1-Topshiriq: O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak
Download 188.34 Kb.
|
Узбек тили
2-mavzu: O‘tmish saboqlari
Bugun davlatimiz mustaqilligining 29 yillik bayramini nishonlar ekanmiz, o‘tgan qisqa davrda yurtimizda amalga oshirilgan tarixiy ishlar, buyuk bunyodkorliklardan faxrlanamiz, g‘ururlanamiz. Ayni chog‘da kecha kim edigu bugun kim bo‘lganimiz haqida fikr yuritamiz. Sovet hukumati — Qizil imperiyaning zug‘umi, qonli siyosati ostida yashagan xalqimiz boshiga solingan kulfatlarning cheki-chegarasi bo‘lmadi, qurbonlarning son-sanog‘i bo‘lmadi. Dunyo dunyo bo‘lib, o‘z xalqini bunchalik azoblagan, xor-zor etgan, qirg‘in qilgan davlatni ko‘rmagan edi. Sho‘ro hukumati o‘z umrining so‘nggi yillarida O‘zbekistonda yana bir mudhish jinoyatni sodir etdi. Xalqimizga nisbatan yana bir ommaviy qatag‘onni o‘tkazdi. 1983-1989 yillarda amalga oshirilgan bu qatag‘on «Paxta ishi», «O‘zbek ishi» degan soxta nom bilan niqoblangan bo‘lib, uning tagida yovuz maqsad yotardi... Davlatimiz rahbari Islom Karimov o‘zbek xalqiga qilingan bu tuhmatlarga, qatag‘onga munosabat bildirarkan, «...binobarin, mahalliy aholiga nisbatan qirg‘in uyushtirilgan edi», degan edi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Yurtboshimiz o‘sha vaqtda bu qatag‘onga qarshi chiqib, xalqimiz huquqi va sha’nini himoya qilish uchun kurash olib borgan edi. Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida «Yangi asr avlodi» nashriyoti tomonidan chop etilgan «Adolat yo‘li» kitobida aynan «Paxta ishi», «O‘zbek ishi» deb nomlangan qatag‘onlar, adolatsizliklar haqida hikoya qilinadi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tayyorlangan bu kitobdan taniqli adiblarning hayotiy voqealar asosida yozilgan publitsistik maqola va ocherklari o‘rin olgan. Bugun mustaqillikning sof havosidan nafas olib, beqiyos imkoniyatlaridan foydalanib, har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgan yosh avlod uchun bu achchiq haqiqatlarni bilish muhim ahamiyatga ega. Qaramlik davrida xalqimiz boshiga solingan azob-uqubatlarni, huquqlarimiz, sha’nimiz, qadrimiz qanchalik oyoq-osti qilinganini bilish mustaqillikni qadrlashga o‘rgatadi. Bu kitob kechagi fojiali o‘tmishimizni unutmaslikka, bugungi ozod va obod kunlarimiz uchun shukronalar aytishga, mustaqillikni qadrlashga undaydi. Download 188.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling