1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat savollari boʻyicha qisqacha izoh yozing


Download 14.5 Kb.
bet1/6
Sana17.10.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1705475
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat sa-hozir.org


1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat savollari boʻyicha qisqacha izoh yozing

MM81-2 guruxi 1-amaliy mashg’ulot


bajardi: mm 81-2 gurux talabasi Xusanov Xondamir
1-topshiriq quydagi savollarga javob bering.


1. Quyidagi nazorat savollari boʻyicha qisqacha izoh yozing.


  1. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning iqtisodiy mohiyati va turlari.


Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari - o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar
Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma‘lum bir miqdorini ma‘lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko‘pincha bazis aktivi (ya‘ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida aktsiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi.
Hosila qimmatli qog‘ozlar optsionlar, fyucherslar va varrantlar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.


  1. Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi.

Hosilaviy qimmatli qogʻozlar haqidagi dastlabki fikrlar XVI–XVII asrlarga borib taqaladi. Hozirgi zamonaviy hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari boʻlib qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Lekin ayrim maʼlumotlarga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarga oʻxshash instrumentlar ancha ilgari davrlarda ham mavjud boʻlgan. Shunday fikrlar ham borki, ularga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari yozuv kashf etilishi bilan paydo boʻlgan (Mesopotamiya, eramizgacha IV ming yillik). Quyida qisqacha keltirilgan tarixiy maʼlumotlar orqali hosilaviy qimmatli qogʻozlarning koʻp asrlik rivolanishi va qoʻllanilishi haqida tasavvurga ega boʻlishimiz mumkin. Jumladan, XVII asr 30-yillarining oxirida Gollandiya va Angliyada lola oʻsimligini oʻstirish va bunda ularning piyozlariga boʻlgan talab juda keskin ortib ketadi. Amsterdamda esa XVII asrning boshlaridayoq ular boʻyicha opsionlar savdosi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan edi, 30-yillarga kelib esa Angliyadagi Qirollik birjasida forvard shartnomalari ham paydo boʻldi. Lola oʻsimligining piyozlari uchun tuzilgan shartnomalardan koʻrilayotgan daromadlarning oʻsishi va savdoning rivojlanishidan soʻng 1636-1637 yillarda bozorda keskin pasayish kuzatildi.





  1. Download 14.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling