini bilishi;
kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egaligi;
bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;
ravon nutq madaniyati;
shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati;
tashabbuskorlik, stressga chidamliligi;
so‘nggi 5 yil davomida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining Respublika, viloyat sovrindorlari bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |