1-Topshiriq: O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak


-mavzu: Alisher Navoiy asarlarida til madhi


Download 188.34 Kb.
bet32/34
Sana05.01.2022
Hajmi188.34 Kb.
#222306
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Узбек тили

4-mavzu: Alisher Navoiy asarlarida til madhi


Soʻz sanʼati, notiqlik, nutq madaniyatiga qadim-qadimdan alohida eʼtibor qaratilgan. Bu sohada gʻarb allomalari soʻz bilan taʼsir koʻrsatish, kishilarni ishontirish va oʻz ortidan ergashtirish mahorati haqida qarashlarini bayon qilgan boʻlsa, sharq mutafakkirlarida aksincha, ular nutq madaniyatini, asosan, suhbat odobi, tinglash madaniyati sifatida eʼtirof etgan. Soʻz mulkining sultoni Hazrat Navoiy oʻz asarlarida notiqlik va nutq madaniyatiga oid qimmatli maʼlumotlar keltirgan. Navoiyning tilshunoslik va notiqlikka oid qarashlari nafaqat “Muhokamat ul-lugʻotayn” asari, balki “Xamsa”, “Chor devon”, gʻazal, ruboiy, qitʼalarida ham ifodalangan.

 

Husn jamoli yoʻq odam shirin soʻz boʻlsa,



Goʻzal va shirin soʻzi bilan barchani qoʻlga oladi.

Mazkur bayt Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida keltirilgan boʻlib, mutafakkir kishilarni xushmuomalalikka chaqiradi. Yaxshi bilamizki, uzumdan ham shinni, ham may tayyorlash mumkin. Til ham xuddi shunday. Shuning uchun xalq donoligida “Yomon soʻz bilan pichoq qinidan chiqar, yaxshi soʻz bilan ilon inidan” singari purmaʼno bitiklarni koʻramiz. Darhaqiqat, buyuk alloma bobomiz mana shunday donolik bisotidan oʻz asarlarida foydalangani, shubhasiz, albatta.

Navoiy yana bir oʻrinda “gapirganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga ol. Oʻrinsiz soʻz aytma…”, deydi. Yaʼni, boʻlajak voizlar nutq soʻzlayotganda, albatta, tinglovchilarning yoshi, jinsi, dunyoqarashi, kasbi va oʻsha paytdagi shart-sharoitni inobatga olmogʻi darkor. Masalan, notiq, soʻzlovchi oʻz fikrini mutaxassis va mutaxassis boʻlmagan kishilarga bir xil tarzda yetkazolmaydi. Negaki, insonlarning qiziqishi va kasb-koridagi tafovut nutq mazmunini turlicha qabul qilishiga olib keladi. Shuning uchun notiq someʼlar imkoniyatini ham hisobga olishi kerak.

Yana bir misol: “… bir deganni ikki demak xush emas, soʻzchi takror topdi dilkash emas”. Navoiy aytmoqchi-ki, soʻzni takror qoʻllash nutqiy gʻalizlikka olib keladi. Fikr taʼsirini kamaytirib, soʻz qadrini toʻkadi. Bundan tashqari, Navoiy diling va tiling bir boʻlsin. Doim rost soʻzla, nutqing halol boʻlsin deya, kishilarni rostguylikka, qisqa va aniqlikka eʼtibor berishga oʻrgatadi.

Gapni avval oʻylab, xayolda mukammallashtirib, tartibga keltirib, soʻng soʻzlash lozim. Yoʻqsa, sukut eng maʼquli. “Soʻzni koʻngulda pishqormaguncha, tilga keltirma, harnakim koʻngulda boʻlsa tilga surma…” Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul boʻlib chiqsa, tilning ofatidir.

Biz ona tili va adabiyot saboqlari kechimida tilni vosita, nutqni jarayon sifatida oʻrganamiz. Xaqiqatdan ham, til qancha boy imkoniyatlarga ega boʻlmasin, undan unumli foydalana olmaslik nutqning qashshoqlashuviga, tilning koʻlamdorlik xususiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Aytish mumkinki, Alisher Navoiy oʻzbek tilining oʻz davrigacha hech kim anglamagan va foydalanmagan imkoniyatlarini ilgʻagan va uni oʻz asarlarida qoʻllay olgan. Tilni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan oʻrganib, yuksak choʻqqiga koʻtargan.

  Navoiy dastlab lirk sherlari bilan keng shuhrat qozona boshladi.1465 – 66 yillardayoq Navoiyning kitobxonlari uning she’rlarini to’plab,devon tuzadilar.Navoiyning o’zi esa 1470-yilning boshlarida birinchi devoni ,,Badoyul bidoya’’ni tuzdi.Keyinroq,1476 – 1483 yillar oraqsida, ikkinchi devonni ,,Navodirun-nixoya’’ni yarati.


Lirik turda katta tajriba orttirib,shuhrat qozongan Navoiy, endi o’zbek tilida yirik epik asarlar yaratish vazifasini o’z oldiga qo’ydi.Vazirlik mansabidan istefo berganidan keyin ,,Xamsa’’yozishga tayyorlana boshladi.U oz vaqt davomida ,,Xamsa’’uchun kerakli barcha materiallarni to’pladi.Nizomiy,Xisrav Dexlaviy va boshqa shoirlarning ,,Xamsa’’si yoki ,,Xamsa’’sikli bo’yicha yaratga aloxida dostonlarini,xalq og’zaki ijodi xamda tarix asarlarini mukammal o’rganib chiqdi va ,,Xamsa’’ yozish fikrini Abduraxmon Jomiyga aytdi.Jomiy uning maqsadi va rejalarini maqulladi,maslaxatlar berdi.Navoiy 148-yilda ,,Xamsa’’ni yozishga kirishdi.U ,,Xamsa’’ni yozish uchun juda qisqa muddat – ikki yildan sal ko’proq vaqt sarf qildi.1483-yilda ,,Xamsa’’ning birinchi dostoni ,,Xayratul – abror’’,1484-yilda ,,Farxod va Shirin’’, ,,Layli va Majnun’’, ,,Sabai sayyor’’, 1485-yilda ,,Saddi Iskandariy’’ dostonlarini yozdi.Bu dostonlarida u davirning juda muxim praoblemalarini qo’ydi,o’rta asirning ilg’or mutaffakiri sifatida progressiv fikr-qarashlarini ilgari surdi.
1501-yilning 3 yanvarida Alisher Navoiy vafot etdi. Butun Xirot qattiq motam tutdi.Musubatli xabar tezda butun Xursonga,Movvarunnaxirga va boshqa joylarga borib yetdi.

Navoiy Lirikasi.


Alisher Navoiy ulug’ lirk shoirdir.U Saddiy,Xofiz, Xisrav Dexlaviy va Abduraxmon Jomiy kabi mashxur sharq lirk shoirlarining,Xorazimiy,Sayfi Saroiy,Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy kabi o’zbek dunyoviy adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi adabiy tradsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi,xalq poetik ijodiyotining g’oyaviy-badiiy boyliklaridan unumli foydalandi.Badiiy adabiyotning xayotga,jamiyat extiyojlariga xizmat qilish uchun kurashgan Navoiy lirik poeziyaning tematikasi, g’oyaviy motivlari va obrzlari sistemasini boyitdi, takomillashtirdi.
Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. Bu lirik xazinaning asosiy 45 ming misraga yaqin o’zbek tilidagi sherlarini o’z ichiga olgan ,,Xazoyinul maoniy’’ va 12 ming misradan ziyod fors-tojik tilidagi sherlarni o’z ichiga olgan ,,Devonni Foniy’’, fors-tojik tildagi 6 falsafiy qasidadan iborat.


Download 188.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling