1-topshiriq: Quyidagi so’zlarga qisqa ta’tif bering
Download 1.32 Mb.
|
21lab
21-LABORATORIYA Mavzu: Nerv sistemasining tuzilishi. Neyronlar. Reflektor yoyining tuzilishi. 1-topshiriq: Quyidagi so’zlarga qisqa ta’tif bering. Neyron-
Neyrogliya- Sinaps-
Nevrolgiya- Gipotalamus- Miyelen parda- Qadoqsimon tana- Ganglionit-
Nerv sistemasi haqida umumiy ma’lumot Aksonva dendritlarning tuzilishi Vegetativ nerv sitemasining tuzilishi Simpatik nerv sistemasining tuzilishi Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi 2-topshiriq: Mavzu yuzasidan 10 talik krasvord, asosiy 10 ta atamalar topib quyidagi formaga solib glossariy shakllantiring va yuboring. Albatta har bir topshiriqqa aniq ma’lumotlaringizni (ta’lim yo‘nalishi, F.I.SH) kiritishni unutmang.
3-topshiriq: Ushbu bosh miya rasmini chizing va raqamlarda ifodalangan qismlarning ilmiy nomlanishini yozing Izoh: Har bir talaba topshiriq bajarilishiga qarab boholanishini esdan chiqarmang. Topshiriqlarni yuborishda barcha topshiriqlar bitta faylda (word variantda) topshiriq nomeri, talabaning familiyasi va guruhi bilan nomlangan (1_Abdullayev_19/1.doc) holda yuborilishi talab etiladi Javoblar: 1-topshiriq: Quyidagi so’zlarga qisqa ta’tif. . Neyron- nerv hujayrasi, nerv sistemasining asosiy strukturaviy va funksional birligi, kalta dentritlar va uzun aksonlardan iborat. Neyrogliya- Bu ham nerv to'qimasining tarkibiga kiruvchi hujayra bo'lib, orqa va bosh miya nerv hujayralari atrofida joylashadi, nerv hujayralarini oziqlantirish vazifasini bajaradi. Nevrolgiya-Sezuvchi nerv tolalarining yallig'lanishi nevralgiya deb ataladi. Bu shamollash, griðp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati tufayli sodir bo'ladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida og'riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yallig'langanda yuz, ko'z sohasida, tishlarda kuchli og'riq seziladi. Gipotalamus- 32 juftga yaqin yadro saqlovchi organizmni neyro endokrin boshqaruvida ishtirok etuvchi eng asosiy a’zo. Miyelen parda- Glial parda bilan o’ralgan nerv hujayralarining o’simtalari Qadoqsimon tana-Bosh miya o'ng va chap yarim- shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. Ganglionit-Nerv tugunining kasalligi, ya'ni ganglionit shamollash, o'pkaning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, ya'ni gripp, ichburug', ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv tugunining joylashuviga ko'ra, o'sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasini ta'minlaydigan to'qima va organlar sohasida og'riq seziladi, mazkur organlarning ishi buziladi. Mavzu yuzasidan yuborilgan savollarga javob. 1. Nerv sistemasi haqida umumiy ma’lumot. Nerv sistemasi odam organizmining barcha hujayra, to'qima va organlarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlashdan iborat. U odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan muomalasini, organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta'minlaydi. Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan31juftsezuvchi,harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar hamda umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunlari kiradi. Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv sistemasi ikki qismga bo'linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi. Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalidajoylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40---45 sm, massasi 30---40 g bo'ladi Orqa miyada 13 mln. dan ko'proq nerv hujayralari bor. Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi. O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-, 2- bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'onasining dum qismida tugaydi. Orqa miya 31---33 ta segmentdan iborat. Shularning 8 tasi bo'yin qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1---3 tasi dum qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko'rinadi. Kulrang modda nerv hujayralaridan, oq modda nerv tolalaridan tashkil topgan. Bu tolalar orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o'tkazish funksiyasini bajaradi. Orqa miya ikki xil: reflektor va o'tkazuvchilik funksiyasini bajaradi.
Sezuvchi neyronning uzun o'simtalari bosh va orqa miyadan chiqib, tananing barcha to'qima va organlariga boradi va ulardan ichki-tashqi muhit ta'sirlarini qabul qilib, markaziy nerv sistema-siga o'tkazadi. Harakatlantiruvchi neyronning uzun o'simtalari ham bosh va orqa miyadan chiqib, tananing skelet muskullariga, ichki organlarning silliq muskullariga va yurakka borib, ularning harakatlanishini boshqaradi. Nerv hujayralarining kalta o'simtalari orqa bosh miyadan tashqariga chiqmaydi, ular bir hujayrani uning atrofidagi boshqa nerv hujayralari bilan bog'lab turadi. Nerv to'qimasining asosiy xususiyati qo'zg'aluvchanlikdir. Tashqaridan berilgan ta'sir natijasida nerv hujayrasi qo'zg'aladi va ta'sirni ish bajaruvchi organga uzatadi. 3. Vegetativ nerv sitemasining tuzilishi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga bo'linadi Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. 4. Simpatik nerv sistemasining tuzilishi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo'lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko'rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog'onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to'qima va organlarga boradi. Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me'da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo'shashtirib, siydik yig'ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo'llarini (bronxlarni) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko'z qorachig'ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi. 5. Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismida (o'rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan. O'rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi. Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg'aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo'shlig'ining pastki qismida va chanoq bo'shlig'ida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko'rsatadi. Bu degan so'z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to'qima va organlar funksiyasini zaruratga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
3-topshiriq Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling