1-topshiriq. «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlari»


Pedagogik vaziyat yuzasidan savollar


Download 23.67 Kb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi23.67 Kb.
#1005636
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliy dars

Pedagogik vaziyat yuzasidan savollar:
O’quvchining sevimli o’qituvchisi haqidagi hikoyasini tahlil qiling. O’qituvchi muvaffaqiyatining sababi nimada deb bilasiz?
Kimyo o’qitish davomida u qanday usullardan foydalangan?

6-topshiriq. «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining afzalligi va o‘ziga xosligi shundaki...» mavzusida asoslangan esse yozing.
Topshiriqni bajarish tartibi:
1. Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtayi nazaringizni bayon eting.
2. Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.
3. Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.


7-topshiriq.  Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:
• Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang(individual va kichik guruhda).
• asosiy muammoli vaziyatni belgilang.
Har bir yechimning imkoniyalari va to’siqlarini tahlil qiling.
Muqobil yechimni tanlang.


Keys bayoni
Ikki yosh ona ko’chada bolalar bog’chasiga qatnaydigan o’z qizlarining xulq-atvorlari haqida bir-birlari bilan o’rtoqlashmoqda: “Mening qizim osuda faol, mustaqil o’syaptimi, demak, hozirdan uni sport, musiqa, raqs to’garaklariga berishim, deb o’ylayman”, ikkinchi ona: “Mening qizim hali ham bola. Katta bo’lgandan keyin hamma narsani o’zi sekin-asta qilishga o’rganadi”.
Keysga savol-vazifa: har ikkala onaning o’z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.
2. Keys bayoni
Adabiyot darsi boshlandi.Hamma o’quvchilar darsga kerakli kitob, daftar, ruchkalarini birin-ketin ola boshladi. O’qituvchi taxtaga ko’rgazmali qurollarni ilayotgan edi. Birdan birinchi partada o’tirgan Dilnoza chinqirib yubordi:” Sumkamdagi pulni o’girlashibdi. Oyim maktabdan qaytayotganda xarid qilishim kerak bo’lgan narsalar ro’yxatini yozib bergan va shunga yarasha pul bergan edilar”. Sinfda g’ala-g’ovur boshlanib ketdi. O’qituvchi darrov jimlikni saqlab: ”Tur o’rningdan Bekzod olgan narsangni qaytarib ber. Sinfda sendan boshqa hech kim bu ishni qilmaydi. Chunki o’grining bolasi o’gri bo’ladi”-deb baqira ketdi. Bekzod hayratlangancha so’z topolmay angrayib turdi-da pulni men olmaganman deya sinfdan yig’lab chiqib ketdi.


Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling