1-topshiriq Savollarga javob yozing Blits-savollar


Download 26.53 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi26.53 Kb.
#140842
Bog'liq
1.trening.mashg'ulot


1-amaliy mashg’ulot
Izoh:Ushbu mashg’ulotlarni uyda oila davrasida bajarish tavsiya
etiladi.Karantin qoidalariga zid qarorlar qilish mumkin emas.
1-topshiriq
Savollarga javob yozing
Blits-savollar
1. Treningni muhim jihatlari deganda nimalarni tushunasiz?

Javob:Тренингда иштирокчиларнинг жинси,Тренинг иштирокчиларининг ёши, Тренинг машғулотларининг давомийлиги,
Тренинг ўтказиладиган хона,

Тренинг жараёнида гуруҳ аъзолари сони

2. Trening rejasini tuzishdan maqsad nima?

Javob: trening davomida reja tuzishdan maqsad trening davomiyligini tartibli va tizimli bo’lishini taminlash.
3. Trening dasturi qanday bo’ladi?

Javob: trening dasturi muammodan kelib chiqilgan holda shakillantirilishida maqsad, vazifa va qoidalarga alohida e’tibor berilishi kerak.



4. Trening o‘tkazishda dastur va rejani tuzishda nimalarga e`tibor qaratish lozim? javob:Dastur va rejani tuzishda muammoning yoritilish aniqlik darajasiga etibor qaratilishi lozim. Rejada muammo batafsil yorililishi, rejani oqiganda mavzu nima haqida ekanligi to’g’risida tassavvur paydo bolishi kerak.



2-topshiriq
Mavzu: «Talabalarda muloqotchanlik sifatlarini oshirishga qaratilgan
trening» mashg`ulotining
Rejasi




Mashg`ulot nomi

Vaqt

Kutiladigan natija

Kirish qismi.










1.

Guruhiy normalarni
qabul qilish.

9.00 -
9.15

Guruhiy normalar ishlab chiqiladi,
treningning samarali kechishini ta`minlanadi

2.

Tanishuv
«Koptokni uzatib
yubor» mashqi

9.15-
9.30

Ishtirokchilar bir birlari to’g`risida
ma`lumotga ega bo’ladilar, ularning kayfiyati
ko’tariladi.

3.

“Kutuvlar daraxti”
mashqi

9.30
9.45

Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan
natijalari aniqlanadi

Asosiy qism.










4.

«Buzuq telefon» o’yini

9.45
10.30

Ishtirokchilar muloqotni amalga oshirishning
o’ziga xos psixologik jihatlarini amalda sinab
ko’radilar

5.

«Avtobusda» o’yini

10.30
11.30

Talabalarda muloqot madaniyatini
shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni
ijobiy rivojlantirish

6.

«Yomg`ir»
psixogimnastik mashqi

11.30
11.40

Ishtirokchilarning faolligini oshirish,
kayfiyatini ko’tarish

7

“Avlodlar o’rtasidagi
nizo” o’yini

11.40
12.05

Talabalarda muloqot madaniyatini
shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni
ijobiy rivojlantirish.

8

“Ma`lumotni so’zsiz
uzatish” o’yini

12.05
12.30

Talabalarda noverbal muloqot sifatlarini
shakllantirish

Yakuniy qism










9.

“SHirin tilak” mashqi.

12.30

Ishtirokchilarning ko’tarinki kayfiyatlari




12. 45

barqarorlashtirsh.

Qayta aloqa

12.45
13.00

Ishtirokchilarning erishgan natijalarini
tinglash

Mavzu: «Talabalarda muloqotchanlik sifatlarini oshirishga qaratilgan
trening» mashg`ulotining
dasturi
Maqsad:
Ishtirokchilarda shaxslararo muloqotchanlik ko’nikmalarini hosil qilish
va o’zaro ahillikni oshirish.
Vazifalar:
Guruh a`zolarini o’zaro tanishtirish, ya`ni ularga bir-birlari haqidagi ma`lumotlar
bilan almashinish imkonini yaratish;
Guruhda o’zaro ahillik muhitini yaratish;
Ishtirokchilar holati va kayfiyatlarini barqarorlashtirish;
Guruh ishtirokchilarini bir-birlarini yaxshiroq tushunishga hamda hamkorlikda
ishlashga o’rgatish;
Guruh a`zolari o’rtasida o’zaro samimiylik muhitini yaratish.
Qoidalar:
Yagona mikrofon qoidasi (kimni qo’lida mikrofon bo’lsa o’sha odam gapiradi);
Faollik qoidasi (rolli vaziyatlarda har bir kishi o’ziga mavjud bilim, ko’nikma
va malakasidan foydalanish);
“SHu erda va hozir” qoidasi (trening qatnashchilarining his-tuyg`ulari,
kechinmalari va munosabatlarini trening doirasida ko’rib chiqish va ularni kelajak
yoki o’tmish bilan bog`lamaslik kerak);
Reglament qoidasi (Trening qatnashchilar o’z fikrlarini aniq, lo’nda, qisqa
bayon etishlari kerak);
Sirlilik qoidasi (mashg`ulot jarayonidagi barcha kechinmalar guruhdan
tashqaridagi chiqishi mumkin emas).
MASHG`ULOTNING BORISHI:
I. KIRISH.
1. Guruhiy normalarni ishlab chiqish.
Maqsad:
mashg`ulotning samaradorligini ta`minlash.
2. «Koptokni uzatib yubor» o’yini
Maqsad:
ishtirokchilarga bir-birlari to’g`risida ma`lumotga ega bo’lishlari uchun
imkon yaratish va ularning o’rtasidagi barerni olib tashlash.
O’yinning borishi. Ko’rsatma: Qatnashuvchilar davra bo’lib o’tiradilar. Trener
«Mening ismim . . . Men . . . xislatga egaman. Men . . . yaxshi ko’raman (xohlagan
narsa yoki kishini aytish mumkin)» - deydi va koptokni istalgan biror kishiga qarab
otadi. Koptokni ilib olgan ishtirokchi ham o’z navbatida o’zini shunday tanishtiradi va
koptokni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib
bo’lgunlariga qadar davom etadi.










3. “Kutuvlar daraxti” mashqi
Maqsad:
Ishtirokchilarning treningdan kutayotgan natijalarini aniqlash
Ko’rsatma: Hozir hamma tarqatilgan meva-qog`ozlarga o’zining mashg`ulotdan nima
kutayotganligini yozadi va doskadagi daraxtga shu «meva»larini yopishtiradi.
1. "Buzuq telefon" mashqi.
Maqsad:
Ma`lumot uzatishdagi buzilishlarni anglashga o’rgatish. Ma`lumotni
anglangan holda idrok qilish va faol tinglash uslubini o’zlashtirish.
Yo’riqnoma: Ushbu mashqda 6 kishi ishtirok etadi. Bunda 5 kishi xonadan tashqarida
turadi, 1 kishi xonada qoladi. Trener xonada qolgan odamga og`zaki topshiriq aytadi.
Bu odam iloji boricha hamma topshiriqni eslab qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida
turganlardan biriga) odamga aytadi. Ikkinchi odam uchinchisiga, uchinchisi
to’rtinchisiga va h.k. Qolganlar ma`lumotlar qanday uzatilishini kuzatib turdi. Keyin
jarayon muhokama qilinadi.
Mashq so’ngida odatda ma`lumotning buzilishi kuzatiladi. Ma`lumotlarning bir
kishidan ikkinchi kishiga o’tishi natijasida u qanchalik o’zgarib ketishi paydo
bo’ladigan mish-mish gaplarga asos bo’lishi aytib o’tiladi.
2. "Avtobusda" o’yini
Maqsad:
Talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni
ijobiy rivojlantirish.
Ko’rsatma: Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o’ynaydi, qolganlar esa
yo’lovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o’rindiqni egallab olib, biriga o’zi o’tiribdi,
biriga esa magnitofonini qolgan. U hech kimga joy bermoqchi emas. Ishtirokchilarning
har biri bezori bilan til topishib uning yoniga o’tirishga harakat qilib ko’rishi kerak.
SHart shuki — maqsadga janjalsiz erishish lozim.
3. “Yomg`ir» psixogimnastik mashqi
Maqsad
: Ishtirokchilar o’rtasida samimiylik, iliqlik muhitini yaratish.
Ko’rsatma: Ishtirokchilar aylana shaklida turib olishadi. Bunda jimlik hukm surishi
kerak. Trener «hozir siz yomg`ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening
harakatlarimni takrorlashingiz kerak»,- deydi. Trener o’rtada turib har bir
ishtirokchining oldiga keladi va muayyan harakatlarni bajarib ko’rsatadi. Harakatlar:
Kaftlarni bir-biriga ishqalash; Barmoqlarni qirsillatish; Tizzalarni shapatilash;
Tizzilarni shapatilab, oyoqlarni do’ppilatish; Qarsak chalib tamomlash.
4. "Avlodlar o’rtasidagi nizo" o’yini
Maqsad:
Talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni
ijobiy rivojlantirish.
Ko’rsatma. Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar
o’rtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning
vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Ishtirokchilar orasidan
tanlangan jyuri a`zolari har bir talabaning harakatini baholab boradi.
5. “Ma`lumotni so’zsiz uzatish” o’yini
Maqsad:
Talabalarda noverbal muloqot sifatlarini shakllantirish




Ko’rsatma: "Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga
qanaqa ma`lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman,
shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu
informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. CHaqirilgan odamning vazifasi — guruh
unga aytmoqchi bo’layotgan ma`lumotni anglab olishdan iborat".
III. YAKUNIY QISM
1. “SHirin tilak” mashqi
Maqsad:
talabalarga o’zaro bir-birlari bilan xushmuomala bo’lish sirlarini o’rgatish.
Ko’rsatma: Hozir har bir ishtirokchi o’zining o’ng tomonidagi sherigiga shirin tilak
aytadi.
2. Qayta aloqa
Maqsad:
Ishtirokchilarning kutuvlari amalga oshganlik darajasini aniqlash.
Ko’rsatma: Hozir har bir kishi quyidagi savollarga og`zaki javob beradi:
“Men bugun treningdan. . .” Barcha ishtirokchilar gaplarini shu jumladan boshlab, o’z
taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar.
Trener ishtirokchilarning fikrlarini diqqat bilan tinglashi va ularga ishtiroklari uchun
minnatdorchilik bildirib, mashg`ulot yakunlanganligini e`lon qilishi kerak.




3-topshiriq
O’qituvchining qo’llagan usullari asosida guruhlar tashkil etiladi. Guruhlarga
birlashishdan maqsad – berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish. Guruh a`zolarining har
biri o’zini o’zi nazorat qilishi, bir-biriga o’rtoqlarcha yordam berishi, ko’maklashishi
lozim. Buning uchun har bir ishtirokchi biror natijaga erishish va o’zida biror yangilikni
kashf etish orqali jamoasi uchun biror foydali ish qilishi kerak.
Guruhlarda ishlash qoidasi
1. Fikr bildirayotgan sherigingizni diqqat bilan tinglang.
2. Guruh ishida faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas`uliyat bilan yondashing.
3. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling.
4. Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
5. Guruhning faoliyat natijalarini baholash jarayonida hamma ishtirok etishi shart.
Quyidagilarni aniq tushunib olishimiz lozim:
Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz.

Eslatma uchu

Download 26.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling