1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering


Download 19.87 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi19.87 Kb.
#258899
Bog'liq
Документ 12


1-TOPSHIRIQ. Quyidagi savollarga javob bering:

  1. Til nima?

  2. Ruhiy material bilan moddiy materialning qanday farqi bor?

  3. Til birliklari nima?

  4. Sizningcha nutqda qanday mas’uliyat bo’lishi mumkin?

1. TIL — kishilar oʻrtasida, jamiyatda aloqa va oʻzaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy oʻrganish obyekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq aʼzolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga maʼlum va maqbul boʻlgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qoʻshilishi, birikishi haqidagi qoidalar toʻplami. Til — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar oʻrtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va Gʻarb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan taʼkidlab kelinadi.

2.Til  nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq  tashkil topadi. Tildagi  hamma  narsa  til  jamoasi  uchun  umumiy  bo’ladi.  Tilda  ruhiy  va  moddiy  material  mavjud  bўlib,  so’zning  kishilar  xotirasidagi  obrazlari  ruhiy  material,  nutq  yaratish  jarayonida qo’llaniladigan  so’z  shakllari,  morfemalar,  tovushlar  moddik  material  hisoblanadi.   Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanigan bo’lsa, moddiy hodisaligi esa undagi tovushlardir. Nutqbu  til  deb  ataluvchi,  o’ta  muhim  vazifalarni  bajaruvchi  noyob  quroldan foydalanish  jarayoni,  til  birliklari  imkoniyatlarining  borliq,  tafakkur,  ong  hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda nomoyon bo’lishidir. Nutq harakatdagi til bo’lib, nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi va so’z  shakllari, erkin birikmalar, so’z tartib va gaplardan tashkil topadi. 

3. Til - bu tizim va har bir tizim bir-biri bilan bog'liq bo'lgan alohida elementlardan iborat. Til "til birliklari" dan iborat.


  1. Fonem- Bu biz eshitadigan va aytadigan ovoz. Ovozning o'zi leksik ma'noga ega emas, lekin bir tilda ba'zi so'zlar bitta tovushdan iborat bo'lib, bu holda tovush faqat ovozli bo'lib qoladi va ma'noga ega bo'ladi.

  2. Morfema- Bu tilning minimal semantik birligi (prefiks, ildiz, suffiks, tugatish). Morfemalar fonemalardan va allaqachon mavjud bo'lgan narsalardan iborat, ammo ulardan mustaqil ravishda foydalanib bo'lmaydi.

  3. So'z- tilning asosiy birligi. So'z ob'ektlarni, hodisalarni, alomatlarni yoki ularga ishora qiladigan narsalarni nomlaydi. So'z morfemalardan iborat bo'lib, leksik ma'noga ega va mustaqil ravishda ishlatiladi.

  4. Jumla- Bu tilning eng kichik birligi bo'lib, u grammatika qonunlari ishlay boshlaydi. U ikki yoki undan ortiq boyqushdan iborat bo'lib, ular orasida semantik va grammatik bog'liqlik mavjud.

  5. Matn- fikrlar, his-tuyg'ular, hissiyotlarni ifoda etishga xizmat qiladigan til birligi.

4. Nutq madaniyati barcha fan o’qituvchilari uchun birdek ahamiyatlidir. O’qituvchining nutqiy madaniyati darslarni tashkil etish, yangi mavzuni tushuntirish va mustahkamlash, so’rash va javob berish, mavzu bo’yicha muammoli vaziyatlarni yaratish va munozaralar yordamida hal etish kabi ta’lim jarayonining barcha jabhalarida namoyon bo’ladi. O’qituvchi bevosita nutqi yordamida muayyan mavzuni tushuntiradi, fikrini mantiqiy izchillik asosida bayon etadi, ya’ni dalillarni asoslaydi, taqqoslaydi, ular o’rtasidagi aloqani ma’lum qiladi, umumlashtiradi va xulosalaydi. Shuning uchun o’qituvchi nutqiy jihatdan quyidagi talablarni o’z oldiga qo’yishi maqsadga muvofiqdir:

1. O’quvchilar diqqatini to’play olish;

2. Nutqning ta’sirchan va ifodaliligiga ahamiyat qaratish;

3. Fikrni ixcham, soda, ta’sirli qilib ifodalash;

4. Mavzuga mos dalil va isbotlarni aniq, lo’nda qilib keltirish;

5. Aytilgan fikrni o’rinsiz takrorlamaslik;

6. Fikrni bayon etish jarayonida hayajonlanmaslik, o’zini og’ir tutish;

7. O’quvchilar nutqini shakllantirish;



O’qituvchilik faoliyatida nutq juda muhim vazifalarni bajaradi. O’qituvchilarning so’zlari ta’sirida bolalarda muayyan ruhiy jarayon va holatlar vujudga keladi, insoniy xislatlar shakllanadi. Xalqimiz orasida “Mo’tabar zot” nomini olgan ustozlar juda ko’plab topiladi. Ular pedagogic mahorati, fidoiyligi, muallimlik burchini yuksak darajada bajara olgani, halollik, go’zallik, haqiqat, odob-axloq nurini singdira olganliklari va xushmuomala bo’lganliklari uchun ham bu maqomga erishganlar.
Download 19.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling