1-topshiriq: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing
Download 111 Kb.
|
mustaqil ish
1-TOPSHIRIQ: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing. Javoblar: Ateizm- Xudo(lar)ning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin. Byurokratiya-(frans. bureau byuro, idora; yun. kratos - kuch, hokimiyat, xukmronlik) - dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo boʻlgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va maʼmuriyatning zarur qismi sifatida B. alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. Paxta ishi- Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Inflayatsiya,- pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydDavlatimiz Mustaqilligining 23 yilligi ostonasida turgan ekanmiz, istiqlolimiz mislsiz huquq va erkinliklar bilan birga, xalqimizning xohish-irodasini, davlat boshqaruvini tashkil etish hamda amalga oshirish huquqini bergani haqida ham yana bir bor o‘ylab, xulosa chiqarsak, to‘g‘ri bo‘ladi. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini ta’minlashda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Qonun siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, jamoat birlashmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy sharoit yaratib berdi. Shu tariqa O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikka yo‘l ochildi va jamiyatda turli qarashlar, nuqtai nazarlar shakllanishiga, ularni erkin ifoda etish, targ‘ib qilish, siyosiy plyuralizmga zamin hozirlandi. Ko‘ppartiyaviylik rivojlangan davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manfaatlarini parlament, davlat hokimiyati mahalliy vakillik idoralari orqali ifoda etish hamda ro‘yobga chiqarish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham ko‘ppartiyaviylik tizimiga asoslangan siyosiy xilma-xillik rivojlanishiga zamin yaratuvchi huquqiy asoslar shakllantirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida» gi qonunlar, «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun shular jumlasidandir. Bundan tashqari, qonunchilikda ko‘ppartiyaviylik tamoyilining amalda ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutadigan muxolifat tushunchasi aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. o boʻlishi. Qayta qurish- 20-asrning 80-yillari oʻrtalarida keng isteʼ totalitar tizimni isloh yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni "qayta qurish" yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. M.S.Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda maʼlum oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, "sovuq urush"ning tugashi va h.k.). Qayta qurishniamalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida 80-yillarning oxiri — 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida boʻhronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol boʻladi.molga kirgan tushuncha; SSSRda Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling