1-topshiriq: Mustaqillik yillarida ilm-fanva ilmiy texnika sohasining rivojlanishi. Sohaga oid muammolar va ularning yechimi borasida qanday fikrdasiz?


Download 23.46 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi23.46 Kb.
#197628
  1   2   3   4
Bog'liq
40-variant


1-topshiriq:

Mustaqillik yillarida ilm-fanva ilmiy texnika sohasining rivojlanishi. Sohaga oid muammolar va ularning yechimi borasida qanday fikrdasiz?

O’zbekiston qadim zamonlardan beri ilm-fan, madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan astronomiya, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar keng rivojlangan.

Mamlakatda ilm-fanning rivojlanishida O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi “Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va inovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmoni ancha ta’sir ko’rsatdi.

1992-yil prezidentning martdagi farmoni bilan”Oliy attestatsiya komissiyasi” (OAK) tashkil etildi.

1992-yil iyulda “Ilm-fanni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash va inovatsiya faoliyatini rivojlantirish” to’g’risidagi prezidentning farmoni qabul qilindi.

1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, O’zbekiston fanlar akademiyasi tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2006-yildagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida fan va texnolohiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tashkil etildi.

Bu borada mamlakatimizning amaldagi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ilm-fan va ilmiy texnika sohasining rivojlanishida bir qator chora tadbirlar amalga oshirdilar.

Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 17-fevralida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni O’zbekistonda fan taraqqiyotini hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablari asosida tashkil etish, xususan, mamlakatda joriy etilayotgan jadal taraqqiyotlar strategiyasining ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishni fan asosida rivojlantirish zarurligini ko’rsatib berdi.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2014-yildagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni jumladan, qizlarning intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.




Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling