1-topshiriq. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
Download 27.46 Kb.
|
Документ (2
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2005 yil, 10-11-son, 71-modda. 2. Maʼmuriy huquq – huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tartibga solinuvchi predmetining oʼziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro etuvchi hokimiyat, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning oʼzi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli maʼmuriy huquq huquq tizimida asosiy oʼrinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga taʼsir koʼrsatadi yoki aksincha, ularning taʼsiriga uchraydi. Maʼmuriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo, davlat boshqaruviga xos boʼlgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (qonunchilik, sud, prokuror nazorati) oʼzaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi printsiplarini mustahkamlaydi1. Maʼmuriy huquq davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va toʼldirib, fuqarolarning koʼpgina huquq va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har qanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. Maʼmuriy huquq davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, uning vazifa va maqsadlari, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. U boshqariluvchi obʼektlarning aloqalarini tartibga soladi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlash va ish haqini belgilashni mustahkamlaydi. Maʼmuriy huquq – jamoat tashkilotlari va jamoat organlarining huquqiy maqomini oʼrnatishda katta ahamiyatga ega. U nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi. Shu bilan birga, maʼlum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Аksariyat olimlar davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini maʼmuriy huquq predmetiga kiritadilar: tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga boʼysunadigan davlat boshqaruvi organlari oʼrtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qoʼmitalarining ularga boʼysungan boshqarma va boʼlimlari oʼrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); bir-biriga boʼysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari oʼrtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qoʼmitasi oʼrtasida vujudga keladigan ijtimoiymunosabatlar); 1) davlat boshqaruvi organlari va ularga boʼysunadigan korxona, muassasa va tashkilotlar oʼrtasidagi munosabatlar; 2) davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari oʼrtasidagi munosabatlar; 3) davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar oʼrtasidagi munosabatlar. Qayd etilgan barcha ijtimoiy munosabatlarda davlat organi ishtirok etadi. Bu qonuniydir, chunki boshqaruv faoliyati davlat funktsiyalarini amalga oshirish shakllaridan biridir. Davlat boshqaruvi sohasida davlat nomidan harakat qiladigan va uning xohish-irodasini ifodalaydigan organning ishtirokisiz, maʼmuriy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar boʼlishi mumkin emas. Shu sababli, ikki fuqaro oʼrtasida vujudga keladigan munosabatlar – maʼmuriy-huquqiy munosabatlar hisoblanmaydi. Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida shartnomalar asosida vujudga keladigan munosabatlar ham maʼmuriy huquq predmetiga kirmaydi, chunki ular fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan shartnoma munosabatlari hisoblanadi. Huquq tizimida huquqni tarmoqlarga ajratish asoslaridan biri – huquqiy tartibga solish uslubidir. Huquqiy tartibga solish uslubi jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq taʼsirida qoʼllaniladigan usul, vosita va yoʼllar yigʼindisidan iborat. Har qanday huquq tarmogʼi singari maʼmuriy huquq ham oʼzining tartibga solish uslubiga ega. Maʼmuriy huquq tartibga solish funktsiyasini amalga oshirib, davlat boshqaruvi jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublarning muayyan majmuidan foydalanadi. Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi boʼyicha, yaʼni predmet boʼyicha amaldagi huquq tarmoqlari koʼpincha oʼzaro juda yaqin boʼlib, ayrim hollarda hatto shaklan bir-biriga mos ham keladi.
Davlat boshqaruvi oʼz mohiyatiga koʼra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xoʼjalik-tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, maʼmuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʼindisi maʼmuriy huquq tarmogʼini tashkil etadi. Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish – munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy boʼlgan xulq-atvor qoidalarini maʼmuriy huquq normalarida mustahkamlash yoʼli bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni oʼrnatish orqali davlat boshqaruvi va u bilan bogʼliq boʼlgan munosabatlarda vujudga keladigan funktsiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibi yaratildi. Аniq ijtimoiy munosabat maʼmuriy munosabat boʼlib, birinchidan, unda tegishli davlat organi albatta qatnashadi ikkinchidan, davlat boshqaruvi organi unga berilgan vakolatlardan foydalanganida maʼmuriy huquqning tartibga solish taʼsiriga uchraydi. Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi maʼmuriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Download 27.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling