hamqadam bo’lib yashash uchun yangi marralar sari intilishimiz, taraqqiyot
yo’lidan qat’iyat bilan borishimiz zarur. Agar shu yo’ldan bormasak, tez
suratlar bilan o’zgarayotgan taraqqiyotning bir chekkasida qolib ketishimiz
hech gap emas”[1]. Yutuqlarimiz o‟zimizniki, lekin, biz bu bilan cheklanib
qolmasligimiz kerak. Globallashuv jarayonida, turli mintaqalarda xavfsizlik,
notinchlik hukm surayotgan bir murakkab vaziyatda har doimgidan ogoh
bo‟lishimiz kerak. Taraqqiyotning bir chekkasida qolib ketish bizga aslo to‟g‟ri
kelmaydi. Biz kimmiz? Aziz vatandosh, “biz kim mulki Turon, amiri
Turkistonmiz. Turkning bosh bo‟g‟inimiz.” Ha, biz buyuk yurt farzandlarimiz. Biz
buyuklar avlodlarimiz. Amir Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdi
bobolarimizdan meros yurt egalarimiz. Biz Beruniy, ibn Sino, Navoiy,
Buxoriylardek dunyo svilizatsiyasiga o‟zining munosib hissasini qo‟shgan daholar
avlodimiz. Eng muhimi, biz qanchadan-qancha ajdodlarimizning hayoti evaziga
qo‟lga kiritilgan, ularning orzusi bo‟lib, ular uchun armon bo‟lib qolgan
MUSTAQILLIK farzandimiz. Ertaga shu nomga LOYIQ bo‟lishimiz kerak. Ota-
bobolarimizga haqiqiy munosib VORIS bo‟lishimiz kerak. Bundan ham yuksakroq
cho‟qqilarni zabt etishimiz kerak. Ertaga dunyo ahliga aslida kim Beruniylar, ibn
Sinolar farzandi ekanligini o‟z yutuqlarimiz, kashfiyot va natijalarimiz bilan
isbotlashimiz kerak. O‟zbekistonimizning buyuk kelajagini biz yoshlar o‟z
qo‟limiz bilan quramiz. Yurt ertasi bizning qo‟limizda, aziz tengdoshim, shunday
ekan yuraklarni vatanparvarlik olovi bilan yondirib, yeng shimarib, yurt tinchligi,
vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‟lida oldingi qatorlarda turib xizmat qilib
vatanimiz rivojiga o‟zimizning munosib hissamizni qo‟shaylik.
So‟zimni prezidentimizning quyidagi so‟zlari bilan muxtasar qilaman:
Do'stlaringiz bilan baham: |