1-topshiriq: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing


Download 111 Kb.
bet3/4
Sana28.10.2021
Hajmi111 Kb.
#169381
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish

3-TOPSHIRIQ:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 5 bo‘limining mazmunini



Javoblar:

Davlat hokimiyatining tashkil etilish haqida takidlab otilgan. Bu bolimda
XVIII bob. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
XIX bob. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
XX bob. Vazirlar Mahkamasi.
XXIII bob. Saylov tizimi
XXIV bob. Prokuratura
XXV bob. Moliya va kiridit
XXVI bob. Mudofaa va xavfsizlik shunday boblardan tashkil topgan.

4-TOPSHIRIQ:

O‘zbekistonda Ko‘ppartiyaviylik tizimining yaratilishi va siyosiy partiyalarning bugungi faoliyatiga shaxsiy munosabatingizni bildiring.

Javoblar:

Mamlakatda 2 va undan ortiq partiyalarning boʻlishi. Koʻp partiyaviylik aholi keng qatlamlarining ijtimoiy faolligini oshiradi, fikrlar xilma-xilligini taʼminlaydi, saylovlarning demokratik asosda oʻtishiga yordam beradi. Hozirgi demokratik davlatlarning deyarli hammasi Koʻp partiyaviylik tamoyiliga rioya qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida 4 ta siyosiy partiya va 2 ta ijtimoiy harakat faoliyat olib boradi (2003). Yana q. Siyosiy partiyalar. Davlatimiz Mustaqilligining 23 yilligi ostonasida turgan ekanmiz, istiqlolimiz mislsiz huquq va erkinliklar bilan birga, xalqimizning xohish-irodasini, davlat boshqaruvini tashkil etish hamda amalga oshirish huquqini bergani haqida ham yana bir bor o‘ylab, xulosa chiqarsak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini ta’minlashda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Qonun siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, jamoat birlashmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy sharoit yaratib berdi. Shu tariqa O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikka yo‘l ochildi va jamiyatda turli qarashlar, nuqtai nazarlar shakllanishiga, ularni erkin ifoda etish, targ‘ib qilish, siyosiy plyuralizmga zamin hozirlandi.

Ko‘ppartiyaviylik rivojlangan davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manfaatlarini parlament, davlat hokimiyati mahalliy vakillik idoralari orqali ifoda etish hamda ro‘yobga chiqarish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda ham ko‘ppartiyaviylik tizimiga asoslangan siyosiy xilma-xillik rivojlanishiga zamin yaratuvchi huquqiy asoslar shakllantirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida» gi qonunlar, «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, qonunchilikda ko‘ppartiyaviylik tamoyilining amalda ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutadigan muxolifat tushunchasi aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.




Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling