1-mavzu bo‘yicha topshiriqlar
1-topshiriq. Quyidagi maqollarni izohlang.
“Yaxshi so‘z – jon ozig‘i”, “Bug‘doy noning bo‘lmasa ham, bug‘doy so‘zing bo‘lsin”, “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir”, “Har neni emak – hayvonning ishi, har neni demak, – nodonning ishi”.
2-topshiriq. Muloqot jarayoniga oid muammoli vaziyatni yeching.
3-topshiriq. Namunaga asoslanib har bir harfga bittadan texnikaga oid so‘zni keltiring. (Namuna iqtisodga oid):
Aa – aksioner
|
Qq – qism
|
Bb – byudjet
|
Rr – rentabellik
|
Dd – delegatsiya
|
Ss – ssuda
|
Ee – eksport
|
Tt – tadbirkor
|
Ff – foiz
|
Uu – ulgurji
|
Gg – garov
|
Vv – veksel
|
Hh – hamkor
|
Xx – xususiy
|
Ii – import
|
Yy – yig‘imlar
|
Jj – jamgarma
|
Zz – zarar
|
Kk –kompaniya
|
O‘o‘ – o‘lja
|
Ll – litsenziya
|
G‘g‘ – g‘azna
|
Mm –marketing
|
Sh sh– shartnoma
|
Nn – narx-navo
|
Ch ch – chakana
|
Oo – omonat
|
Ng ng – teng
|
Pp – pul
|
4-topshiriq. Rus va boshqa tillardan o‘zlashtirish yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali yasalgan 20 ta qo‘shma (texnikaga oid) so‘zni yozing va ularning har biriga gap tuzing.
5-topshiriq. “Til va tafakkur” mavzusida esse yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |