8-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan qo‘yib, gaplarni ko‘chiring, -ning, -ni qo‘shimchalarining qo‘llanishini izohlang.
1. Mamlakat... kichik bir qismi bo‘lgan oila..., un... tinchligi... asraylik. 2. Hayotda o‘z o‘rni... topishida odam... bolalikdagi faoliyati, olgan bilimi va tarbiyasi katta o‘rin tutadi. 3. Ba’zan o‘ylab deyman, ne bo‘lardi gar, qudrat... ko‘rgizsa tabiat hassos. Va inson suvrat... u... muqarrar, fe’l-u atvoriga aylab qo‘ysa, bas. (A. Oripov) 4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon... ayanchli tovushi eshitildi. (Oybek) 5. Ko‘p til... bilmoqlik... foydasi katta, u inson... katta boyligi hisoblanadi. 6. Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado o... haq... yuz ganj ila. (A. Navoiy) 7. Inson dunyo... qanchalik bilsa, o‘zligi... ham shunchalik anglaydi. (I. Gyote)
Do'stlaringiz bilan baham: |