Mahsulot sifati va sifatni boshqarish mavzu: Sifat menejmenti tizimida mahsulotning hayotiy jabhalari Reja


Download 0.98 Mb.
Sana24.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1395524
Bog'liq
Sifat menejmenti tizimida mahsulotning hayotiy jabhalari

  • 9-21 MSM
  • Mavzu: Sifat menejmenti tizimida mahsulotning hayotiy jabhalari Reja:
  • 1.MAHSULOTNING HAYOTIYLIK DAVRI 2. BOZOR INNOVATSIYASI 3. BOZORGA CHUQURROQ KIRIB BORISH STRATEGIYASIDA
  • Tovarning yashash davri to‘rt turga ajratiladi: mahsulotning katta sinfi yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo‘llash usullarining yashash davri, mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soatni, mahsulot turiga esa qo‘l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo‘llash usullariga ko‘ra esa qo‘ng‘iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin.
  • Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to‘rtta turi o‘rganiladi, firma doirasida ikkinchi va uchinchi turlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to‘rtinchisi esa raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zarurati paydo bo‘lganda qo‘llaniladi.

Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va diversifikatsiyasiga bo‘linadi. Tovar differensiatsiyasi tovarlar xilma-xilligini bildiradi. Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.

Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini qozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi. Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.

  • Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‘liq foydalanishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi. Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966-yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi qo‘llaniladi.
  • Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasida tovar sotishni yanada ko‘paytirishga, tovarni iste’mol sohasini kengaytirishga, foydalanilmay qolgan imkoniyatlarni ishga solish hisobiga o‘sishga erishish mumkin.
  • Tovarni takomillashtirishda uning ozgina xossa-xususiyatini o‘zgartirgan holda egallab turgan bozorda yangi tovar ishlab chiqarishga erishish mumkin.
  • Diversifikatsiya strategiyasi ishlab chiqarilayotgan tovarga yaqinroq bo‘lgan tovarni, tovardan tubdan farq qiluvchi boshqasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Diversifikatsiyani uchta turi mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik.
  • Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o‘xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
  • Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturining chuqurligini o‘stirishni anglatadi. Masalan, go‘sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol yetishtirishni o‘zlashtirishi mumkin.
  • Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling