39. Z.Diyorning 30-yillarda yaratgan asarlari qaysilar?
A) “Bog’chamiz”, “To’p”, “Archa”;
B)“Yuksak tog’”, “Kel uchaylik shimolga”;
C) “G’unchalar”, “Yashna Vatan”;
D) “Qo’shiqlar”, “Mashinist”, “Fantana”.
40. Sulton Jo’raning dastlabki she’rlari nechanchi yilda chop etilgan?
A) 1935 yil;
B) 1939 yil;
C) 1933 yil;
D) 1937 yil.
41. Ijodida hajviylik yetakchilik qiladigan ijodkorlar kimlar?
A) Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon ;
B) Latif Mahmudov, Abusaid Ko`chimov;
C) Dilshod Rajab, Erkin Malikov;
D) Erkin Malikov, Tursunboy Adashboyev.
42. O’zbek bolalar nasriga “Kenjatoy”, “Yonar daryo”, “Tohir va Zuhra” kabi asarlari bilan salmoqli hissa qo’shgan adib kim?
A) Nosir Fozilov;
B) Hakim Nazir;
C) Zafar Isomiddinov;
D) Ilyos Muslim.
43. Shoir Sulton Jo’raning qalamiga mansub kitoblarni toping.
A) “Qizlar”, “A’lo”, “Yaxshining yomoni”;
B) “To`pchi Muhammad”, “Pulemyotchi ovozi”, “Chavandoz”;
C) “Havo rang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirg’och”;
D) “Cho’ntak”, “Salom xat”.
44. A.Avloniy qaysi asarida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi?
A) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»;
B) «Ikkinchi muallim»;
C) «O’qish»;
D) «Birinchi muallim».
45. Qaysi asarda Avloniy dastavval 32 harfning yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so’z boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qila olgan?
A) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»;
B) «Alifbe»;
C) «Birinchi muallim»;
D) «Ikkinchi muallim».
46.Avloniy qaysi asarda : «Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug’ adabiyot muhiblari — axloq havaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim»degan?
A) «Turkiy guliston yoxud axloq»;
B) «Ikkinchi muallim»;
C) «Maktab gulistoni»;
D) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |