1-topshiriq: Mustaqillik yillarida ilm-fanva ilmiy texnika sohasining rivojlanishi. Sohaga oid muammolar va ularning yechimi borasida qanday fikrdasiz?


Download 23.46 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi23.46 Kb.
#197628
1   2   3   4
Bog'liq
40-variant

2-topshiriq:

Orol muammosi va uning bartaraf etilishida O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi tashabbuslari haqida ma’lumot bering.

Orol fojiyasi va uni bartaraf etish choralarini qidirish, O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil 50-sessiyalarida so’zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik halokat bo’lgan Orol va Orol bo’yini qutqarishga ko’mak berishga chaqirdi.

1993-yil Qozog’izton, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ta’sisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ) tashkil etildi.

2013-yilda Orol bo’yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil etish, sho’rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya o’rmonini tashkil etish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga mablag’lar ajratish rejasi tasdiqlangan.

Islom Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida “Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orol bo’yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirilari Dasturi” ilgari surildi.

Global miqyosida va mintaqamizda ekologik vaziyatning tobora yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanishni taminlash dolzarb masala bo’lib qolmoqda.

Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining boyligi va hayot manbayi bo’lib kelgan. Aynan shu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’minlangan. Shularni hisobga olgan holda Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalari tomonidan jahon miqyosida yirik andozadagi to’g’onlar, Amudaryo yuqori qismida balandligi 350metrni tashkil etadigan Rog'on va Sirdaryo yuqori qismida Qambar Ota GESlarini qurish bo’yicha olib borayotgan harakatlarga befarq qarab turolmadi.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning yozida O’zbekiston Rog’un GES qurilishiga qarshi emasligi, faqat bu jarayonda O’zbekiston milliy manfaatlari ham hisobga olinishi lozimligini ma’lum qildi.

Hozirgi kunda ham muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Orolbo’yida istiqomat qiluvchi insonlar salomatligiga katta etibor qaratmoqdalar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasini 75-sessiyasida Orol dengizi qurish halokatlari oqibatlari to’g’risida alohida to’xtalib o’tidilar.


Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling