1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat savollari boʻyicha qisqacha izoh yozing


Opsionlar turlari va ularning oʻzaro farqli jihatlari


Download 14.5 Kb.
bet4/6
Sana17.10.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1705475
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-topshiriq quydagi savollarga javob bering. Quyidagi nazorat sa-hozir.org

Opsionlar turlari va ularning oʻzaro farqli jihatlari.

Opsion kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan (kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida aks ettiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Yaʻni xarid qilish boʻyicha opsion (option call) kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (option put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Bitimda qayd etilgan bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish (bajarilish) bahosi (strike price) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim muddatining tugash sanasi (expiration date) yoki toʻlov muddati (maturity) deb ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra Amerika opsioni va Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion (American option)lari ular amal qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa opsion (European option)lari esa ularning tugash muddatiga kelibgina amalga oshirilishi mumkin. Opsionlar birjada va birjadan tashqarida kotirovkalanadi. Fond birjalarida aksariyat holatlarda kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha bitta opsion bitimining predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi.




  1. Opsionlar boʻyicha bazis aktivlar.

Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar sifatida aksiyalar, valyutalar, fond indekslari, fyucherslar olinadi. Aksiyalar boʻyicha opsionlar yoki fond opsionlari (stock options) Chikago opsion birjasida, Filadelfiya fond birjasida (www.fhlx.com), Amerika fond birjasida (www.amex.com), Tinch okeani fond birjasi (www.pasifex.com) va Xalqaro qimmatli qogʻozlar birjasida (www.iseoptions.com) kotirovkalanadi. Opsionlar 1000 dan ortiq turli xil aksiyalar boʻyicha tuziladi. Bitta kontrakt uning egasiga 100 ta aksiyani belgilangan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bunday shartnoma miqdori aksiyalarning oʻzi uchun ham qulay, qoidaga koʻra 100 dona aksiya boʻyicha lotlar sotiladi.






  1. Download 14.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling