9-topshiriq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib juft so‘zlar yasang va yozilishini izohlang.
Qarindosh - ..., kuch - ..., qovun - ..., yo‘l - ..., non ..., osh - ..., o‘yin - ..., bo‘lar - ..., gul - ..., yer - ..., yor - ..., dor - ..., temir - ..., asta - ..., oq - ..., chora - ..., kirim - ..., mehr - ..., aytdi - ..., kecha - ..., uzoq - ... .
10-topshiriq. Matnni o‘qing. Bosh harf bilan yozilishi zarur bo‘lgan so‘zlarni aniqlab, qoidaga muvofiq ko‘chirib yozing.
...abdulla qodiriy, ba’zi bir odamlar aytmoqchi, «birikkita risola yozgan» anchayin yozuvchi emas, balki yangi davr adabiyoti, yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, o‘zbek romanchili gini boshlab bergan ulkan adibdir. Uning «o‘tkan kunlar», «mehrobdan chayon» romanlari, bir talay hajviy asarlari xalq orasida g‘oyat mashhur bo‘lib, har bir o‘zbek oilasiga, hatto savodxon odam bo‘lmagan oilalarga ham kirib borgan edi. Allaqayerdan kelgan bir kitobxon «O‘tkan kunlar»ni yod bilar ekan, kitobning istalgan joyini so‘raganda sharros o‘qib berganida abdulla qodiriy unga chopon kiygizgani yodimda bor... bizning 20- yillar adabiyotimiz tarixi hozirgi turishida kambag‘al ko‘rinadi. O‘z vaqtida faqat abdulla qodiriygina emas, kattakon olim-yozuvchi fitrat, zo‘r talant egasi cho‘lpon, jo‘shqin shoir botu, satira va yumorda tengi, timsoli yo‘q va o‘ziga xos shoir so‘fizoda, yigirmanchi yillar poeziyasini bezagan shoirlardan rafiq mo‘min, g‘ulom zafariy, usta satirik shoir abduhamid majidiy si ngari ko‘p adiblarimizning ham nomi o‘chgan edi. (Abdulla Qahhor)
11-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga muvofiq boshqa qatorga ko‘chiriladiganlarini chiziqcha bilan ajratib chap tomonga, bo‘g‘inlari ko‘chirilmaydigan so‘zlarni esa o‘ng tomonga yozing.
N a m u n a: ba-land, sing-lim dars, aka
Ayrim, abonent, arfa, albom, ana, ariya, BMT, badiiy, vals, videofilm, varaqa, vatan, gulli, guruh, gumanizm, gramm, dunyo, da’vat, diyonat, dengiz, yechim, yetakchi, yengil, itoat, ilmiy, SamDU, singari, staj, sessiya, payrov, taqriz, talant, ta’kid, taassurot, katalog, konspekt, me’yor, mantiqiy, muqova, O‘zOAV, repertuar, rangli, radioritm, qiroatxona, qiliq, ulug‘, urug‘siz, unumdorlik, g‘oya, g‘ilof, hudud, hukm, harakat, etud, elektr, ehtimol.
Do'stlaringiz bilan baham: |