1-Topshiriq: O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak
-Modul. 1-mavzu: O‘zbekiston: kecha, bugun, ertaga
Download 188.34 Kb.
|
Узбек тили
1-Modul.
1-mavzu: O‘zbekiston: kecha, bugun, ertaga Mustaqillik... Bu so„z zamirida qanchadan-qancha ajdodlarimizning asrlar davomidagi orzu va armonlari, kurashlari, ertangi kunga umidlari mujassam. Bu so‟zni eshitganimizda har birimizning qalbimizda o‟zgacha, qandaydir ta‟riflab bo‟lmas hislar uyg‟onadi. ISHONCH, dadillik kabi tuyg‟ular jo‟sh urib kishiga xuddiki qanot bag‟ishlaydi. Nima uchun shunday, bilasizmi? Chunki, siz bilan biz dorilomon zamon farzandimiz, shunday ulug‟ ne‟matga egamiz. Mustaqillik yillarida, ozod va obod vatanda ulg‟aymoqdamiz. Lekin, aziz tengdoshim hech ota- onangiz, bobo-buvilaringizdan “mustaqillik nima”, - deb so‟rab ko‟rganmisiz? Ular bu savolga yaxshiroq javob berishadi. Chunki, ular bilishadi ozodlikka qanday erishilganini, ular bilishadi “kim edigu, kim bo‟lganimizni”… Bundan chorak asr avval biz o‟z ona tili davlat tili hisoblanmagan, maktablaridan boshlab bolalarga haqiqatni yashirib, kerak bo‟lsa tarixni o‟zgartirib buyuk bobokalonlarimiz nomini tilga olmaslikni o‟rgatadigan, xalqqa ma‟rifat ulashmoqchi bo‟lganlarni “xalq dushmani” deb tilga olinadigan, mustaqillikni faqat orzu qilib, u haqdagi xalq qo‟shig‟ini o‟z ona tilida baralla kuylay olmaydigan, iqtisodi, faqatgina, paxta yetkazib berish bo‟lgan respublika edik. Hamma yerga paxta ekilgan. Cho‟llar o‟zlashtirilgan, yangi-yangi yerlar ochilgan. Nima uchun? Paxta ekish uchun! Lekin, yetishtiriladigan 4 000 000 – 5 000 000 tonna paxtaning faqatgina tozalab, ozgina qismini qayta ishlaganmiz, toza paxta esa arzon narxda boshqa respublikalarga sotilgan va keyin ular tomonidan ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, tolalar va boshqa paxta mahsulotlarini qimmatgina qilib sotib olganmiz. Biz faqatgina og‟ir ishlarni – paxta yetishtirish va uni tozalashni bajarganmiz, sababi – bizni ikkinchi darajali odamlar dеb hisoblashardi!!! Qadrdonim, hozir uyingizda nechta televizor yoki mashinangiz bor? E‟tibor berganmisiz dasturxon boshida kattalar doimo “xudoga shukr, dasturxonda hamma narsa bor” deyishadi. Fakt:1987-yil holatiga ko‟ra SSSRda bir fuqaro 129 kg non yеgan bo„lsa, O‟zSSRda esa bir fuqaro 167 kg non yеgan.Chunki, nondan boshqa yеydigan narsasi bo„lmagan… Agar uyingizga o‟zingizning halol ishlab topgan pulingizga bittagina televizor olib kelsangiz ertasiga o‟zingizni militsiyada, “qayerdan olding shuncha pulni?”, - deb sizni so‟roq qilayotgan tergovchi oldida ko‟rardingiz. Mashinani esa gapirib o‟tirmasa ham bo‟ladi. Hattoki, oziq-ovqat mahsulotlariga ham navbatda turib ro‟yhat olib, shu ro‟yhat orqali mahsulot sotib olinardi. Sizda biror yangi istiqbolli g‟oya bor bo‟lsa ham, aynan, markazdan kelgan, oxiri yo‟q buyruqni so‟zsiz bajarishingiz kerak edi. Sizning fikringiz ahamiyatsiz!!! Markazdan turib boshqarish usuli tufayli, oxir-oqibat respublikalar tanazzulga yuz tutishi aniq edi. Oxiri yo‟q “kommunizm” jamiyati hech qachon qurilmasligi, bu bir aldov ekanligi ham kunday ravshan bo‟lib qoldi. Shu sababli ham, 90-yillar boshida ko‟plab sovet respublikalari iqtisodiy inqirozga yuz tuta
boshladi. Ana shundaymurakkab, qaltisva tahlikali bir paytda butun mas‟uliyatni, millat taqdirini muhtaram prezidentimiz zimmalariga olib, tizimli va izchil ishlarni amalga oshirib asriy orzuimiz – MUSTAQILLIKka erishishimizda katta jasorat va matonat ko‟rsatdilar. Ilk mustaqillik yillarida O‟zbekiston xuddi katta maydonga chiqib qolgan yoshgina davlat edi. Shunday vaziyatda mamalakatimizning chеtdan bo„lgan turli tazyiqlar va soxta va‟dalarga uchmasdan, hurmatli Islom Abdug‟aniyevich tomonlaridan ishlab chiqilgan O„zbеkiston uchun yagona bosqichma-bosqich rivojlanish yo„lini tanlab olgani va uning naqadar to„g„ri yo„l ekanligini bugun hayotning o„zi qayta-qayta isbotlab bеrmoqda. Butun dunyo tomonidan “O‟ZBEK MODELI” tan olinib kerak bo‟lsa, boshqa davlatlar O‟zbekiston bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lini o‟rganishmoqda. Qadrdonim, agar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‟rsangiz, shunchaki, ushbu tarixan qisqa davrda O‟zbekiston bosib o‟tgan ulkan yo‟l statistikasini ko‟rib chiqishingiz va erishilgan yutuqlar, qilingan ishlarning raqamlardagi ifodasini ko‟rishingiz mumkin. Lekin, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: “Kimki
Download 188.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling