1-topshiriq. Nazariy savollarga javob yozing
Download 27.03 Kb.
|
2 5312047441824982838
1-variant 1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB YOZING. Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi: “Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fanining maqsadi yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqli, g’oyaviy yetuk e’tiqodli, izlanuvchan milliy qadriyatlar va an’analar davom ettiruvchi kitobxon va mutaxassis qilib tarbiyalash, o’quvchilarni bolalar adabiyoti va ifodali o’qish va xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirishdan iborat: Fanning vazifalari: “Bolalar adabiyoti va ifodali o’qish” fanining vazifalari yoshlarni ma’naviy yetuk, axloqli, g’oyaviy yetuk e’tiqodli, izlanuvchan milliy qadriyatlar va an’analar davom ettiruvchi kitobxon, bolalar adabiyoti namoyondalari va ularning ijodi haqida etarli bilim berish, o’quvchilarni xalq og’zaki ijodi namunalarini tahlil eta olishga o’rgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash. Mumtoz adabiyotda bolalar kitobxonligi haqida ma’lumot bering. Xalq og`zaki ijodi va bolalar kitobxonligiFolklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham insoniyat alla, qo`shiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda o`zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu, kurashlarini ifodalagan. Xalq og`zaki ijodi o`zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g`oyalar bilan yo`g`rilganligi bilan yozma adabiyotdan ajralib turadi. Bolalar folklori ko`pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi, ba’zi hollarda bolalar o`z o`yinchoqlari asosida o`zlari ham alla, qo`shiq va ovunmachoqlar to`qiydilar. Bularning hammasi bir bo`lib faqat yaxshi tarbiyani targ`ib qiladi. Bolalar xalq og`zaki ijodining pedagogika bilan bog`lanishi alladan boshlanadi. Alla - qo`shiq Alladir hayotda sevimli qo`shiq, Onalar kuylaydi yurakdan jo`shib. Bolasin umriga umrlar tilar,A Allaga dildagi niyatin qo`shib. Bu qanday sinoat, men bilolmadim, Ta’rifiga so`zlar topa olmadim Allalar eshitib, o`sib-ulg`aydim, Dard cheksam, allani tinglab sog`aydim! Bu hammaning gapi, hammaning dil so`zi, hammaning allaga, onaga iqrornomasi, ta’zimi. Yoshi ulug`mi, kichikmi alla eshitgan, alla og`ushida, ta’sirida o`sgan, ulg`aygan, esini tanigan, kamol topgan, inson bo`lgan. Alla xalq og`zaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi. Allada onaning o`yi, xayoli, ezgu niyati, porloq kelajak uchun intilishi, kurashi o`z ifodasini topgan bo`ladi. Alla millat tanlamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-kuyini eshitgan har bir inson bosh chayqaydi, beshik kabi ohista tebranadi, orom oladi, o`zini-o`zi taniydi, xayoli bolaligiga ketadi, hayotda yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga intiladi. Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar. Avval ta’kidlab o`tganimizdek, bu davr bolalari maktabga boradigan, o`zlari mustaqil ravishda ozmi-ko`pmi kitoblar o`qiydigan darajada bo`ladilar. Bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning ham ko`p qismini ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o`qish haqida bo`lishi talab etiladi. “Zumrad bilan Qimmat”, “Oltin tarvuz”, “Dehqon bilan ayiq”, “Non va tilla” (arab xalq ertagi), “Haqqush” (tojik xalq ertagi), “Danak” (qirg`iz xalq ertagi), “Qizg`anchiq Pak” (koreys xalq ertagi), “Kuch va topqirlik” (latish xalq ertagi), “O`tinchi yigit”, “Bo`ri bilan echki” singari ertaklar kichik maktab yoshidagi bolalar sevib o`qiydigan ertaklardir.Bu yoshdagi bolalarga ko`proq ig`vo, g`iybat, munofiqlikdan yiroq bo`lgan ertaklar yoqadi. Negaki, chin, mukammal tarbiyali bola boshqalarga hech bir ozor etkazmasligini, takabburlik qilmasligini, hech kimga haqorat ko`zi bilan qaramasligini, rostgo`y bo`lishini kitobxonlar avvalgi davr bolalar kitobxonligida tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Demak, o`zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin so`zli va xushmuomala bo`ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig`vo, g`iybat munofiqlikdan o`zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Ularni o`zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug`laridan aloqasini uzmaydi, ularga mehr-oqibatli bo`ladi. Yomon yo`llardan, yaramas ishlardan, nojo`ya harakatlardan o`zini saqlaydi. Mana shularga o`xshash go`zal xislatli bolalarni el sevadi, e’zozlaydi. “Zumrad bilan Qimmat” ertagidagi Zumrad xuddi shunday hislatli obrazlardan biridir. O`rta va katta yoshdagi bolalarga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklar. Maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar yuqorida ko`rib o`tganimizdek hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo`lishidan tashqari rasm va bo`yoqlar bilan boy bo`lishini ham ta’kidlab o`tgan edik. Bu ikki guruh kitobxonligidagi ertaklar vositasida kichkintoylarga tabiat, ona-Vatan, hayvonot olami haqida to`g`ri so`zli, odobli bo`lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash singari masalalar ularning ong-tushunchalariga etkazilishini eslatib o`tmasak ham bo`ladi.Endilikda bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning katta-ko`pchiligi dovyuraklik, vatanparvarlikdan tashqari, yaxshi kasb-kor egasi bo`lish, xalq va Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi ertaklardan iborat bo`ladi. “Pahlavon Rustam”, “Birlashgan o`zar”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri bilan To`g`ri”, “Ona yer farzandi», “Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo`lgani” (turk xalq ertagi), “Ilon terisini yopingan pahlavon” (no`g`ay xalq ertagi), “Donishmand qiz” (xitoy xalq ertagi), “Qadrdon uyingning mixi” (shved xalq ertagi), “Chollar, ho`kizlar, bo`rka va pop” (gruzin xalq ertagi) singari ertaklarni o`qish uchun tavsiya etish mumkin. Ota-boblarimizdan qolgan ibratomuz bir gap bor: yaxshi hayot kechirish insonning o`ziga bog`liq. U nechog`li to`g`ri so`zli, aqlli, tadbirli, pok ko`ngilli bo`lsa; do`stga, vatanga xiyonat qilmasa; yolg`on gapirmasa; topshirilgan ishni va’da qilgan kunida bajarib va’dasiga vafo qilsa bunday zotni el yurakdan yaxshi ko`radi. Kimki zolim va takabbur bo`lsa, bir kuni buning jazosini tortadi. G`arib, bechoraning ko`nglini og`ritmasa, dangasalik qilmay mehnat qilsa, katta davlat va qudratga ega bo`ladi. Beva-bechoralarga rahm-shafqat qilmaganlar yo`qchilik, kambag`allik o`tida qovuriladilar. Ertaklardan ana shu fikrlarni uqish mumkin. Bizga ozgina bo`lsa ham ezgulik qilgan odamga ezgulik qaytarish burchimiz ekan, dunyoga kelishimizga sababchi bo`lgan, o`stirgan, tarbiya qilgan ota-onalarimizga doimo muhabbat, hurmat, rioyat va xizmat qilish – bo`ynimizdagi sharafli burchdir. Bu sharafli burchni ado qilib, ota-ona olqishini olgan farzand, shubhasiz, dunyoda baxtli, saodatli bo`lib yashaydi. Buning yorqin namunasini “Uch og`a-ini botirlar” ertagida ko`rish mumkin. Ertakda ota uzoqni ko`zlab ish ko`radiganlardan. O`g`illariga yaxshi tarbiya beradi. Natijada o`g`illari ota izidan komil insonlar bo`lib kamol topadilar. Ota duosi, o`git-nasihatlarini dillariga jo qilib olganliklari uchun ular hayotda kam bo`lmaydilar. Xulosa Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehroqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar. Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G‘afur G‘ulom o‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa qo‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalaming quvnoq hayotini yurakdan berilib kuyladi. Uning asarlari bolalarni yaxshi o‘qishga, fan asoslarini chuqur egallashga, zamonamizning ilg‘or kishilari bo‘lib yetishishga chaqiradi. Xullas, kimki xalq og`zaki ijodiga mehr qo`ysa, ayniqsa, ertaklarni ko`proq o`qisa, albatta, yomon bo`lmaydi. Shukur Sa’dullaning “Kachal polvon yoxud yog’och qo’g’irchoqning boshdan kechirganlari” asari tahlili. Shukur Sa'dulla ―Kachal Polvon yoxud yog`och qo`g`irchoqning sarguzashti‖ ertakqissani yaratishda o`zbеk qo`g`irchoq tеatrining chodir xayol va chodir jamol tipidagi ikki turida o`ynaladigan Kachal Polvon sarguzashtlariga doir xalq komudiyalariga asoslanadi. Xalq komеdiyalari mazmunini ijodiy qayta ishlab, g`oyaviy-badiiy niyatiga muvofiq qisqartirdi, to`ldirdi va yangi dеtallar, epizodlar ijod qilib boyitdi. Xalq komеdiyalarining qo`g`irchoq qahramonlarini esa asarningqahramonlariga - badiiy obrazlariga aylantirdi. Shu asosda ertak-qissada fantaziya va rеalizm o`zaro uyg`unlashib, asarning yaxlit syujеtini vujudga kеltirdi. Bunda Sh.Sa'dullaning italiyalik adib Kollodining ―Pinokkioning sarguzashtlari‖ hamda rus adibi A.Tolstoyning ―Oltin kalit yoki Buratinoning boshdan kеchirganlari‖ (1936) asarlaridan ijodiy ta'sirlanganligi ham muhim rol o`ynagan. Asardagi obrazlarning qariyb hammasi qo`g`irchoq komеdiyalarining qahramonlaridan iborat. Adib tayyor obrazlarni o`z holicha ishlatavеrmaydi. Ularga o`z g`oyaviy-estеtik kontsеptsiyasiga muvofiq ijodiy yondoshadi. Fantastik ertak-qissada Sh.Sa'dulla tomonidan ijod qilingan salbiy va ijobiy xaraktеrdagi to`qima obrazlar ham yo`q emas. Adib har bir xaraktеrning o`z qiyofasiga, xaraktеr bеlgilariga ega bo`lishini ta'minlash maqsadida turli badiiy vositalarga murojaat qiladi. Ertak-qissada ellikka yaqin obraz mavjud. Mazkur obrazlarni g`oyaviy-badiiy estеtik xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy vazifalariga ko`ra uch guruhga bo`lib o`rganish mumkin: 1. Xalq tiplari. Bu guruhga Kachal Polvon, Shomamat ota, Orif jarchi, Boybuva ko`sa, Bеknazar karnaychi, Ernazar maymunchi, Jo`ra qiziq, Mullajon, Bichaxon, To`tixon, еtim qiz Mohira, kayvoni, askiyachilar, Qo`zi cho`tir, Ro`zi gov, Dеhqon ota, Jalol polvon, rohatijonfurush, egizak aka-ukalar Alijon va Valijon, mеhtarbozlar boshlig`i Mirsalim, Qurbonali otalar mansubdirlar. Bular orasida markaziy o`rinda Kachal Polvon obrazi turadi. Kachal Polvon individual bеlgilarga ega umumlashma tip. U sho`x, quvnoq, xushchaqchaq, sodda va dilkash. Vaziyatni mudom to`g`ri baholay oladi. Bu xususiyatlar uning do`stlari bilan olib borgan siyosiy kurashida qozongan g`alabasini mantiqiy asoslashda o`zini ko`rsatgan. To`g`ri, Kachal Polvon inqilobchi obrazi emas, shunga qaramay Kachal Polvon Abdurahmonbеk saltanatiga qarshi eldoshlari - faqir mahallaliklarning ozodligi, haqhuquqlari uchun astoydil kurashgan xalq qahramoni timsoliday kichkintoylar qalbiga yo`l topib, ularga xalqparvarlik saboq bеradi. Ertak-qissada Kachal Polvon yakka harakat qilmaydi. Hamma faqir mahallaliklar bilan kеngashib, ular bilan bеlgilangan maqsad sari olg`a intiladi. Natijada doimo g`alaba qozonadi. Yozuvchi shu taxlitda jamoatchilik qudratini va еngilmasligini hayot haqiqatiga muvofiq talqin qiladi.Xalq tiplariga mansub boshqa barcha ijobiy obrazlar epizodik xaraktеrdadir. Adib bu pеrsonajlarning ma'lum g`oyaviy-badiiy qimmatiga va har birining o`ziga xos individual bеlgilariga ega bo`lishini esda tutishga intiladi. 2.Satirik obrazlar. Bu guruhga hokim Abdurahmonbеk, Iso avliyo, Nosir bo`ri, Qora Mirshab, To`racha - chinoq, maktabdor domla, xalfa, Eshonqul, Sarsinboy chavandozlar mansub. Bu salbiy pеrsonajlar ijobiy pеrsonajlarga nisbatan birmuncha mukammalroq ishlangan. Bulardan tashqari satirik obrazlar qatoriga savdogar Abdurahim, Mirzasalim oqsoqol, jarchi Mullagarang, ayg`oqchi talabalar - Umar echki, Salim tajang, Ashirbеk kabi nomda boru aslida qiyofasini ko`rsatmaydigan pеrsonajlar ham bor. Abdurahmonbеk - bosh salbiy pеrsonaj. Aslida ―Sarkardalar‖ dеb ataluvchi chodirxayol qo`g`irchoq tеatrida o`ynaluvchi xalq komеdiyasida Farg`ona viloyatining zolim hokimi qiyofasida ko`rinadigan bu pеrsonaj Sh.Sa'dulla talqinida afsonaviy qo`g`irchoqlar mamlakati Shirinsoyning sohib saltanati. U - fеodal iеrarxiyasining cho`qqisida turgan hamda adolatsiz tizimni butunicha o`zida tajassum etgan zolim va tеlba hukmdorning timsoli. Unda fеodal hukmdorga xos barcha xususiyatlar mavjud. Yozuvchi Abdurahmonbеk pеrsonajini xaraktеrlashda rang-barang bo`yoqlarga murojaat etadi. Bunda fosh etuvchi sotsial yumor, ayniqsa, katta rol o`ynagan. Natijada, Abdurahmonbеk zolimlikda tеngsiz shaxs va fеodal davlat arbobining umumlashgan tipi darajasiga ko`tarilgan. Boshqa salbiy pеrsonajlarni ishlashda ham Sh.Sa'dulla Gorkiyning dushmanni hamisha xunuk va nafratangiz etib ko`rsatish to`g`risidagi maslahatlariga amal qilib, ular dunyosini ma'naviy qashshoqlar va badkirdorlar dunyosi tarzida kichkintoylar ko`z o`ngida gavdalantirgan. Shu yo`l bilan kichkintoylarda yomonlik va xunuklikni ezgulik va go`zallikdan tеz ajrata bilish malakasini shakllantirishni ko`zlagan. 3.Afsonaviy maxluqlar, hayvonlar, hasharotlar va qushlar obrazlari jumlasiga ajdar, kavsar dеv, oq chavkar ot, quyonlar, chumolilar, ko`rshapalak, kaptarlar, kakliklar, bеdanalar va qirg`ovullarni kiritish mumkin. Bularning barchasi ham asar qahramonlari hayotida, xususan, Kachal Polvon faoliyatida muhim rol o`ynaydi. Ajdar, kavsar dеv kabi afsonaviy maxluqlar hamda ilon yovuzlik timsoli hisoblansalar-da, Kachal Polvonning ijobiy fazilatlarini bo`rttirishda xizmat qiladilar. Kichkina kitobxon oppoq qanotlarini kitob o`rnida Kachal Polvonga taqdim etgan kapalaklarni ham, boylar zo`ravonlik bilan o`ziniki qilib olgan kambag`allar bug`doyini qaytarishda jonbozlik ko`rsatgan va Kachal Polvonning ozodlikka chiqishiga katta madad bеrgan zahmatkash chumolilarni ham, Kachal Polvonni jazodan ogohlantirgan ninachini ham, oldingi oyoqlarini ko`tarib, bir-biriga urib qarsak chalgan quyonlarni ham, xushxonu raqqos bеdanalar, kakliklar, qirg`ovullarni ham sira unutolmaydi. Sh.Sa'dulla ertak-qissaning badiiy jihatdan qiziqarli bo`lishi, unda xalq komеdiyalariga xos milliy ruhning barq urib turishi uchun o`zbеk xalq ijodiyoti, hatto bolalar folklori namunalariga kеng murojaat qildi, xushchaqchaq askiyalardan, yumorni va o`ychanlikni kuchaytiradigan topishmoqlardan, tеz aytishlar, sanamalar, dono maqollari va matallaridan unumli va o`rinli foydalandi. Sh.Sa'dulla folklor matеriallaridan ijodiy foydalanib, bir nеcha dramatik asarlar ham yozdi. Uning ―Yoriltosh‖ muzikali ertak-dramasi (1937) va opеra librеttosi (1967), ―Chol bilan bo`ri‖ kichik shе'riy pеsasi (1967), ―Zubayda‖ (1969) ertak-dramasi o`zbеk bolalar dramaturgiyasining yuksalishida ma'lum rol o`ynayotir. Bu asarlarda yaxshilik bilan yomonlik, tadbirkorlik bilan takabburlik, mеhr bilan g`azab, sabr bilan toqatsizlik o`rtalaridagi shafqatsiz kurash ifodalanib, pirovard-natijada yaxshi-likning, tadbirkorlikning, mеhrning va sabrning tantanasi ko`rsatiladi. Bolalarga shu tushunchalarning mohiyati singdiriladi. Binobarin, bu asarlar bolalarda yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashda va ularning zavqini, qiziqishlarini oshirishda ahamiyatlidir. Aka-uka Grimm ertaklaridan “Zolushka” ertagida ilgari surilgan asosiy g’oya. Ertak o'qish bolalik davridagi eng muhim marosimlardan biridir. Bir tomondan, bu jarayonda biz bolaga e'tibor beramiz va bu uning ruhini har qanday o'yinchoqlardan ko'ra yaxshiroq oziqlantiradi. Kechqurun farzandiga vaqt topgan ona yoki dadaning ovozi tinchlantiradi va sizni mo''jizalar va sehrlar olamiga olib keladi. Boshqa tomondan, ertak o'qish kelajakka sarmoyadir. Aynan yaxshi kitoblar yordamida bolaning ongsizligiga muhim ma'lumotlar joylashtiriladi, bu tanlovga ta'sir qiladi, yaxshi yoki yomon tomonini olishga yordam beradi. Ko'pgina ota-onalar ertaklarning yashirin ma'nosi haqida o'ylamaydilar. Shu bilan birga, bu haqda bilib, siz undagi etishmayotgan fazilatlarni rivojlantirgan holda, maydalanganlar uchun ko'proq mos adabiyotni tanlashingiz mumkin. Ertak: "Zolushka" ning yashirin ma'nolari Eng mashhur bolalik ertaklaridan biri Zolushka. Uning muallifi fransuz yozuvchisi Sharl Perrodir. U ertakni yakunlab, kundalik hayot, sarguzashtlarni tasvirlab, qahramonlarning xarakterini ochib berdi. Ammo uning asosi - kambag'al yetim haqidagi hikoya azaldan mavjud bo'lib, xalq orasida og'izdan og'izga o'tib kelgan. Syujet sodda va tushunarli – bechora qiz nohaqlikka chidadi, lekin mehrini yo‘qotmadi, dunyoga jahli chiqmadi, kamtarlik bilan buyruqni bajardi va nihoyat mo‘jiza – pari paydo bo‘lishini kutdi. Cho‘qintirgan onasi qizni ziyorat qilibgina qolmay, balki unga sehr-joduning bir qismini ham berdi, qovoqni aravaga, lattalarni chiroyli libosga, kalamushlarni otlarga aylantirdi. Zolushka to'pga bordi, u erda u shahzoda bilan uchrashdi. Faqat achinarlisi shundaki, mo''jiza vaqtinchalik edi va afsun yarim tunda tarqaldi. Va yana, qahramon muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shahzodadan ajraldi, qiz esa yana umidsizlikka tushmadi, lekin kutishda davom etdi. Ertak baxtli tugaydi, adolat g'alaba qozondi. Ertakning yashirin ma'nosi birinchi qarashda aniq - qizlar kamtarlik, mehnatsevarlik, kamtarlik ko'rsatishlari kerak va ular shahzodani kutishadi. Mana shu munosabat bilan psixoterapevtlar ko'plab qizlarga xos bo'lgan ruhiy kasallikni aniqladilar. U Zolushka majmuasi deb ataladi va xonimlar hayotni haqiqiy idrok etishdan voz kechishidan iborat. Ular oddiy odamlardan voz kechib, shahzodani kutishmoqda. Bolalarga uxlashdan oldin ertaklarni o'qiyotganda, ularni keyin to'g'ri talqin qilish muhimdir. Ma'nosi qanday aniqligini so'rash va o'zingiz xulosa chiqarish. Zolushka shahzodani peri bilan omadli bo'lgani uchun emas, balki u boshqa qizlardan yaxshiroq - mehnatkash va kamtarin, chiroyli va g'amxo'r bo'lgani uchun kutdi. Ba'zi ota-onalar go'zal ko'ylaksiz va etimning ko'rinishisiz yetimga hech kim e'tibor bermagan bo'lardi, boshqalari hayotda hamma narsaga faqat pari homiyligida erishish mumkinligini ta'kidlaydilar. Zolushkaning shaxsiy fazilatlariga e'tibor qaratish, bu uning mukofotga loyiq ekanligini tushuntirish hali ham muhimdir. Zolushka ertakining yana bir ma'nosi Psixoterapevt Marina Komisarova Zolushka ertagiga yana bir chuqurroq tushuntirish beradi. Uning uchun bu ayolning umidsizliklari haqidagi hikoya. Shu bilan birga, psixologning ta'kidlashicha, ertak dunyoning ichki manzarasini aks ettiradi, ehtimol muallif unga bunday ma'noni qo'ymagan, lekin ayni paytda hikoya ishlarning haqiqiy holatini aks ettiradi. Zolushka - dushman ayollar (yovuz opa-singillar) va ichki ota-ona figurasi (o'gay ona) bilan o'ralgan qiz. Qizig'i shundaki, qizning otasi bo'lsa-da, u uning himoyachisi bo'lmagan, qo'rqoqlik tufayli o'z qizini ayollar tomonidan yirtib tashlash uchun deyarli tashlab ketgan. Shahzoda qizning ichki odami bo'lib, u umidsizlikka tushishdan qo'rqadi, shuning uchun u to'pdan qochib ketadi. Axir, unga ko'rinadiki, u haqiqiyni yoqtirmaydi, faqat tashqi ko'rinishi, hashamatli libosi, aravasi uning uchun muhim va bularning barchasi shunchaki uydirma. Zolushka, psixologning so'zlariga ko'ra, o'zini past baholaydi, uning ichki onasi yovuz o'gay onaga aylanadi, u Zolushkaga bo'lgan muhabbat o'rniga uni doimo qoralaydi. Shu sababli, qiz ham barcha erkaklarning asosiy ishonchsizligidan aziyat chekadi, devorni buzib o'tish uchun shahzoda butun qirollik bo'ylab qizni qidirib, sevgisini isbotlashi kerak. Zolushka muammosini qanday hal qilish mumkin? O'zingizni sevish, erkak uchun kiyim va soch turmagi emas, balki ichki fazilatlar - ayollik, noziklik muhimligini tushunish. Aynan ular bilan shahzoda oshiq bo'ladi. Marina Komisarova sizning ichki shahzodangiz bilan do'stlashishni, ayollarga erkaklar nigohi bilan qarashni va sevib qolishni, ularning ko'ziga yanada yaxshiroq ko'rinish uchun yaxshilanishni maslahat beradi. Qizig'i shundaki, ko'plab onalar Charlz Perroni ertak uchun qoralab, mavjud bo'lmagan shahzodalarning umidlarini targ'ib qilishdi. Ba'zi ota-onalar hatto ertakni uy kutubxonasidan chiqarib tashlashdi. Shu bilan birga, rus ertaklarining yashirin ma'nosi ba'zan yanada hayratlanarli bo'lib chiqadi. Muallifning o‘zi kitobiga yozgan so‘zboshida uning ijodini juda chuqur qabul qilmaslik, ertaklarni shunchaki o‘yin-kulgi sifatida qabul qilib, zukko realist bo‘lib qolish muhimligini yozgan. Charlz Perroning "Zolushka" ertakining tahlili Zolushka - iste'dodli frantsuz hikoyachisi Sharl Perroning eng mashhur ertaklaridan biri. Bu ertak to'rt asrdan ko'proq vaqt davomida yashab, na bolalar, na kattalar tomonidan unutilmaydi. Dunyoning barcha mashhur kinostudiyalari va teatrlari "Zolushka" syujetidan u yoki bu tarzda foydalangan. Baxt va farovonlik huquqi yovuz o‘gay ona va uning qizlari tomonidan nohaq poymol etilgan shirinso‘z, zukko va mehnatkash qiz qiyofasi kitobxonlar, tomoshabinlar, rejissyorlar va aktyorlarning hamisha hamdardligini uyg‘otadi. Zolushkaning mo''jizaviy tarzda hashamatli go'zallikka aylanishi pari xudojo'y onasining sehri yordamida bo'yanish rassomlari, sartaroshlar, tikuvchilar va stilistlarning muvaffaqiyatli ishining ramzi bo'ldi. Zolushkaning qirollik balida shahzoda bilan uchrashuvi ham ko'plab qizlarning orzulari, ideal sevgilisi bilan uchrashish orzusi amalga oshishining ramzi bo'ldi. Zamonaviy adabiyotda ular ma'lum bir ayol kishining shaxsiy hayotidagi haqiqiy bo'lmagan talablar haqida gapirishni xohlashganda, ular: "U Shahzodani qidirmoqda!" Albatta, biz "Zolushka" ertakidagi aqlli va mehribon shahzoda haqida gapiramiz, lekin Charlz Perro yashagan Lui XIV davridagi bema'ni va xudbin shahzodalar haqida emas. Ammo "Zolushka" ertaki bilan tanish bo'lgan hamma ham bu sehrli hikoyaning ibratli tomonining juda muhim qismini payqamaydi: SABIR va bosh qahramonning SEVGI. Xalq hikmati bejiz aytilmagan: “Sabr va mehnat hamma narsani maydalaydi!”. Zolushka hikoyasida Perining eng muhim ishtiroki emas, balki to'pda oqlangan ko'ylakdagi qahramonning eng muhim raqsi emas va hatto eng muhimi - shahzoda bilan uchrashuv emas. Eng muhimi, Zolushka o'zining ruhiy fazilatlari bilan baxtga loyiq bo'lgan qizning ramzidir! Axir, shaxsiy hayot masalalarida muvaffaqiyatli qaror qabul qilish imkoniyati ko'pchilikka beriladi, ammo omadni saqlab qolish, taqdir bergan yaxshilikni yo'qotmaslik - hamma ham muvaffaqiyat qozonmaydi. Faqat o'z ustida ishlashni biladiganlar - orzular ushaladi! Download 27.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling