1-Topshiriq: O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak
Download 188.34 Kb.
|
Узбек тили
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
To‘rtinchidan, Markaziy Osiyo mintaqalarining umumiy muammosi suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishdir[5].
Yagona energetika tizimining qayta tiklanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Yagona elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini beradi va a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo mintaqalaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida “suvning quyi qismi”dagi davlatlarda (Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish, “suvning yuqori qismi”dagi mamlakatlarni (Qirg‘iziston va Tojikiston) esa gidroelektr stansiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish orqali suv sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilib, mintaqaviy va mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarni yanada kuchaytirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona iqtisodiy bozorni yaratish, mintaqaviy va jahon bozorlarida mahsulotning raqobatbardosh-ligini oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yagona ilmiy va ta’lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi. Foydalanilgan adabiyotlar:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017y., 6-son, 70-modda. Lukin Ye.V. Mejregionalnoye sotrudnichestvo kak faktor regionalnogo razvitiya. J.: Rossiya: tendensii i perspektiva razvitiya, 2016 g. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan 2019 yil bo‘yicha “Eksport, import” statistik to‘plami. Ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish va mintaqalar iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning metodologik asoslarini takomillashtirish mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobot, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, 2017 y. Ekologicheskiye problemi Sentralnoy Azii. Elektronniy istochnik: https://ural-eurasia.ru/pro-zasedaniya/news/159-ekologicheskie-problemy-tsentralnoj-azii. Download 188.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling