1-Topshiriq: O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak
Download 188.34 Kb.
|
Узбек тили
5-mavzu: Bo‘sh vaqt –xush vaqt
BOʻSh VAQT — kishining majburiy ijtimoiy mehnati va b. majburiy mashgʻulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; oʻz xohishiga koʻra maʼnaviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt. Ijtimoiy hayotda kishilarning umumiy vaktini 2 qismga — ish vaqti va ishdan tashqari vaqtga boʻlish mumkin. Ishdan tashqari vaqt asosan uy ishlariga, oʻziga qarash, uxlash va ovqatlanish uchun sarflanadigan vaqg hamda Boʻsh vaqtga boʻlinadi. Boʻsh vaqt shaxsning har tomonlama kamoloti, qobiliyatlarini rivojlantirishi, bilim darajasi ni oshirishi, dam olishi va sh. k. uchun kerak boʻladigan ishdan tashqari vaktdir. Boʻsh vaqt shaxsning erkin faoliyati va kamoloti uchun zarur boʻlgan haqiqiy boyligi hisoblanadi. Boʻsh vaqt jamiyat maʼnaviy kuchining, kengaytirilgan takror i. ch. ning zarur sharti. U individual xarakterga ega boʻlib qolmay, ijtimoiy zaruriy vaqg hamdir. Chunki ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, ilmiy texnika ravnaqi uchun Boʻsh vaqt juda zarur. Oʻz navbatida ular Boʻsh vaqt meʼyori va mazmuniga taʼsir qiladi. Jamiyatning tarixiy tarakxiyoti davomida Boʻsh vaqtning mikdori va ahamiyati tobora ortib boradi. Bu, birinchidan, mehnat unumdorligining ortishi, ilmiytexnika ravnaqi va jamiyatning barcha aʼzolari oʻrtasida mehnatning teng taqsimlanishi hisobiga boʻlsa, ikkinchidan, ishga boribkelishdagi ortiqcha harakatlarni, uy mehnatiga ketadigan vaqtni qisqartiriщ hisobiga yuz beradi. Ijodiy mehnat qilish, oʻz malakasini, maʼlumoti va ilmiymadaniy saviyasini oshirish, ijtimoiysiyosiy faoliyatini kengaytirish, sanʼat va sport bilan shugʻullanish va boshqalar Boʻsh vaqtning mazmundor oʻtishini taʼminlaydi. Maye, jahondagi rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek Oʻzbekistonda ham 2 kunlik dam olish va 5 kunlik ish haftasiga oʻtish Boʻsh vaqtni koʻpaytirish yoʻlidagi tadbirlardandir. Boʻsh vaqt mikdori ni koʻpaytirish va undan unumli foydalanish uchun yetarli sharoit yaratish zarur. Bunga mamlakat i. ch. kuchlarini rivojlantirish, i. ch. jarayonlarini mexanizatsiyalash, i. ch. ga zamonaviy texnika va ilgʻor texnologiyani joriy etish orqali mehnat samaradorligini oshirish va vaktni tejash, ommaning umumiy madaniy saviyasini oshirish va b. orqali erishiladi. Boʻsh vaqtdan samarali foydalanish turmushning mazmundor boʻlishiga yordam beradi. Ko`cha-ko`yda qayergadir shoshilayotgan, jo`shqin hayot bilan yashayotgan insonlarni uchratib qolamiz. Yana ba`zida uzu kun televizor qarshisida yastalanib yotgan, yoki tinimsiz kompyuter o`yinlari-yu, ishtimoiy saytlarda sayr qiladigan, mobil telefonini kovlashtirib vaqtini behudaga sarvlashni xush ko`radigan yoshlarni uchratib qolamiz. Shunday paytlarda aqlli va donishmand kishilar umrni qadrlab, undan unumli foydalanishga harakat qilganlarinieslatib o`tgin keladi. Bir faylasuf shunday degan: «Vaqt bizning eng arzon va ayni vaqtda eng qimmatbaho mulkimizdir, chunki vaqt tufayli biz hamma narsaga erishamiz». Darhaqiqat, tanamizga kirib-chiqayotgan har bir nafas bizni abadiy tark etayotgan betakror vaqtimizning ifodasidir. Abul Faroj: «Odam tabiatan qiziq yaratilgan, boyligini yo„qotsa xafa bo„ladiyu, umri zoe ketayotganiga esa parvo qilmaydi», degan. Abu Homid G„azzoliy yigirma to„rt soatni yigirma to„rt xazina, degan. Qachonki, bu xazinadan birining eshigi ochilsa, yo yaxshi, yo yomon amallar ko„rinadi. Yana birining eshigi ochilsa, na yaxshi va na yomon amallar bo„lmas ekan. Bunisi hech amal qilmay zoe o„tkazilgan vaqt bo„lib, undan egasi qimmatli vaqtini boy berganidan qattiq afsuslanar ekan.Shu bois, yigirma to„rt xazinani na o„zi va na boshqalar uchun befoyda amallar evaziga sovurish aqli raso kishining ishi emas. O„tgan ulug„ zotlar umrga loqayd qaramagandan tashqari nafsini tergab, har kunini qanday o„tkazgani va bundan qanchalik manfaatyetishini tafakkur qilib turishgan. Shayx Najmiddin Kubro vaqtni qilichga o„xshatib, shunday degan: “Vaqt keskir bir qilichdir. Agar keskir bo„lmasaydi, anglab idrok etguningcha seni kutardi. Holbuki, u keskir bir qilich harakati ila hukmini ado aylar”.She‟riyat mulkining sultoni AlisherNavoiy insonumrini bebaho xazina gaqiyoslab, uningqadr-qimmatinito„g„rianglashgaalohidae‟tiborqaratadi. Ul zot har bir nafas va daqiqani duru gavharlar bilan teng ko„rib, undan oqilona foydalanish lozimligini uqtiradi. Chuqurroq fikr qilsak, bir lahzalik yashash hadisini bilmagan kishi butun hayoti davomida to„g„ri yashay olmaydi. Inson boylikni juda misqollab va sabr-toqat bilan qo„lga kiritadi. Shuningdek, inson sarf qilib turgan vaqt ham shunday qadrli boylik.Biroq u bu “boylik”ka mehnatu zahmat chekib erishmagani bois, qadriga yetmaydi. Hazrat Navoiy «Hayrat ul-abror» dostonida aynan inson umri va hayotining har bir nafas va lahzasiga ulug„ bir ne‟mat, deya ta‟rif-tavsif beradi. Har bir nafasni hayot gulshanidan esib turgan nasim bilan teng ko„radi. Chunki shu nasim mavjud ekanki, bu dunyoning lazzat va ne‟matlaridan bahramand bo„lib turamiz. Afsuski, hamma ham bunga yetarli darajada ahamiyat beravermaydi. Chunki u umr imorati asta-sekin qulab borayotgani, xarobalik sari yuz tutayotganiga to„g„ri nazar tashlamaydi. Shuningdek, umrdan boy berilgan biron daqiqani ham oldinga qaytarib bo„lmaydi. Navoiy aytganidek: Umrki, xorijdurur o„tgan ishi,Har nekim o„tti anga yetmas kishi.Ha, shunday. Qanchalik afsus-nadomat qilmaylik, oh-voh chekmaylik, baribir umrning biron lahzasini ham iziga qaytarishning imkoni yo„q. Inson yashab turgan kun, soat va lahzalar xususida kengroq mushohada yuritadigan bo„lsak, bu ulkan imkoniyat qo„ldan birma-bir boy berilayotganini anglatadi. Hazrat bobomiz buni shunday tavsiflaydi:Qaysi nafas ayshg„a topsang mahal,Angla g„animatki, erur bebadal.Har nafasing javhari erur nafis,Kim sanga ul bir nafas erur anis.Tiriklikning asos va ustuni —nafas. Nafas havo ma‟nosidan tashqari vaqt va hayot degan ma‟noni ham anglatadi. Hazrat Navoiy har bir nafasni javhar bilan teng ko„rib, bu javharni garonmoya (qimmatbaho) deb tashbeh qilgan. Shuning uchun inson buni g„animat (o„lja) deb bilishi kerakki, bu o„ljani qo„ldan chiqargandan keyin qaytadan tuta olmaydi.Vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanishga Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati ham yorqin misol bo„la oladi. Haligacha Navoiy Husayn Boyqaro saroyida katta lavozimning tashvish va muammolaridan bo„sh vaqt topib, ulkan ijodiy ishlarni amalga oshirgani hayratlanarlidir. Shuningdek, she‟riy asarlardan tashqari tarixiy-ilmiy manbalarni o„qib-o„rganish va bundan ijod davomida foydalanish ham oz vaqtni olmasa kerak. Shuningdek, shoir ko„p vaqtini Qur‟oni karim, tafsirlar va hadisi shariflarni mutolaa qilishga sarflashni “Nazm ul-javohir” asarida e‟tirof etadi. Bundan olingan saboq shuki, inson umri qanchalik qisqa va o„lchovli bo„lmasin, uni to„g„ri taqsimlay olgan taqdirdagina juda katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin.Bu olamda yashab turgan har bir jonzotning tirikligi bevosita shu nafas bilan bog„liq:Kirmagi bir ne‟mat erur mug„tanam,O„ylaki, kirmakligi chiqmog„i ham.Bo„ldi aning birla tirik barcha zot,Ko„rma ajab gar desam obi hayot.Muhtanam —o„ljaga olingan narsa. Navoiyaytmoqchiki, barcha jonzot uchun nafasni obi hayot (tiriklik suvi) deb aytsam, bu so„zimdan ajablanmagin. Chunki nafas olmagan jonzot o„limga mahkumdir. Ertayu kech nafas olmasdan yashashni tasavvur qilib bo„lmaydi. Ammo inson uning qadr-qimmatini baholashga kelganda haqqoniy bahoni bermaydi. Shuni afsus bilan ta‟kidlash lozimki, ayrim yoshlarning ong-tasavvurida Navoiy mushohadaga undagan har bir «nafas»ni qadrlash, umrni behuda sarflamaslik va o„z o„rnida foydalanish to„g„ri shakllanmagan. Ko„pchilik yoshlar davru davron surib, o„ynab qolishim kerak, qariganimda hech narsaga yaramay qolaman, deya noto„g„ri tushunchada bo„lishadi. Ayrim ota-onalar ularga hayot va umrni qadrlash ruhida to„g„ri tarbiya bermaydilar.Inson har bir daqiqa qadrini to„g„ri baholay olsagina yaxshi amallar ko„payib, yomon amallar kamayib boradi. Navoiy buni shunday ta‟rif bilan keltiradi:Har nafasing holidin ogoh bo„l,Balki anga hush ila hamroh bo„l. Download 188.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling